Nanoklasterli kremniy asosida fotoelement tayyorlash texnologiyasini yaratish va uning asosiy parametrlarini tadqiq qilish
Ushbu dissertatsiya ishi kremniy nanokristallari asosida fotoelementlar yaratish va ularning asosiy parametrlarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Ishda nanoklasterlar asosida yangi avlod fotoelementlarining texnologiyasini yaratish va ularning samaradorligini oshirish yo'llari o'rganilgan. Tadqiqot natijalari energiya tejamkorligi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo'yicha muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy mavzular
- Fotoelementlar va ularning asosiy parametrlari: Quyosh va uning energiyasi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik asoslari, fotoelementlar va ularning turlari, fotoelementlarning asosiy parametrlari haqida ma'lumot berilgan.
- Kremniy va unda nanoklasterlar olish texnologiyasi: Kremniy materiali va unga ishlov berish usullari, nanoklasterlar va ularning olish texnologiyasi, kremniyga VI guruh elementlarini diffuziya qilish texnologiyasi, kremniy materialida nanoklasterlar hosil qilish, nanoklasterlarni o'rganish usullari va ularning asosiy material xossalariga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Kremniy asosida nanoklasterli fotoelementlarni laboratoriya variantini yaratish texnologiyasi: Diffuziya usuli bilan klasterlar hosil qilish, past haroratli diffuziya texnologiyasi, fotoelementning foydali ish koeffitsientiga ta'sir etuvchi omillar, termolizatsiya effekti va uni oldini olish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Kremniy asosida nanoklasterli fotoelementlarni laboratoriya variantini parametrlarini o'lchash va tahlil etish: Fotoelement tuzilmalariga omik kontaktlar olish texnologiyasi, p-n o'tishning volt amper tasnifi, fotoelementning foydali ish koeffitsientini hisoblash usullari tahlil qilingan.