ПСИХОЛОГИЯ фанидан барча йўналиш 3 –курс талабалари учун ўқув-услубий қўлланма
Ushbu uslubiy qo'llanma Toshkent farmatsevtika instituti bakalavr bosqichida ta‟lim olayotgan 5510500 - Farmatsiya (turlari buyicha) 5111000 – Kasb ta‟limi va boshqa ta‟lim yo„nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Psixologiya” fani bo„yicha amaliy mashg„ulotlarga tayyorgarlik ko„rishda, mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda foydalanadilar. Shuningdek, o„z bilimini tekshirib ko„rishi uchun savollar va testlar kiritilgan bo„lib talabalarga o„z ustida ishlashga ko„mak beradi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Psixologiya fanining predmeti, vazifalari, shakllanish tarixi, psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, tadqiqot metodlari, zamonaviy psixologiya fanining asosiy sohalari, psixikaning rivojlanishi va qonuniyatlari, ong va faoliyat, psixikaning muhitga va jamoa a`zolarining tuzilishiga bog`liqligi, inson psixikasining yosh davrlarida rivojlanish bosqichlari, shaxsning shakllanishi va ijtimoiylashuvi, shaxs faoliyati va ijtimoiy xulq motivlari, shaxsning bilish jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok, tafakkur, xotira, hayol, hissiyot, iroda, tasavvur; shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobilyat.Ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxsning ijtimoiy psixologiyasini shakllantirish, muloqotning psixologik xususiyatlari, muloqot jarayonida shaxslararo ziddiyatlar va nizolar psixologiyasi, nizolarni bartaraf etish usullari va ijtimoiy-psixologik treninglar haqidagi dolzarb mavzular o`rin olgan.
- Psixologiya faniga kirish. Tibbiyotda psixologik bilimlarning o`rni va ahamiyati: Psixologiyaning fan sifatidagi umumiy tasnifi, shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari, psixologik metodlar va fanlar tizimida tutgan o‟rni, zamonaviy psixologiya fanining asosiy sohalari, tibbiyotda psixologik bilimlarning o`rni va ahamiyati.
- Psixologiyada shaxs muommasi. Shaxs va faoliyat: Shaxsning shakllanishi va ijtimoiylashuvi, shaxs faoliyati va ijtimoiy xulq motivlari, shaxsning individual xususiyatlari.
- Shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat: Temperament turlariga psixologik xarakteristika, xarakter xususiyatlari va tipologiyasi, qobiliyatlar va ularning turlari.
- Shaxsning psixik bilish jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok, xotira, hayol, tafakkur: Diqqat turlari va xususiyatlari, sezgi turlari, ularning inson hayotidagi o`rni va o`ziga xos xususiyatlari, idrokning umumiy ta`rifi va uning fiziologik asoslari, xotira turlari va uning qonuniyatlari, tafakkur haqida umumiy tushuncha.
- Shaxsning emotsional-irodaviy holatlari: His-tuygular haqida umumiy tushuncha va ularning ifodalanishi, hissiy holatlar: affect, stress, kayfiyat, depressiya, ehtiros, shaxsning irodaviy sifatlari.
- Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi: Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha, muloqotning psixologik va pedagogik xususiyatlari, muloqot turlari, muloqot va shaxslararo ziddiyatlar. Nizolar psixologiyasi, ijtimoiy psixologik treninglar.