Mashinasozlik buyumlari va metall konstruksiyalarini loyixalash va ishlab chiqarish 2-qism
Ushbu kitob "Mashinasozlik buyumlari va metall konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish" mavzusida bo'lib, ikki qismdan iborat. Ikkinchi qism, ya'ni "Mashinasozlik buyumlari va metall konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish" fanning 5320300 - "Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish)" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanmadir. Kitobda mashinasozlikda hamda metall konstruksiyalar sohasida qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, ularni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari, xususan payvandlash usullari, jihozlar va ulardan foydalanish, shuningdek zavodlarni loyihalash va tashkil etish kabi muhim masalalar batafsil yoritilgan. Kitobda payvandlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, zamonaviy robototexnika va avtomatlashtirilgan liniyalarning roli ham keng tushuntirilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat savollari keltirilgan bo'lib, bu talabalarning bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Payvand konstruksiyalarini tayyorlash texnologiyasi: Bu mavzuda metall va payvandlash materiallari sifatini nazorat qilish, ularni kesish va qirralariga ishlov berish, metallni to'g'rilash va belgilash, metallni bukish kabi jarayonlar, shuningdek payvand konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi batafsil ko'rib chiqilgan.
- Transport operatsiyalari: Mavzuda ishlab chiqarish jarayonida transport mexanizmlari, yuklash qurilmalari va ulardan foydalanish texnologiyalari, shuningdek ularning asosiy turlari va qo'llanilishi haqida ma'lumot berilgan.
- Yigish va payvandlash ishlarini mexanizasiyalash, ular uchun moslamalar va qurilmalar: Bu qismda yigish va payvandlash ishlarini bajarish tartibi, yigish va payvandlash moslamalarining turlari, payvandlash mexanik jihozlar klassifikasiyasi va moslamalarni loyihalash tartibi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Robototexnik komplekslarning namunaviy sxemalari va ularning qo'shimcha qurilmalari: Mazmunda payvandlab ishlab chiqarishda qo'llaniladigan sanoat robotlari, robot manipulatorini boshqarish tizimlari va robot qo'lida o'rnatiladigan uskunalar haqida ma'lumot berilgan.
- Payvandlash ishlab chiqarishda sex va bo'limlarni loyihalash: Bu qismda payvandlash ishlab chiqarishini loyihalash masalalari, payvand konstruksiya ishlab chiqarish korxonasi tuzilishi, sexlarda jihozlarni joylashtirish turlari, sanoat binolarini qurilish konstruksiyalari va jihozlarni bo'limlarda joylashtirish rejalari haqida ma'lumot berilgan.
- Balkali konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi: Mavzuda payvand balkalar, qoshtavrli va to'g'ri to'rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi, balka va sterjenlarni tutashtirish va balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash haqida ma'lumotlar berilgan.
- Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi: Bu qismda payvandlangan rama konstruksiyalari haqida umumiy ma'lumot va rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi batafsil ko'rib chiqilgan.
- Panjarali konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi: Mazmunda fermalar tayyorlash texnologiyasi, truba profillarni qo'llash bilan fermalar tayyorlash texnologiyasi va ko'prikli fermalar tayyorlash texnologiyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Yirik hajmli sigimlarni va konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi: Bu qismda yirik hajmli idishlar va konstruksiyalar haqida umumiy ma'lumot, rulonlash usuli yordamida idishlar yon devorlari va ostini ishlab chiqarish hamda bosim ostida ishlaydigan qalin devorli idishlarni tayyorlash texnologiyasi ko'rib chiqilgan.
- Payvand quvurlarni ishlab chiqarish va ularni tutashtirish texnologiyasi: Mavzuda quvurlar haqida ma'lumot, to'g'ri chokli va orama chokli quvurlar tayyorlash texnologiyasi, yuqori chastotali toklar bilan payvandlab quvurlar ishlab chiqarish va quvurlarni tutashtirish texnologiyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Shtampli payvand buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi: Bu qismda avtomobil yoqilg'i baklarini tayyorlash texnologiyasi va isitish radiatorlari tayyorlash texnologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Korpus transport konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi: Mazmunda korpusli transport konstruksiyalari haqida umumiy ma'lumot, yo'lovchi va yuk vagonlarini tayyorlash texnologiyasi, avtomobil kuzovlarini tayyorlash texnologiyasi va avtomatik liniyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Ogir va energetika mashinasozlikda detallarni mayda seriyalab ishlab chiqarish: Bu qismda stanina presslarni tayyorlash texnologiyasi, turbina vallarini tayyorlash texnologiyasi va turbina ishchi gildiraklarini tayyorlash texnologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Mashinasozlikda detallarni seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarish: Mavzuda dizel bloklari karterini tayyorlash texnologiyasi, avtomobil gildiraklarini tayyorlash texnologiyasi, shkivlar, barabanlar, shesternyalarni tayyorlash texnologiyasi, val va oqlarni tayyorlash texnologiyasi va traktorlar katoklarini tayyorlash texnologiyasi haqida ma'lumot berilgan.