Umumta’lim maktablarida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini o‘qitish usullari
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta'lim Vazirligi, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti, Filologiya Fakulteti, Oʻzbek Adabiyoti Kafedrasi tomonidan tayyorlangan «UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA ABDULLA QODIRIY HAYOTI VA IJODINI OʻQITISH USULLARI» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi keltirilgan. Kitobda Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodi va uning umumta'lim maktablarida oʻqitish usullarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻrgatish yoritilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi. Abdulla Qodiriyning oʻzbek adabiyotidagi oʻrni va uning umumta'lim maktablarida oʻqitish usullarini zamonaviy ilgʻor pedagogik texnologiyalar hamda oʻqitishning yangi usullari haqida ilmiy izlanishlarda erishilgan xulosalarga asoslanganligi, ishning maqsadi va vazifalari, tadqiqot metodlari va ilmiy yangiligi haqida ma'lumot berilgan.
- I BOB. ABDULLA QODIRIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA: Umumta'lim maktablarida Abdulla Qodiriy tarjimai holining oʻrganilishi, uning 5-sinfda “Uloqda” hikoyasini oʻrgatish usullari.
- II BOB. ABDULLA QODIRIY HAYOTI VA IJODI”NI OʻQITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: 7-sinfda "Mehrobdan chayon" romanidan keltirilgan parchani oʻrganish hamda 7-sinfda "Mehrobdan chayon" romanini mustaqil oʻrganish usullari.
- III BOB. TA'LIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING BERILISHI: Abdulla Qodiriyning tarjimai holini oʻqitish bo'yicha dars ishlanmasi hamda 9-sinfda Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar" romanini oʻrganishga doir tavsiyalar.