Hayvonlar anatomiyasi

Ushbu o'quv qo'llanma "Hayvonlar anatomiyasi" fanidan amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda hayvon organizmining tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari yoritilgan. Kitobda suyaklar, muskullar, hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, siydik ajratish, nerv va sezgi organlari, shuningdek, tuxumdon, tuxum yo'li va boshqa urg'ochi jinsiy organlarining anatomiyasi batafsil bayon etilgan. Shuningdek, parrandalar va boshqa kichik hayvonlarning anatomik tuzilishi ham o'ziga xos jihatlari bilan ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartiga muvofiq ushbu o‘quv qo‘llanma 440000 - Veterinariya ta’lim sohasida o‘qitiladigan “Hayvonlar anatomiyasi” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyasi, istiqboli, hayvon organizmini organlar tizimi, har bir tizimlardagi organlarni anatomik tuzilishi, turli hayvonlar organlarining tuzilishidagi qiyosiy anatomiyasini, hayvon organlarini hayvon zoti, turi, yoshi va tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishlarni o‘rganishni qamrab olgan. Bu fan veterinariya mutaxassislarini shakllantirishda fundamental fan bo‘lib hisoblanadi.
  • Anatomik atamalar, tana qismlari, tana kesimlari: Darsning maqsadi: Hayvonlar anatomiyasi fanining o‘rganadigan ob’ektlari, tur va zot anatomiyasini mohiyati, anatomik atamalar, bu atamalarni veterinariya mutaxassislarini shakllanishidagi o‘rni, hayvon tanasini qismlari, kesmalari va yuzalarini o‘rganish.
  • Bosh suyagini tuzilishi: Darsning maqsadi: bosh suyagi tarkibiga kiruvchi suyaklarning anatomik tuzilishi, topografiyasi hamda hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarini o‘rganish.
  • Ko‘krak, qorin va tos bo‘shlig‘i organlarining limfa tugunlari: Qorin limfa tugunlari – lnn.coeliaci – qoramollarda 1 – 2 sm, cho‘chqalarda 0,3 – 0,8 sm, otlarda 0,2 – 2,5 sm, itlarda 0,4 – 0,9 sm uzunlikda bo‘lib, qorin arteriyasi ildizida joylashadi. Diafragma, qorin, buyrak usti bezi, jigar, taloq, oshqozon va charvi tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qorin yo‘li orqali bel sisternasiga boradi.
  • Orqa va bosh miya nervlari: Darsning maqsadi: bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum nervlari; elka, bel va dumg‘aza chigali nervlari, bosh miya nervlari (sezuvchi, harakatlanuvchi, aralash va sayyor nerv tarmoqlari) innervatsiyasi va topografiyasini o‘rganish.
  • Nafas olish organlari: Parrandalarning nafas olish organlari sut emizuvchilarnikidan quyidagilar bilan farq qiladi: 1) burun bo‘shlig‘i kichik va tor; 2) tovuq hiqildog‘i; 3) kichik o‘pkasi va unda qo‘shimcha havo xaltachalari bo‘ladi.
  • Siydik ayirish organlarini tuzilishi: Darsning maqsadi: siydik ayirish organlari tizimi: buyrak, siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali hamda siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o‘rganish.
  • Tuxumdon, tuxum yo‘lining tuzilishi: Darsning maqsadi: har xil hayvonlarning (sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa, it va baytal) urg‘ochilik jinsiy organlarini (tuxumdon, tuxum yo‘lini) anatomik tuzilishi va topografiyasini o‘rganish.
  • Urug‘don xaltasi, urug‘don va urug‘don ortig‘ini tuzilishi: Darsning maqsadi: urug‘don xaltasi, yorg‘oq, urug‘don, urug‘don ortig‘ining tuzilishi, har xil hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlarni o‘rganish.
  • Yurakning tuzilishi: Darsning maqsadi: qon aylanish tizimini anatomik tarkibi, qon aylanish doirasi, yurak va yurak kuylakchasini tuzilishi, yurakni klapan apparati, yurak topografiyasi, yurakni qishloq xo‘jalik hayvonlaridagi farq qiluvchi xususiyatlarini o‘rganish.