Amaliy mexanika
Ushbu uslubiy qo'llanma Kasb ta'limi yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib,
Asosiy mavzular
- Amaliy mexanika: Amaliy mexanika fani bo'yicha kurs loyixasi, asosan, shu fan bo'yicha olingan nazariy va laboratoriya darslarida o'rganiladigan amaliy bilimlarga tayangan holda bajariladi. Bunday qo'llanma talabalarga uzatmaning kinematik hisobi, reduktor hisobi, val reduktordagi tishli uzatmaning o'lchamlari, tayanchlar tanlash, shponkalar tanlash, vallarning aniqlashtirilgan hisobini bajarishda uslubiy yordam beradi.
- Reduktorlar haqida tushuncha: Mashinaning energiya manbaidan, uning ish bajaruvchi qismiga aylanma harakatni, uning tezligini kamaytirib, uzatishga mo'ljallangan va alohida korpusga joylashgan tishli yoki chervyakli uzatmalardan tuzilgan mexanizmlar reduktor deb yuritiladi. Reduktorlar, asosan, mashina va mexanizmlarda elektrodvigatel' validan mashinaning ish valiga tezliklarni kamaytirib beruvchi mexanizm (uzatma) sifatida ishlatiladi.
- Hisob ishlarini bajarish usuli: Kurs ishida bunday masalani echish uchun avvalo tegishli uzatma uchun dastlabki berilgan ma'lumotlardan foydalanib, noma'lum bo'lgan vallarning aylanish chastotasi (n), umumiy uzatmaning uzatish nisbati (u), uzatma vallarining burchak tezliklari (o)ni aniqlab, keyin elektrodvigatel' tanlash kerak.
- Tishli g'ildiraklar uchun ishlatiladigan po'lat materiallarning mexanik xossalari: Tishli g'ildiraklar asosan po'lat materiallardan tayyorlanadi. Bunda g'ildirak tish yuzasining qattiqligi, tishli g'ildiraklarni tayyorlash seriyasiga bog'liq, kam seriyali hamda gabarit o'lchamlari nisbatan katta bo'lgan tishli g'ildiraklarni tish yuzasining qattiqligi <350 NV olish tavsiya etiladi.
- CHervyakli g'ildirak uchun ishlatiladigan materiallar: CHervyakli g'ildirak uchun ishlatiladigan materiallarning mexanik xususiyatlari berilgan jadvalda keltirilgan.
- Vallarning aniq hisobi: Vallarning aniq hisobi ularning xavfli kesimlaridagi xavfsizlik koeffitsienti S ni topish va ularni ruxsat etilgan qiymatlari [S] bilan solishtirishdan iborat. Mustahkamlik sharti S≤[S] bajarilishi kerak.
- SHponkali birikmani tekshirish hisobi: SHponkaning ko'ndalang kesimi, uzunligi va shponka uchun o'yiqlar o'lchamlari GOST 23360-78 (jadval) bo'yicha olinadi.