Mustaqillik yillarida o’zbekistonda an’anaviy xunarmandchilik
Ushbu bitiruv malakaviy ishida O'zbekistonning mustaqillik yillarida hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligini va amaliy san'atini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, hunarmandchilikning kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli, mustaqil va ommaviy yo'nalishiga aylanishi, uning samaradorligini oshirish va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish yo'lidagi mavjud muammo va to'siqlarni bartaraf etish, O'zbekiston xalqlarining boy madaniy me'rosi va tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish va yanada boyitish, hunarmandchilikni keng miqiyosda qo'llab-quvvatlash hamda hunarmandchilik bilan shug'ullanishga aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalarni jalb qilishga rag'batlantirish maqsadida 2017 yilning 17 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilinganligi hamda ushbu farmon ijrosini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, hunarmandchilikning turli sohalarining rivojlanishi, jumladan, Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi hunarmandchilik sohasini o'rganish, Farg'ona vodiysining yirik hunarmandchilik markazlari bo'lgan Qo'qon, Andijon, Marg'ilon shaharlarida faoliyat olib borayotgan hunarmand ustalarni o'zida aks ettirgan fotoalbomlar nashr etilishi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Mavzuning dolzarbligi. O'zbek xalq amaliy san'ati turfa, rang-barang va etnografik jihatdan o'ziga xosdir. O'zbeklarning boy madaniy merosi va xalq amaliy hunarmandchilik an'analarini chuqur tadqiq etishga keng imkoniyatlar mustaqillik davridan boshlandi. O'zbekistonning mustaqil rivojlanishining ilk bosqichlaridagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan, madaniyat va amaliy san'at sohasiga alohida e'tibor qaratildi. Xalq amaliy san'atini katalogizatsiya, inventarizatsiya qilish, hunarmandchilikni ilmiy tadqiq etish, uning tarixi, ayrim markaz va hududlar hunarmandchiligining badiiy va texnologik xususiyatlari, hamda ularni etnologik manba sifatida chuqur o'rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Malakaviy bitiruv ishining ilmiy-tadqiqot ishlar rejalari bilan bog'liqligi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqot ob'ekti va predmeti. Tadqiqotning metodologik asoslari. Ilmiy yangiligi. Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
- I bob. Milliy hunarmandchilikning tarixiy va nazariy jihatlari: Arxeologik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko'ra, xunarmandchilik tarixi juda qadim o'tmishga borib taqaladi. O'zbekiston xalqlari o'zlarining hunarmandchilik san'ati tarixida yirik bosqichlarni bosib o'tgan. Xunarmandchilikning paydo bo'lishi va mintaqaviy xususiyatlari. Bronza davri, temir asri, antik davr, VI-XIX asrlar va boshqa davrlarda hunarmandchilikning rivojlanishi. O'zbekistondagi milliy hunarmandchilik sohalari va ularning xususiyatlari. San'atning turli turlari: koshinkorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, sangtaroshlik, yog'och o'ymakorligi va boshqalar.
- II bob. Xonliklar davrida milliy hunarmandchilikning ahvoli: O'rta Osiyodagi hunarlar orasida eng qadimiylaridan biri bu zargarlikdir. O'rta Osiyoda kulolchilik keng yoyilgan edi. Bu sohada tovoq, piyola va boshqa idishlar ko'proq ishlab chiqarilardi. Qadimiy hunarlardan biri bo'lgan duradgorlik ancha etakchi rol o'ynardi. Duradgorlarning ikkinchi guruhi esa uy, madrasa va machitlar uchun eshik, darvoza va tuynuklar, kitob, kitob tagiga qo'yiladigan lavha kursi va shunga o'xshash buyumlarni yasardilar. Xonliklarda jundan turli kiyim va buyumlar tayyorlash ishlari ham davom ettirilgan. Gilamdo'z ustalar asrlar davomida ko'p tajribalarni to'plashga muyassar bo'lganlar. Qog'oz ishlab chiqarish o'lkadagi hunarlarning eng qadimgilaridan hisoblangan. O'rta Osiyoda bo'yoq ranglari qadimgi zamonlardan buyon, asosan turli ma'dan va o'simliklardan tayyorlanib, ularni aralashtirish yo'li bilan hosil qilinar edi.
- III bob. Mustaqillik davrida milliy xunarmandchilik tarixiga yangicha yondashuv: XX asr oxirida erishilgan milliy mustaqillik tufayli jiddiy tarixiy o'zgarishlar ro'y berib, o'zbek xalqi tarixi va madaniyatini xolisona yoritish imkoniyatlariga keng yo'l ochildi. O'zbekiston tarixi va madaniyatining ko'pgina masalalari o'zining yangi, ilmiy jixatdan xaqqoniy va har tomonlama echimini topa boshladi. Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash ularga kasb-hunar o'rgatish an'analarini davom ettirish maqsadida uyushmada har yili shogirdlarga hunar sirlari o'rgatiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31 mart 1997 yilgi "Xalq badiiy hunarmandlari va amaliy san'atini tadbirlari to'g'risidagi" 1741-sonli farmoni qabul qilingandan so'ng hunarmandchilik sohasi bexad rivojlandi. Hukumatimizning qo'llab-quvatlashidan ruxlangan hunarmandlar yanada sifatli, xaridorbop, yuksak dizaynga ega san'at asarlarini yaratmoqdalar.
- IV bob. Mustaqillik yillarida hukumatimiz milliy hunarmandchilikni qo'llab-quvvatlash borasidagi tadbirlari: Mustaqillik yillarida kasb-hunarni kengaytirish, mazmunan boyitish va takomillashtirish chora-tadbirlari ko'rib kelinmoqda. Ayniqsa, xalq hunarmandchiligiga bag'ishlab 1997 yilning 31 martida respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san'atni yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Farmoni ijrosi bo'yicha keng ko'lamli faoliyat amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda xunarmandchilik qadimdan asrlar davomida taraqqiy etib kelmoqda. Xalq ustalari badiiy tasavvur olamining boyligi va shakl xamda naqshlarning mukammalligi bilan xamon bizni xayratga soluvchi noyob buyumlarni meros etib qoldirdilar. Mustaqil respublikamizda xalq ustalariga katta axamiyat berilmoqda. Meros va an'anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, hunarmandlarga yordam ko'rsatish kabi ishlar davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Hunarmandchilik an'analarini tiklash qonuniy jarayon bo'lib, u milliy madaniyatni saqlab qolishga intilish bilan izoxlanadi. O'zbekiston Respublikasi xukumati xalqimizning milliy kasb-hunarlarini tiklashga qaratilgan talay qarorlar chiqardi.
- Xulosa: Bitiruv malakaviy ishining yakuniy xulosalari shundan iboratki, O'zbekiston xalq hunarmandchiligi milliy g'oya va madaniyatning ajralmas qismidir. O'zbekistonning mustaqillik yilllarida hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligini va amaliy san'atini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, hunarmandchilik kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli, mustaqil va ommaviy yo'nalishiga aylanishi, uning samaradorligini oshirish va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish yo'lidagi mavjud muammo va to'siqlarni bartaraf etish, O'zbekiston xalqlarining boy madaniy me'rosi va tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish va yanada boyitish, hunarmandchilikni keng miqiyosda qo'llab-quvvatlash hamda hunarmandchilik bilan shug'ullanishga aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalarni jalb qilishga rag'batlantirish maqsadida 2017 yilning 17 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilinganligi hamda ushbu farmon ijrosini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, hunarmandchilikning turli sohalarining rivojlanishi, jumladan, Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi hunarmandchilik sohasini o'rganish, Farg'ona vodiysining yirik hunarmandchilik markazlari bo'lgan Qo'qon, Andijon, Marg'ilon shaharlarida faoliyat olib borayotgan hunarmand ustalarni o'zida aks ettirgan fotoalbomlar nashr etilishi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
- Foydalanilgan adabiyotlar: Ushbu ishni tayyorlashda quyidagi adabiyotlar va Internet materiallaridan foydalanildi: Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz; Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari; Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida"; Abdullaev T. XIX-XX asrlarda O'zbekiston kandakorlik san'ati; Alimov H. Shahrixonliklar; Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati; Bulatov S. O'zbekiston san'ati tarixi; Bugungi Andijon; Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash; Ziyoyev H. O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi; Ziyoyev H. O'zbekiston mustamlakachilik va zulm iztiroblarida (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari); Ortikova M. Hunarmandlar shahri; History of Andijan in documents and materials (1876-1917); Mirzoolim Mushrif. Qo'qon xonligi tarixi; Nabiyev A. Tarixiy o'lka tadqiqoti; Prica M. Toshkent ganchkorligi; Rahimov M. "Kushon" turkumidagi chinniylar; Shamsutdinov R. va boshqalar. Ko'hna va navqiron Andijon; Shamsutdinov R., Iskhokov A. Andijon tarixidan lavhalar; Shamsutinov R., Mo'minov X. O'zbekiston tarixi; Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi. 2-kitob; O'zbekistonning Yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida; Khasanov R. Amaliy bezak san'ati metodikasi; Ergashev F. Turkistonda hunarmandchilik va pillachilik; O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi; Nigmonov B.I, Ermatova A.B. Naqqishlar uchun metodik qo'llanma; "Buyuk ipak yo'li va Farg'ona vodiysi" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari; Abdurazakova A.A. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o'zbek xotin-qizlarining chevarchilik kasb-hunari; Uroqov M.B. Kashtado'zlik va to'qimachilik hunarlariga oid atamalar; Mamadiyorova Yu. Shahrisabz iroqi kashtachiligi; Ziyonet.uz; Ziyouz.com.