Ўрмон тузиш

Ushbu o'quv qo'llanmasi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5410800 – “O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish” yo'nalishi bo'yicha tahsil oluvchi bakalavrlar uchun tavsiya etilgan. Qo'llanma o'rmon tuzishning tashkiliy va huquqiy asoslari, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni o'rganish, o'rmon fondini inventarizatsiya qilish, o'rmonlarni bo'limlar va kvartallarga ajratish, ularning yoshi, boniteti, to'liqligi, hosildorligi, zahiralarini aniqlash kabi muhim masalalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, o'rmonni qayta tiklash, sanitariya va yong'in muhofazasi tadbirlarini loyihalash, o'rmondan qo'shimcha mahsulotlar olishni rejalashtirish va hisoblash hamda o'rmon tuganli bo'yicha yakuniy taksatsion hisoblash varaqalarini tuzish kabi mavzular ham yoritilgan. Qo'llanmada har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar hamda amaliy mashg'ulotlar uchun ko'rsatmalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • O'rmon tuzishning tashkiliy va huquqiy asoslari, dala va kameral ishlarni o'tkazish: Bu mavzuda o'rmon tuzishning mohiyati, vazifalari, tashkiliy va huquqiy asoslari, dala va kameral ishlarni bosqichma-bosqich o'tkazish tartibi, hamda o'rmonlarni himoya qilish, qo'riqlash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlar tizimi bayon etiladi.
  • O'rmon tuzishda xo'jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini o'rganish va o'rmon fondi inventarizatsiyasi: Bu mavzuda o'rmon tuzish ob'ektining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini o'rganish jarayoni va uslublari, o'rmon fondini inventarizatsiya qilishning maqsadi va mohiyati o'rgatiladi. O'rmon xo'jaligini yuritishni tashkil etishga va o'rmon resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlar sistemasi ishlab chiqiladi.
  • O'rmon xo'jaligini kvartallar, bo'limlar va sektsiyalarga ajratish. Asosiy daraxt turini aniqlash: Ushbu mavzu o'rmon tuzishning asosiy ob'ekti o'rmon xo'jaligining faoliyatiga va ishlab chiqarish yo'nalishiga qarab xo'jalik bo'limlariga ajratish, asosiy daraxt turlarini tanlash va ularni parvarishlash uslublarini o'rgatishga bag'ishlangan.
  • O'rmonning yosh sinfi, bonitet sinfi, o'rtacha to'liqligi, mahsulotdorlik sinfi va zaxirasi: Mazkur mavzu o'rmonning yosh sinfi, bonitet sinfi, o'rtacha to'liqligi va mahsulotdorligi, daraxtzorlarning yog'och zaxirasi bo'yicha jadvallar tuzish hamda o'rmon boniteti va uni aniqlashning asosiy mezonlarini o'rgatishga qaratilgan.
  • O'rmon xo'jaligi bo'limlarida 1 gektar hamda umumiy maydonda yillik o'sish va yog'och zahirasini hajmini aniqlash: Ushbu mavzu talabalarga o'rmon bilan qoplangan maydondagi asosiy o'rmon hosil qiluvchi daraxt turlari egallagan maydoni, umumiy yog'och zahirasi asosida o'rtacha yosh sinfi, boniteti, o'rtacha yillik o'sish va o'rtacha ekspluatatsion zahirani aniqlashni o'rgatishga qaratilgan.
  • O'rmondan asosiy foydalanish miqdorini loyihalash va hisoblash: Talabalarga o'rmonda asosiy foydalanish hajmini aniqlash, yillik kesish uchun loyihalangan o'rmon massivini, texnik etilgan va pishib o'tgan o'rmonni kesish yoshi va hajmini aniqlash o'rgatiladi. O'rmondan foydalanish hajmini aniqlash o'rmon tuzishning eng murakkab masalalaridan biridir.
  • O'rmonni parvarishlash maqsadida daraxt kesish uchun kesish maydonlarini ajratish: Ushbu mavzu talabalarga daraxt kesish uchun maydonlarni ajratish usullari, kesish uchun daraxt tanlash jarayonida rasmiylashtiriladigan hujjatlar va ish mexanizmi bilan tanishtirishga bag'ishlangan.
  • O'rmonda yillik daraxt kesishni rejalashtirish. Daraxt kesish uchun maydon (lesoseka) ajratishni o'rganish: Talabalarga yillik daraxt kesish ishlarini hajmini, asosiy foydalanish hajmini aniqlashni va daraxt kesish maydonini (lesoseka) ajratishni o'rgatish maqsad qilingan. O'rmondan asosiy foydalanish maqsadi uchun har yili ajratilgan o'rmon bo'lagi yillik (lesoseka) deb ataladi.
  • O'rmon xo'jaligida ish jarayonlarini rejalashtirish va hisoblashni o'rganish: Talabalarga o'rmon xo'jaligida kechadigan ishlab chiqarish jarayoni, uning bir-biriga bog'liq ishlab chiqarish tarmoqlarining ish jarayonlarini rejalashtirish va bir-biriga muvofiq ravishda qo'llashni o'rganish.
  • O'rmon xo'jaligining planchetlari va xarita-sxemalarini tayyorlash: Bu mavzu talabalarga o'rmon tuzish materiallari asosida o'rmon xo'jaligining planchetlari va xarita-sxemalarini tayyorlash ish jarayonini o'rgatishga qaratilgan.
  • O'rmon tuzishda o'rmonni qayta tiklash, sanitariya - profilaktik va yong'in muhofazasi tadbirlarini loyihalash: Talabalarga o'rmonni qayta tiklash, uning usullari va prinsiplari, vazifalari, o'rmon sanitariya holati, o'rmon patologik nazoratini o'tkazish, yong'in muhofazasi hamda sanitariya kesish ishlarini loyihalash asoslarini o'rgatish.
  • Taktsion hisoblash varaqalaridagi zahiralar va maydonlarning bog'liqligini o'rganish: Talabalarga taktsion hisoblash varaqalaridagi zahiralarni va maydonlarning bog'liqligini tekshirishni o'rgatish. Taktsion hisoblash varaqalaridagi zahiralar va maydonlar orasidagi bog'liqlikni o'rganish o'rmon fondi holati haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatini yaratadi.
  • O'rmon tuzishda o'rmondan qo'shimcha mahsulotlar olishni rejalashtirish: Talabalarga o'rmon xo'jaligi faoliyatini samaradorligini oshirish, o'rmonning turli-tuman qo'shimcha ne'matlaridan foydalanish, dorivor o'simliklar yig'ish, yong'oq-mevali va mevali rezavor o'simliklar mevalarini terish, qo'ziqorin terish, texnik xom-ashyo, urug' tayyorlash, dehqonchilik, bog'dorchilik, chorvachilik, asalarichilik kabi sohalardan kompleks foydalanishning tashkiliy va iqtisodiy asoslarini o'rgatish.
  • O'rmon tuzishda o'rmonni etilganlik darajasini o'rganish: Talabalarga o'rmonning etilganligi haqida ma'lumot, o'rmonni qayta tiklash, texnik va miqdoriy etilganlik davri hamda ularni aniqlash mezonlari haqida bilimlar berish.
  • O'rmon tuzishda kvartallar bo'yicha yakuniy taksatsion hisoblash varaqalarini tuzish: Talabalarga o'rmon fondining xarakteristikasi, o'rmon tuzish yakunida o'tkaziladigan ob'ektning taksatsion ma'lumotlar asosida hisob-kitoblarini o'tkazish va qaydnomalarni (vedomostlarni) to'ldirishni o'rgatish.