Kavshovchi hayvonlarni nafas tizimi stronglyatozlari
Ushbu tadqiqot O'zbekiston sharoitida qo'ylarning nafas olish organlarida parazitlik qiluvchi Dictyocaulus avlodlariga mansub nematodalarning xo'jayin organizmi uchun yuqumli bo'lgan lichinkalarini yuqumsiz lichinkalarga nisbatan tashqi muhitning noqulay ekologik omillariga chidamliligini o'rganishga bag'ishlangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, O'zbekiston iqtisodiyotini shakllantirishda va xalq farovonligini ta'minlashda chorvachilikning muhim o'rni, Respublikamizda chorvachilikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan muhim qarorlar.
- Adabiyotlar tahlili: Qo'ylar diktiokaulyozining umumiy tavsifi, Qo'ylar diktiokaulyozini o'rganish bo'yicha adabiyot ma'lumotlari, Dictyocaulus filaria ning bioekologik xususiyatlari.
- Xususiy tadqiqotlar: Tadqiqotni bajarish usullari, joyi, hajmi, Gelmintokapralogiya hamda Gelmintolarvoskopiya usullarida tekshirish natijalari, O'pkani to'liq gelmintologik yorish usulida D. fillaria ga tekshirish natijalari, Nurobod tumani “Karimov Najmiddin Salimovich” va “Olg'a” fermer xo'jaliklarida qo'ylar diktiokaulyoziga qarshi antigelmintik dori vositalarini ta'sirini aniqlash natijalari, Dictyocaulus filaria ning faoliyatiga va lichinkalariga noqulay bioekologik omillarning ta'sirini o'rganish.
- Tadqiqot natijalari bo'yicha muloxazalar: Olingan natijalar bo'yicha mulohazalar, D.filaria lichinkalarining tashqi muhit omillariga chidamliligini o'rganish.
- Xulosalar: O'zbekiston sharoitida qo'ylar orasida uchrab turadigan nafas olish organlarida parazitlik qiluvchi Dictyocaulus avlodlariga kiruvchi zoonematodalarning tuxum va lichinkalariga ta'sir qiluvchi abiotik, ekologik omillar to'liq o'rganilmagan. Qo'ylar nafas tizimi strongilyatozlari bilan zararlanish darajasini o'rganish maqsadida Samarqand viloyatining Nurobod tumani Karimov Najmiddin Salimovich va olg'a fermer xo'jaliklarida tekshirilgan qo'ylar 27,0% dan 32,8% gacha gelmint bilan zararlanganligi aniqlandi. Qo'ylar o'pkani to'liq gelmintologik yorish usulida D. fillaria ga tekshirishrilganda Karimov Najmiddin Karimov va Olg'a fermer xo'jaligiklarida tekshirilgan qo'ylar 55,5% dan 60% gacha gelmint bilan zararlanganligi aniqlandi. Qo'ylarning diktiokaulyoziga qarshi kurashishda sinab ko'rilgan dorilardan Levamizol 75% ineksiyasi 10 % li albazen suspenziyasiga nisbatan ta'sir etish dozasi yuqori va samarali ekanligi aniqlandi. Qo'ychilik xo'jaliklarida diktiokaulyoz keng tarqalgan gelmintoz kasalliklardan hisoblanib, uni davolash uchun “Levamizol-75" antigelmintigini qo'llash yuqori samara berishi e'tirof etildi. Yuqorida ko'rsatilgan tadqiqotlarimiz natijalari barchasi hozirda qo'ylar orasida diktiokaulyuslarni keng tarqalishini va noqulay ekologik omillarga chidamliligi yuqori ekanligini ko'rsatdi.
- Amaliyotga tavsiyalar: Tadqiqotlarimiz natijalari O'zbekiston sharoitida keng tarqalishiga ega bo'lgan qo'ylarning nafas olish organlarida parazitlik qiluvchi Marshallagiya, Nematodirus, Dictyocaulus avlodlariga mansub nematodalarning xo'jayin organizmi uchun yuqumli bo'lgan lichinkalarini yuqumsiz lichinkalarga nisbatan tashqi muhitning noqulay ekologik omillariga chidamliligini ko'rsatdi. Diktiokaulyuslarni bu kabi bioekologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ular bilan zararlangan mayda shoxli hayvonlarni ushbu parazitlardan xoli qilish tadbirlarini qish va yoz oylarida o'tkazish maqsadga muvofiqdir.