“Tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash“ fanidan o’quv-uslubiy majmua

Ushbu kitob farmatsevtika sanoatida tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va oʻrash mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda dori vositalari va yordamchi moddalarning o‘zaro mutanosibligi, ularning sifatga ta’sir qiluvchi omillar, dori vositalarini tayyorlash texnologiyalari, qadoqlash, o‘rash hamda ularning turg‘unligini ta’minlash, saqlash muddatini belgilash, farmatsevtik jarayonlarda sifat nazoratini amalga oshirish kabi muhim masalalar atroflicha yoritilgan. Kitobda umumiy va xususiy talablar, nazorat usullari, shuningdek, Jahon standartlari hamda milliy standartlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kitob mazmuni 200 ta sahifadan iborat bo‘lib, unda umumiy 27 ta asosiy mavzu va ularning 24 ta laboratoriya ishi bilan birgalikda ochib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy tushunchalar: Dori vositalarining turlari, umumiy va xususiy talablar, jahon standartlari, farmatsevtik ishlab chiqarishga qo‘yilgan talablar, GMP tizimi, sifat nazorati tamoyillari, o‘rovchi materiallar va ularning tasnifi, asosiy farmatsevtik jarayonlar va ularning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar.
  • Dori vositalarini sifatini baholash: Kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar, draje, surtma, linimentlar, kremlar, pastalar, gellar, shamchalar, aerozollar, injeksion eritmalar, nastoykalar, ekstraktlar, qiyomlar va boshqa dori turlarining sifatini aniqlash usullari, ularga qo‘yilgan talablar va me’yorlar.
  • Dori vositalarini qadoqlash va o‘rash: Dori vositalarining qadoqlash turlari, qadoqlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar, materiallar, ularning sifatini baholash, o‘rash jarayoni va markalashga qo‘yilgan talablar.
  • Dori vositalarining turg‘unligi va saqlash muddatini belgilash: Dori vositalarining turg‘unligiga ta’sir qiluvchi omillar, turg‘unlikni oshirish usullari, saqlash muddatini belgilash va uni ta’sir etuvchi omillar.
  • Biofarmatsiya va biologik samaradorlik: Dori vositalarining biosamaradorligi tushunchasi, uni aniqlash usullari (in vitro va in vivo), farmakokinetik va farmakodinamik usullar, korrelyasion koeffitsientni hisoblash.
  • Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va sifat nazorati: GMP tizimining asosiy prinsiplari, GMP talablari va ularni amalga oshirish, sifat nazorati tamoyillari, laboratoriya va muammolarni tahlil qilish usullari.
  • Validatsiya: Validatsiyaning ma’nosi, turlari, uni o‘tkazish tartibi, xisoblash usullari va vazifalari.
  • Mustaqil ta’lim mavzulari: Fan bo’yicha talabalar tomonidan mavzularni mustaqil o‘zlashtirish, ularni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari.