Markaziy Farg’ona tabiat yodgorligi faunasi (tur tarkibi, trofik aloqalari, ho’jalik ahamiyati)

Ushbu dissertatsiya Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi faunasini oʻrganish, uning bioekologiyasini, trofik aloqalarini tahlil qilish, xoʻjalik ahamiyatini yoritib berish hamda muhofaza choralariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalar berishga bag'ishlangan. Tadqiqotda hududning geografik oʻrni, iqlim sharoiti, oʻsimliklar qoplamining faunani shakllanishidagi oʻrni va ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududida tarqalgan umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar asosiy turlarining bioekologiyasi, trofik aloqalari, xoʻjalik ahamiyati oʻrganilgan. "Markaziy Farg'ona ekoturizm majmuasi”ni tashkil etish boʻyicha innovatsion loyiha ishlab chiqilib, uning ilmiy asoslari yoritilgan. Bioxilmaxillikni baholashning ilmiy asoslari va uslublari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 21 aprelda imzolagan “Ekologik va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (PF-5024) Farmonida atrof muhitning qulay ekologik holatini saqlash, tabiiy komplekslarni, alohida ob'ektlarni va bioxilma-xillikni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish kabi ustuvor vazifalar belgilanganligi.
  • I BOB. MARKAZIY FARG'ONA TABIAT YODGORLIGI FAUNASINI OʻRGANISHGA DOIR ADABIYOTLAR SHARHI: Oʻzbekistonning tabiiy boyliklari hayvonot va oʻsimlik dunyosi nihoyatda xilma xildir. Oʻrta Osiyo tabiatini oʻrganishni birinchi boʻlib 1820 yil Everesman boshlab berdi. Farg'ona vodiysining hayvonot olami azaldan tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib kelgan. Bu hududning faunasi toʻgʻrisida, jumladan, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning yangi turlari haqida ilk ma'lumotlar dastlab N.A.Seversov (1873), V.F.Oshanin (1879, 1891), A.P.Fedchenko (1871, 1875) ning ishlarida aks etgan. Farg'ona vodiysi umurtqali hayvonlarini oʻrganishda mashxur rus olimlaridan biri N.A. Seversov oʻzining juda katta xissasini qoʻshdi.
  • II BOB. TADQIQOTNING MATERIALI VA USLUBLARI: Mazkur dissertatsiya ishiga Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududidadan 2016-2018 yillar davomida yigʻilgan materiallar, olib borilgan tadqiqot va kuzatishlar natijalari asos boʻldi. Tadqiqotlarimiz davomida Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududida tarqalgan umurtqali hayvonlarning asosiy turlari tajriba-kuzatuv uslubida oʻrganildi hamda umurtqasiz hayvonlarning turli vakillarining namunalari olindi. Hayvonlarning mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi va ekologiyasini oʻrganishga oid kuzatish va ayrim umurtqasizlarni oʻrganishga doir amaliy tajribalar oʻtkazildi.
  • III BOB. MARKAZIY FARG'ONA TABIAT YODGORLIGI HUDUDINING GEOGRAFIK OʻRNI, IQLIM SHAROITI VA O'SIMLIKLAR QOPLAMI: Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi 1994 yilda 1820,4 gektar qumli landshaftlar maydonida barpo etilgan. U bo'lajak qoʻriqxona sifatida qattiq rejimda qo'riqlanadigan qumli cho'llarni tabiiy etaloni boʻlib xizmat qilishi mumkin. Ushbu bobda tabiat yodgorligi hududining geografik o'rni, iqlim sharoiti va o'simliklar qoplami xaqida tahliliy ma'lumotlar keltirilgan. Tabiat yodgorligi tashkil etilgandan buyon qumli cho'l landshaftlari qoʻriqxona rejimida muhofaza qilinmoqda.
  • IV BOB. MARKAZIY FARG'ONA TABIAT YODGORLIGI HAYVONOT DUNYOSINING TUR TARKIBI, BIOEKOLOGIYASI VA TROFIK ALOQALARI: Markaziy Fargʻona tabiat yodgorligi faunasi juda qadimiy boʻlib, turlarga boy hududlardan biri sanaladi. Bu yerda keng tarqalgan, kelib-ketuvchi, kamayib borayotgan va noyob turlar farqlanadi. Shuningdek, endemik va avtoxton turlar oʻziga xos ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tarixiy o'tmishda bu yerga boshqa oʻlkalardan, ya'ni Markaziy Osiyoning boshqa hududlari, Hindi-Xitoy, Oʻrta Yer dengizi atroflari va Yevrosiyo cho'llaridan kirib kelgan hayvonlarning ham muayyan oʻrni mavjud. Ushbu bobda Markaziy Fargʻona tabiat yodgorligida uchrovchi umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlarni o'rganishga oid tadqiqotlar natijalari yoritib berilgan.
  • V BOB. MARKAZIY FARG'ONA TABIAT YODGORLIGI FAUNASINING HO'JALIK AHAMIYATI VA MUHOFAZA CHORA-TADBIRLARI: Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi faunasining koʻplab vakillari mazkur xudud biotsenozining ajralmas qismi sifatida ozuqa zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta'kidlash lozimki, tabiat yodgorligida uchraydigan turlarning koʻpchiligi ov ahamiyatiga ega, estetik zavq beruvchi, sanitar yoki boshqa xo'jalik ahamiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ular hozirgi kunda kamayib borayotgan yoki yoʻqolish xavfidagi turlardan sanaladi. Ularni mukammal oʻrganish, himoya qilish va koʻpaytirish orqali saqlab qolish bu borada zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlarni taqozo etadi. Mazkur bobda Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi faunasining ho'jalik ahamiyati va muhofaza chora-tadbirlariga doir ilmiy tadqiqotlarimiz natijalari bayon etilgan.
  • 5.2. "Markaziy Farg'ona ekoturizm majmuasi”ni tashkil etish boʻyicha innovatsion loyiha: Markaziy Fargʻona faunasi juda qadimiy boʻlib, turlarga boy hududlardan biri sanaladi. Bu erda keng tarqalgan, kelib-ketuvchi, kamayib borayotgan va noyob turlar farqlanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, Markaziy Farg'onada uchraydigan turlarning koʻpchiligi ov ahamiyatiga ega, estetik zavq beruvchi, sanitar yoki boshqa foydali tomoni bilan ajralib turadi. Shuning uchun ular hozirgi kunda kamayib borayotgan yoki yoʻqolish xavfidagi turlardan sanaladi. Ularni mukammal oʻrganish, himoya qilish va koʻpaytirish orqali saqlab qolish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
  • 5.3. Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi bioxilmaxilligini baholashning ilmiy asoslari: Biologik xilmaxillikni baholash tur-populyatsiya darajasida hamda ekotizim darajasida amalga oshirilishi mumkin (T.V.Yashina, 2011). Xalqaro tajribalarda ham ushbu yo'nalishdagi faoliyatlar quyidagi konseptual model asosida amalga oshiriladi (12-rasm). Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududi bioxilmaxilligini baholashning xalqaro tajribalarga asoslangan konseptual modeli yaratildi. Bilogik xilmaxillikni baholashni tur-populyatsiya darajasida hamda ekotizim darajasida amalga oshirish uslublari keltirildi. Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududi bioxilmaxilligini baholash indikatorlari ko'rsatib berildi.
  • 5.4. Bob boʻyicha xulosalar: Markaziy Farg'ona tabiat yodgorligi hududida yashaydigan hayvonlar egzotik ahamiyati va spot ovi zavqini berish bilan bir vaqtda, aksariyati oziq-ovqat, mo'yna, par, sifatli teri va boshqa jixatlari bilan ham muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Hozirgi kunda Farg'ona viloyatida tashkil etilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mavjud tizimi Oʻzbekistonda jumladan, Farg'ona viloyatidagi Qizil kitobga kiritilgan noyob va ov ahamiyatiga ega boʻlgan turlarini muhofazasini toʻliq qamrab olmagan boʻlib, ulardan oqilona foydalanish uchun imkoniyat mavjud emas. Shuning uchun, Markaziy Farg'onada sport ovi va baliqchiligini rivojlantirish, ekoturizimni tashkil etish va targ'ibot qilish, birlashma a'zolariga ov va baliq ovi sportining qoida va malakalarini o'rgatish boʻyicha markaz tashkil etishga ehtiyoj sezilmoqda.