Garanglar
(Qoraqalpoq xalq ertagi)
Burungi zamonda bir garang yashagan ekan. Uning oltita echkisi bo‘lib, ularni sotish uchun bir kuni bozorga haydabdi. Bozorga kelayotib, dam olish uchun o‘tiribdi-da, uxlab qolibdi. Uyg‘onib qarasa — echkilari yo‘q! U tepaning boshiga yuguribdi, bu tepaga yuguribdi, ammo echkilaridan darak topolmabdi.
Shunda garang o‘zicha yig‘lab: «Echkilarim ichida siniq mo‘g‘izli ola echkimning suti ko‘p edi, topib berganga shuni sadaqa qildim!» — debdi. U yugurib-yugurib, qo‘sh haydayotgan dehqonga duch kelibdi. Unga:
— Echkilarimni ko‘rdingmi? Oltita edi, bozorga haydab ketayotib, yo‘lda uxlab qolibman, echkilarim uloqib ketib qolibdi, ko‘rgan bo‘lsang, ayt, bir echkimni senga beraman! - debdi.
Муаллиф: Номаълум
Нашр қилинган йили: Номаълум
Юклаб олиш
Муаллиф: Номаълум
Нашр қилинган йили: Номаълум
Юклаб олиш
Фикрлар 0