Mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochishda qо‘llaniladigan jihozlarning ish samaradorligini oshirishni tadqiqot qilish
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistratura boʻlimi tomonidan tayyorlangan. Nomzod Orzuev Shoxrux Nuriddinovichning "Mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochishda qoʻllaniladigan jihozlarning ish samaradorligini oshirishni tadqiqot qilish" mavzusidagi dissertatsiyasi. Ishda "Neft va gaz quduqlarini burgʻilash" mutaxassisligi boʻyicha tadqiqot olib borilgan. Ilmiy rahbar – prof. T.R. Yuldashev.
Asosiy mavzular
- Annotatsiya: Neft, gaz va gazkondensat konlarini so'nggi bosqichda ishlatilayotganligi sababli, qazib olish koʻrsatgichi pasayib ketmoqda, burgʻilash jarayonini olib borishda va mahsuldor qatlamlarni ochishda murakkabliklarning paydo boʻlishi kuzatiladi. Bunday shariotda anomal past bosimli qatlamda burgʻilash ishlarini olib borish va mahsuldor qatlamlarni sifatli ochilishini ta'minlashda optimal burgʻilash rejimidan foydalanish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish zarurdir. Dissertatsiya ishida neft va gaz konlarida anomal past bosimli qatlam sharoitida burgʻilash ishlarini olib borishda mahsuldor qatlamning filtratsiya-sigʻimdorlik xossalarini saqlab qolish, yangi texnologiyalardan foydalanish, mahsuldor qatlamni ochishda qoʻllaniladigan burgʻilash eritmalarining xossalari va tarkibi tahlil qilingan, quduqlarni samarali yuvish va mahsuldor qatlamni burgʻilab ochishda qo'llaniladigan sirkulyatsion yuvish tizimining ahamiyati oʻrganib chiqilgan.
- Kirish: Oʻzbekiston Respublikasida neft va gaz sanoati ko'p tarmoqli hisoblanadi, oʻzining tarkibida vertikal-integratsion tizimni tashkil qiladi, quduqning tubidan iste'molchigacha boʻlgan tarmoqni nazorat qiladi. Bunday katta quvvatga ega boʻlgan tizimning barqarorligini ta'minlash yetuk bilimdon mutaxassislarni oʻqitishni va tarbiyalashni taqozo etadi. Neft va gaz tarmogʻida faoliyat yuritish uchun bir milliondan ko'p kollej bitiruvchilari, bakalavrlar va magistrlar mustaqillik yillarida tayyorlanda hamda shu sohada muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqdalar. Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat jarayonlarni barqaror rivojlanishiga yo'naltirilgan boʻlib, barqarorlik iqtisodiyotning yutug'i sifatida qaralgan hamda neftgaz sanoatidagi karxonalarning rivojlanishi muhim iqtisodiy ko'rsatgichlardan biri hisoblangan. Oʻzbekistonda boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash masalasi, davlat mustaqilligining birinchi kunidan boshlab iqtisodiyotning asosiy markaziy masalasi sifatida qaraldi. Oʻzbekiston Respublikasi neft qazib olish boʻyicha qariyb 125 yillik tarixga ega boʻlib, hozirgi vaqtda yonilgʻi-energetika resurslarini eksport qilish boʻyicha Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari ichida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz hududining 60 %iga yaqini yer osti neft va gaz manbalariga boy boʻlib, hududimizda 5 ta asosiy: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg'ona neftgazli regionlari bir-biridan ajralib turadi. Jahon yoqilg'i energetika balansida neft va gazning salmog'i to'xtovsiz oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda yoqilg'ining bu turlari jahonda energiyaga boʻlgan ehtiyojning 70-75% qondirayapti. Neft va gazni qazib chiqarishni koʻpaytirish evaziga energiya iste'mol qilish ortib bormoqda. Neft va gaz muhim kimyoviy xom ashyo boʻlib, hozirgi zamon sanoati va energetikasi barcha turlarida uning mahsulotlaridan qandaydir miqdorda foydalaniladi. Respublikamiz mustaqilligidan so'ng, barcha sohalar qatorida neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e'tibor berildi, toʻliq yoqilgʻi ta'minoti mustaqilligiga erishildi. Respublikamizning rivojlanishida hozirgi zamon neft va gaz sanoati qisqa muddatlarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, respublikamiz neft va gaz mahsulotlariga oʻz ehtiyojlarini ta'minlash bilan bir qatorda energiya manbalarini chetga sotishni yo'lga qo'ydi. Yangi neft va gaz obektlari ishga tushirilishi bilan jahon andozalari darajasiga javob beruvchi yuqori texnologik quvvatli ishlab chiqarish qurilmalari foydalanila boshlandi. Respublikamizda neft va gaz tarmoqlarining asosiy vazifalaridan biri iste'molchilarni toʻxtovsiz ravishda neft va gaz mahsulotlari bilan ta'minlash hisoblanadi. Yuqoridagi masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish uchun tabiiy gazni gidravlik rejimiga va tashish texnologiyasiga rioya qilish, gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gazni taqsimlash tizimlarida tabiiy gazdan foydalanishni tejamkorligini ta'minlash, avtomashtirilgan gazni oʻlchashni tadbiq qilish zarurdir. Oʻzbekiston Respublikasida tarmoqni jadal rivojlanishida "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi”, “Sho'rtanneftgaz” USHK, “Muborakneftgaz" USHK, "Oʻzgeoburg ineftgaz” AK va “Neftgazqazibchiqarish” AKning oʻz oʻrni bordir. Bunday muhim masalalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Rempublikasi Prezidentining PF-1108 (5 may 2009 yil) qaroriga asosan “Muborak NQIZ"da propan-butan ajratib olish qurilmasini (PBAOQ) ishga tushirish hamda ichki va tashqi bozorga mahsulotni sotish masalasi qo'yildi. Muborak GQIZdi tomonidan 258 ming tonna suyultirilgan uglevodorod gazini va 125 ming tonna gaz kondensatinri ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Ma'lumki Respublikamizda 2012 yilgacha Qamashi egilmasida 10 ta kon (Oqnazar, Shimoliy Oqnazar, Choʻlquvar, Qamashi, Beshkent, Shimoliy Girsan, Girsan, Devxona, Chigil va Hujum) ochildi va ishga tushirilda. Choʻlquvar, Qamashi, Beshkent, Charagʻon, Chorgumbaz konlarining tuzilmasi izlov burgʻilash ishlarini olib borishga tayyorlandi. Hozirgi davrda neft va gaz tarmoqlari oldiga konlarni ishlatish va quduqlarni ishlatish texnologiyasi zamonaviy talablarga javob berishi va yuqori texnologik va uslubiy yechimga strategik masala oʻrta qoʻyilgan. Bunday dalalarni qazib olish, tanlash texnologiyasini qatlamni tanlash va ularning umumiy geologik qiyofasini ochish usullari, turli qatlamlardan keladigan filtirlovchi suyuqliklarni va ularning tabiiy kollektorlik xossalarini saqlash kabi masalalar bilan bogʻliqdir. Quduqlarni burgʻilash jarayonida aynan shu koʻrsatkichlarni taʼminlash va qatlamni birlamchi ochishda yuqori aniqlikni ta'minlash va muammoli masalalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda mazkur dissertatsiya ishida anomal past bosimli qatlam sharoitida burgʻilash ishlarini olib borish va mahsuldor qatlamlarni ochish ishlarini tadqiqot qilish natijasida kelib chiqqan muammolar koʻrib chiqilgan va ularni hal qilish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
- Tadqiqotning obekti va predmeti: Shoʻrtan konida mahsuldor qatlam kimyoviy-termik ishlov berish ishlari tahlil qilinadi, tadqiqot predmeti-mahsuldor qatlamga kimyoviy-termik ishlov berish asosida oʻzlashtirish ko'rsatgichlarini tadqiqotlash ishlari keltiriladi.
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Past bosimli qatlam sharoitida burgʻilash ishlarini olib borishini va mahsuldor qatlamlarni sifatli ochilishini ta'minlashda qoʻllaniladigan texnologik rejimini toʻgʻri belgilanishini, burgʻilash eritmalarining tarkibini va xossalarini toʻgʻri tanlanish ish jarayonini kuzatish va mahsuldor qatlamni ochishda tabbiy kollektorlarni shikastlanmasdan ochilishiga erishish va qatlamga berilaligan depressiya bosimini boshqarish usullaridan foydalanish shuning asosiy maqsadi hisoblanadi. Maqsadga erishish uchun kon sharoitida burgʻilash ishlarini samarali olib borilishini kuzatish va bajarilgan ishlarni tahlil qilish burgʻilash eritmasining sirkulyatsiya jarayonida tarkibini oʻrganish, qatlam bosimini va haroratini oʻzgarishini kuzatib borish hamda qoʻllanilayotgan jihozlarning samarali ishlashini ta'minlash asosiy vazifa qilib qo'yildi. Mazkur dissertatsiya ishi sifatida Respublikamiz miqyosidagi “Shurtanneftgaz" USHKga tegishli "Shurtan gazkondensat” koni olinadi va hamda “Muboraknetfgaz" USHK tarmogʻidagi Pomiq va Alan konlarida olib borilgan natijalardan foydalaniladi.
- Tadqiqotning uslubiyati va uslublari: Mavzu boʻyicha avval amalga oshirilgan tadqiqotchilarning natijalarini tahlili qilish; tadqiqot obektida mahsuldor qatlamni oʻzlashtirish usullari va boshqa turdagi burgʻilash ishlarini ma'lumotlari tizimlashtiriladi va tahlil qilinadi; mahsuldor qatlamni oʻzlashtirishda kimyoviy-termik ishlov berishda qoʻllaniladigan jihozlarni samarali ish ko'rsatgichlari asoslanadi va analitik tadqiqotlar olib boriladi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: Anomal past bosimli qatlam sharoitida quduqlarni burgʻilash jarayonini olib borish va mahsuldor qatlamni samarali ochish texnologiyasi va ochishda qoʻllaniladigan eritmalarning turlari, parametrlari va tarkibi oʻrganiladi, uni quduqqa haydashning ketma-ketlik jarayonlarini olib borish boʻyicha tavsiyalar beriladi.
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Kon sharoitida anomal past bosimli qatlam sharoitida “quduq-qatlam" tizimi muvozanatida burgʻilash ishlarini olib borish va mahsuldor qatlamlarni ochishda mahsuldor qatlamdagi g'ovakliklar va kollektor kanallariga qattiq zarrachalarning oʻtirishiga yo'l qo'ymaydigan, qatlamni birlamchi ochishda burgʻilash eritmasi sifatida qo'llaniladigan normal gradiyent bosimda va dispers muhitiga barqaror texnologik suyuqliklarni qoʻllash texnologiyasini ishlab chiqishni kon sharoitida oʻrganish.
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi: Neft va gaz quduqlarini burgʻilash jarayonida anomal past bosimli qatlamlarni bargʻilash jarayonida bir qator muammolarni paydo boʻlishi kuzatiladi va bu muammolar bilan bir qator olimlar shug'ullanishgan. Basarigin Y.M., Budnikov V.F., Bulatov A.I., Proselkov Y.M., Bulatov A.I., Kachmar Y.D., Makarenko P.P., Yaremeychuk R.S., Gandjumyan R.A., Kalinin A.G., Serdyuk N.I., Melik-Pashayev V.S., Xalimov E.M., Seregina V.N., Raximov A.K., Aminov A.M., Raximov A.A., Nifantov V.I., Solovev YE.M., Tagirov K.M., Gnoyevix A.N., Lobkin A.N., Yuldoshev T.R.
- Kutilayotgan natijalar: Anomal past bosimli qatlam sharoitida quduqlarni burgʻilash texnologiyasini olib borishni o'rganish “qatlam-quduq” muvozanat bosimini belgilash, mahsuldor qatlamni sifatli burgʻilab birlamchi ochishda rejimini ishlab chiqish hamda ikki va uch fazali yengillashtirilgan eritmalarning tizimidan foydalanish usullarini oʻrganish va uni kon sharoitida amalga oshirishning samaradorligiga erishish.
- Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsiflari: Dissertatsiya ishi kirish qismidan, shuning uchta bobdan xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan tashkil topgan.
- I-bob boʻyicha xulosa: Neft va gaz quduqlarini burgʻilash jarayonida mahsuldor qatlamlar har xil sharoitlarda qatlam va gʻovaklik bosimlarining anomalligi, kuchli yoriqli va oʻtkazuvchan, kuchsiz mustahkamlikka ega boʻlgan qatlamlarda, flyuidlarning tarkibiga yemiruvchi kamponentlarning mavjudligi sharoitida ochiladi. Mahsuldor qatlamli anomal yuqori bosim sharoitida ochishda qatlamga reprecciya qo'llanilganda qatlamdagi tabiiy kollektorlarga salbiy ta'sir etish holatlarini keltirib chiqaradi va quduqning debit koʻrsatgichiga salbiy holatda ta'sir koʻrsatadi. Mahsuldor qatlam anomal past bosim sharoitida ochilganda qatlamga depressiya qo'llaniladi, burgʻilash jarayonidagi va mahsuldor qatlamni ochishga ko'pikli va aeratsiyali tizimlardan samarali foydalanishga to'g'ri keladi hamda qatlamda murakkabliklarni sodir bo'lishiga yo'l qo'yilmaslik talab qilinadi. Mahsuldor qatlamni ochish xususiyatini va tugallashni takomillashtirish, fizik kimyoviy, gaz kislotali, termodinamik usullarni qoʻllash, quduq tubi zonasini tabiiyligini saqlab qolish keng tadqiqot qilinadigan masaladir. Anomal past qatlam bosim sharoitida mahsuldor qatlamni ochishda magistrlik dissertatsiyaning asosiy ko'rib chiqadigan dolzarb holatlariga qatlamdagi tabbiy kollektorlikni saqlab qolish uchun burgʻilash va mahsuldor qatlamni ochishda qatlamning tarkibi va xossalarini geologik sharoitdan kelib chiqib tanlash depressiya bosimining qiymatini qattiq rejimda o'rnatish, flyuidlarni paydo bo'lmasligiga yo'l qo'ymaslik, burgʻilash eritmasini ortiqcha yo'qotilishini chegaralash, arzon agentlardan, tabiiy gaz, azot, ichki yonuv dvigatelining gazidan samarali foydalanish, polimerli, koʻpikli, ikki fazali va uch fazali agentlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish va asoslash ishlarini olib borish belgilangan.
- II bob boʻyicha xulosa: 1. Quduqlarni burgʻilash jarayonida jamlanmalarni tushirib – ko'tarib olish davrida quvurlarning uzluksiz qurilmasidan foydalanilganda bosim ostida tushirish-ko'tarish operatsiyasi muammosi to'liq hal qilinmagan. Quduq ustining germetikligi holatida u orqali asboblarni ko'tarishda quduq tubidagi bosimni quduq usti bosimi orqali nazorat qilish muhim hisoblanadi. Shuning uchun tushirish-ko'tarish jarayonlarida ikki yoki uch fazali agentlaridan foydalanishni tadqiq qilish anomal past qatlam bosimi sharoitida burgʻilash ishlarini samarali olib borishni belgilaydi. 2. Anomal past bosimli qatlam sharoitida quduqlarda burgʻilash ishlarini olib borish va mahsuldor qatlamni ochish anomal past qatlam bosimining (0,3 – 0,9) Р2,г.ст qiymatlarida olib borilganda, eng kichik 0,1 Р2, г.сr va eng katta 0,9 Р2, г.ст kattaliklarida olib borish texnologiyasi murakkablashib ketadi va ishni olib borish rejimini toʻgʻri tanlash talab qilinadi va u muammoli masalalardan hisoblanadi. Ishchi agent sifatida ko'piklardan foydalanilganda ejektor va troyniklar (uchlik) qo'llaniladi. Ishchi agentlarni tayyorlashda quduqqa havo haydash taqiqlanadi va inert gazlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Sirkulyatsiyada qoʻllanilgan ishchi agentlarni tozalashga qattiq talablar qo'yiladi. 3. Anomal past qatlam bosimi sharoitida burgʻilash ishlarini samarali olib borilishi va mahsuldor qatlamni yuqori sifatli ochilish darajasi bilan belgilanadi. Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishini ta'minlash suyuqlik fazasidagi filtratlarning miqdori bilan tavsiflanadi va eritmaning parametrlariga qattiq talablar qoʻyiladi. Masalan Gazli, G'armiston va Sho'rtan konida quduq burgʻilanib mahsuldor qatlam ochilganda, oqim chaqirilganda kelmaganligi sababli, kollektor kanallarning ifloslanish darajasi va birlamchi xarajatlar oshib ketgan. 4. Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishiga suv asosli eritmalarni qoʻllanilishiga baho beradigan bo'lsak, uning tarkibidagi filtratlar qatlamga chuqurroq kirib borib, tog'-jinslarini boʻkishga va oʻtkazuvchanlikni pasaytirishga olib keladi. Kimyoviy reagentlar esa mahsuldor qatlamga kirib, loyli zarrachalarni bo'kishini koʻchaytiradi va flyuidlarni boshlang'ich oqimini umuman oʻtkazmaslik holatiga keltiradi. Ikki fazali va uch fazali ko'piklar tizimini qoʻllanishini oʻrganish va tadqiqot qilish masalasini ilmiy asoslash zarur hisoblanadi. 5. Geologik murakkab sharoitdagi anomal past bosimli qatlam sharoitida mahsuldor qatlamlarni ochish juda qiyindir. Anomal past bosimli qatlam-sharoitida mahsuldor qatlamlarni ochishda qoʻllaniladigan koʻpikli va aeratsiyali, uglevodorod asosli yengillashtirilgan emulsiyalarni qoʻllanilish texnologiyasi ishlab chiqiladi va tarkibi asoslanadi, samaradorligiga baho beriladi. Burgʻilab tugatilgan quduqlardan oqim chaqirishda qo'llaniladigan usullar va mahsuldor qatlamni ochishdagi rejim ta'minlanmaganda va debitni kuchaytirishda muammolar paydo boʻlgan. Buning asosiy sabablariga depressiya kattaligini va burgʻilash aralashmasining tarkibi notoʻgʻri tanlangan boʻladi. Bunday omillarga dissertatsiya ishida baho beriladi. 6. Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishi va debit beruvchanlik koʻrsatgichiga ta'sir etuvchi omillarga baho berishda quduq atrofi zonasidagi filtratsiya xossasini boshqarish usullarini tanlanishiga va oqimni chaqirish usullarining qoʻllanilish tartibi masalasi ham dissertatsiya ishida koʻrib chiqiladi.
- III-bob. MAHSULDOR QATLAMNI IKKILAMCHI OCHISHDA QOʻLLANILADIGAN JIHOZLARNING ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH: Ikkilamchi ochishning asosiy masalasi qatlam quduq tubi zanasidagi kollektorlik xossalariga salbiy ta'sir qilmasdan, mustahkamlash tizmasiga va sement qobig'iga kuchli deformatsiya bermasdan, quduq va mahsuldor qatlamni gidrodinamik aloqasini toʻliq hosil qilishdir. Bu masalani hal qilishda perforatsiya shartlarini tanlash, perforatsiya muhitini, shu sharoit uchun otuvchi apparatlarni oʻlchamlarini va perforatsiya zichligini tanlash amalga oshiriladi. Perforatsiya jarayonini ishlashda uyumning geologik kon tavsiflari, kollektorlarni turlari va quduqni texnik – texnologik ma'lumotlari hisobga olinadi: qalinligi, quduq tubi zonasini fil'tratsiya hajmiy xossalari va qatlamning uzoq zonasi, tarmoqlanishini, qatlamning litofatsiallik tavsifi va neftning qovushqoqligi; SNK (suv neft kontakti, gaznetfkontakti va gazsuvkontakti) oralig'idagi masofalar; perforatsiya oralig'idagi qatlamning bosimi va harorati; perforatsiya oralig'idagi mustahkamlash tizmasining soni, mustahkamlash quvurlarining minimal ichki diametri; quduqni tiklikdan maksimal ogʻish burchagi; mustahkamlash tizmasining va uning sementli qobigʻining holati; mahsuldor qatlamni birlamchi ochishda qoʻllanilgan suyuqlikning xossasi va tarkibi. Neft qazib olinuvchi quduqlarda perforatsiya oralig'idagi togʻ jinslarining qatlam flyuidlari bilan to'yinganligiga qarab aniqlanadi va burgʻilash ishlarini yetakchisi hamda geologik xizmat idorasi tomonidan qatlamlarni ochishda mahsuldor ob'ekt butun qalinligi boʻyicha ochiladi. Gaz shapkali va tub suvli qatlamlarda faqat neftli qismi perforatsiya qilinadi. Eng pastki teshikdan SNK – gacha boʻlgan masofada va eng yuqoridagi GNK gacha boʻlgan masofada har bir uyum uchun oraliqlarda oʻtkazmaydigan qatlamchalarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, noyaxlitligi tajriba yo'li bilan oʻrnatiladi. Otuvchi perforatorlar bilan mahsuldor qatlamlarni repressiyada (quduq tubining bosimi qatlam bosimidan kichik) ochish amalga oshiriladi. Repressiyada mahsuldor qatlamni ochish perforatsiya qilish oralig'ini ochish qatlam bosimining normal va yuqori anomal qiymatg ega ekanligiga, shu bilan birgalikda kontakt zonalariga (SNK,GNK) va neftdagi yemiruvchi komponentlarning (H2S, CO2) mavjudligiga bog'liq boʻladi. Mahsuldor qatlamlarni repressiyada ochishda perforatsiyani xavfsiz olib borish va quduqdan qatlamga katta hajmdagi suyuqliklarni kirib borishiga yo'l qoʻyilmasligi kerak. Quduqni to'ldiruvchi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi chuqurlikka bog'liq holda qatlam bosimidan yuqori boʻladi: 10-15% quduqning chuqurligi 1200 metrgcha boʻlganda va farq 1,5 MPa dan yuqori emas; 5÷10% quduqning chuqurligi 2500 metrgacha (1200 dan 2500 metrgacha) bosim 2,5 MPa dan yuqori emas; 4÷7% quduqning chuqurligi 2500 metrdan katta (2500 metrdan loyihaviy chuqurlikkacha), bosim 3,5 MPa dan yuqori emas; Perforatsiyani olib borishdan oldin quduqni yuvish bilan NKQ sun'iy quduqning tubigacha tushiriladi. NKQ orqali perforatsiya oralig'ini to'ldirish hisobidagi perforatsiya va bufer suyuqligi va 100 – 150 metr perforatsiya oralig'i to'ldiriladi va undan 100-150 metr yuqoriga ko'tarilgung qadar haydaladi. Quduqning usti otilmaga qarshi qurilmalar (priventorli zulfinlar) jihozlanadi. Perforatsiyani olib borishda perforator bir oraliqqa ikki marta tushiriladi. SNK va GNK zonalarini perforatsiya qilishda perforator bir marta tushirilib amalga oshiradi. Kuchsiz oʻtkazuvchan kuchsiz sementlangan qatlamlarni “Suv-qum-oqimli" perforatsiya yordamida amalga oshirish tavsiya qilinadi.
- Xulosa: 1. Neft va gaz quduqlarini burgʻilash jarayonida mahsuldor qatlamlar har xil sharoitlarda qatlam va gʻovaklik bosimlarining anomalligi, kuchli yoriqli va oʻtkazuvchan, kuchsiz mustahkamlikka ega boʻlgan qatlamlarda, flyuidlarning tarkibiga yemiruvchi kamponentlarning mavjudligi sharoitida ochiladi. Mahsuldor qatlamli anomal yuqori bosim sharoitida ochishda qatlamga reprecciya qo'llanilganda qatlamdagi tabiiy kollektorlarga salbiy ta'sir etish holatlarini keltirib chiqaradi va quduqning debit koʻrsatgichiga salbiy holatda ta'sir koʻrsatadi. 2. Mahsuldor qatlam anomal past bosim sharoitida ochilganda qatlamga depressiya qo'llaniladi, burgʻilash jarayonidagi va mahsuldor qatlamni ochishga ko'pikli va aeratsiyali tizimlardan samarali foydalanishga to'g'ri keladi hamda qatlamda murakkabliklarni sodir bo'lishiga yo'l qo'yilmaslik talab qilinadi. Mahsuldor qatlamni ochish xususiyatini va tugallashni takomillashtirish, fizik – kimyoviy, gaz kislotali, termodinamik usullarni qoʻllash, quduq tubi zonasini tabiiyligini saqlab qolish keng tadqiqot qilinadigan masaladir. Dunyo davlatlarida anomal past bosimli qatlam sharoitida burgʻilash ishlarini olib borish va mahsuldor qatlamni samarali ochish boʻyicha koʻpgina ma'lumotlar toʻplangan. 3. Quduqlarni burgʻilash jarayonida jamlanmalarni tushirib – koʻtarib olish davrida quvurlarning uzluksiz qurilmasidan foydalanilganda bosim ostida tushirish-ko'tarish operatsiyasi muammosi toʻliq hal qilinmagan. Quduq ustining germetikligi holatida u orqali asboblarni koʻtarishda quduq tubidagi bosimni quduq usti bosimi orqali nazorat qilish muhim hisoblanadi. Shuning uchun tushirish-ko'tarish jarayonlarida ikki yoki uch fazali agentlaridan foydalanishni tadqiq qilish anomal past qatlam bosimi sharoitida burgʻilash ishlarini samarali olib borishni belgilaydi. 4. Anomal past qatlam bosimi sharoitida burgʻilash ishlarini samarali olib borilishi va mahsuldor qatlamni yuqori sifatli ochilish darajasi bilan belgilanadi. Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishini ta'minlash uchun quduq tubi zonasida filtratsiya xossalarini boshqarish usullarini tanlanishiga va oqimni chaqirish usullarining qoʻllanilish tartibi masalasi ham dissertatsiya ishida koʻrib chiqiladi.