Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo’llab-quvvatlovchi modul yaratish

Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modulining web ko'rinishi ishlab chiqildi. Ushbu tizim Universitet ta'lim tizimi amaliyotida qo`llanilishi uchun mo`ljallangan. Mazkur tizim qulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo`lib, dasturdan foydalanishni ancha yengillashtiradi. Shunday qilib, asosiy maqsad talabalarni berilgan Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan hozir qaysi bosqichda ekanini, rejaga doir nima ishlarni bajarganini, bu ishlarni qay darajada bajarganini va himoyadan qanday o'tganini bilish uchun qo'llaniladi. Ishlab chiqilgan dasturni OTMning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga qo`shish mumkin. Bu esa dasturdan foydalanishda qo`shimcha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur talabalarning Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida qanday ishlashini tahlil qilish, talabaning qanday bilim darajaga ega ekanini bilish, uni baholashni ko'rsatib beradi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. Yaratilgan tizimning modulli ko`rinishda bo`lishi, uni OTM umumiy axborot tizimiga integratsiyalanishiga imkon yaratish bilan birga berilganlar bazasidan birgalikda foydalanish va umumiy himoya tizimi ostida ishlash imkonini yaratadi. Mazkur dastur zamonaviy web-texnologiyalar asosida yaratilgan bo`lib, bir nechta foydalanuvchining bir vaqtda dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yuzaga chiqaradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekistonning rivojlanishi, ta'lim tizimidagi islohotlar va axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida so'z boradi. Zamonaviy bilim va tarbiya sohibi bo'lgan yoshlarning davlat taraqqiyotidagi o'rni ta'kidlanadi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizdagi muhim o'rni, ulardan samarali foydalanish zaruriyati tushuntiriladi.
  • Zamonaviy Web ilovalar yaratish texnologiyalari haqida ma'lumot: HTML, Java script, ASP.NET texnologiyalari hamda veb ilovalar bilan ishlashda SQL tilining o'rni va qo'llanilishi haqida ma'lumot beriladi. Har bir texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlari, qo'llanilishi va imkoniyatlari batafsil yoritiladi. HTML tili, uning asosiy operatorlari va tasnifi, ASP.NET texnologiyasi, fayllarni uzatish usullari, SQL tili va uning turlari, shuningdek ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari batafsil bayon etilgan.
  • Universitet informatsion tizimida Bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish: Ushbu bo'limda Universitet axborot tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoring qilish uchun mo'ljallangan modulning yaratilish bosqichlari, ya'ni ma'lumotlar bazasini loyihalash, ER diagrammalarini tuzish, SQL serverdan foydalanish va tizimning interfeysini yaratish kabi jarayonlar batafsil tushuntiriladi. Modulning har bir sahifasi va funksionalligi misollar bilan ko'rsatilgan.
  • Xotima: Amalga oshirilgan ishlar natijasida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modulning veb ko'rinishi ishlab chiqilgani ta'kidlanadi. Tizimning foydalanishga qulayligi, OTMning umumiy axborot tizimiga integratsiyalashish imkoniyatlari va zamonaviy web-texnologiyalarga asoslanganligi qayd etiladi. Dasturning talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini kuzatish, baholash va boshqarishdagi ahamiyati yoritiladi.