Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma mashinasozlikda qo'llaniladigan metall va nometal materiallarining tuzilishi, xossalari, temir-uglerod qotishmalari, po'latga termik ishlov berish, qora va rangli metallar mexnologiyasi, quymakorlik, metallarga bosim ostida ishlov berish, metallarni sinash uslublari va nometall konstruktsion materiallar, eng yaxshi texnologik usullarni tanlash usullari bo'yicha yo'nalishlar profiliga mos bilim, ko'nikma va malakani shakillantirishga bag'ishlangan. Qo'llanma umumiy qismdan boshlanib, keyinroq har bir mavzu bo'yicha batafsil ma'lumotlar beriladi.
Asosiy mavzular
- Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari: Ushbu bobda texnik metallar, metallografiya, kristalografiya, metallarning fizik, kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari berilgan. Metallarning ichki tuzilishi, kristall panjaralarining turlari, metallarning fizik, kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Temir-uglerod qotishmalarining tasnifi: Ushbu bobda temir-uglerod qotishmalarining tasnifi keltirilgan. Konstruktsion po'latlar, po'lat guruhlari, cho'yan kabi asosiy tushunchalar ham mazkur bobda berilgan. Temir-uglerod holat diagrammasi batafsil tahlil qilingan.
- Po'latga termik ishlov berish: Uchinchi bobda po'latga termik ishlov berish: yumshatish, me'yorlash, toblash va ularning usullari haqida batafsil ma'lumotlar bayon etilgan.
- Qora va rangli metallar texnologiyasi: To'rtinchi bobda metallurgiya, rudalarni boyitish, yonilg'ilar, Domna pechi, Marten pechi, quymalar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Quymakorlik: O'quv qo'llanmaning 5-bobida quymakorlik haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan model, sterjen, qolip, quyma olish texnologik jarayonlari va quymakorlik usuli bilan olinadigan detallar haqida bayon etilgan.
- Metallarga bosim ostida ishlov berish: Mazkur qo'llanmaning oltinchi bobida metallarni bosim ostida ishlov berish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mazkur bobda mo'rt metallar, deformatsiya turlari, metallarni prokatlash, metallarni cho'zish va preslash, metallarni bolg'alash, shtamplash turlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Metallarni sinash uslublari: Ettinchi bobda metallarning sinash uslublari haqida so'z yuritilgan. Qattiqlikni Brinell, Rokvell va Shor uslublari bilan o'lchash, shuningdek materiallarni cho'zishga sinash haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Nometall konstruktsion materiallar: Qo'llanmaning sakkizinchi bobida nometall konstruktsion materiallarning sinflanishi, plastmassalar va ularga ishlov berish usullari kabi tushunchalar keltirilgan.