O‘zbek publitsistikasida qoraqalpoq koloritini yaratish tajribasidan
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi Oʻzbek publitsistikasi janrining rivojlanishidagi oʻziga xoslikni koʻrsatish, qolaversa oʻzbek tilli ijodkorlar, jumladan, G. Matyoqubovaning turkum publitsistik maqolalari misolida bu janrning istiqboli va publitsistikada milliy koloritni berish masalalarini koʻrsatib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari esa Qoraqalpogʻistonda yashab oʻzbek tilida ijod qilib kelayotgan soʻz ustalarining qoraqalpoq publitsistikasi taraqqiyotiga qoʻshgan xissasini aniqlash, bu yoʻnalishda ular qoraqalpoq hayotini, koloritini berishdagi mahoratini ochib berishdan iborat. Shu bilan birga G. Matyoqubova publitsistikasi misolida oʻzbek publitsistikasiga bu adibning qo'shib kelayotgan xissasini izohlashdan iborat deb o'ylaymiz.
Asosiy mavzular
- PUBLITSISTIKADA MILLIY KOLORITNI YARATISH TAJRIBASIDAN: Bu bobda Guliston Matyoqubovaning publitsistik asarlari tahlil qilinadi. Uning hikoya va qissadan oldin publitsistik maqolalar, ocherklar yozib tajriba toʻplagani, publitsistikasining rang-barang mavzulari va talqin yoʻnalishi xilma-xilligi, asarlarining koʻpchilik qismi oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida e'lon qilingani, kitoblarining adabiy-badiiy maqolalar, ocherk va hikoyalar, qissa va hikoya janrlarida ham erkin yozishga qodir ijodkorligini koʻrsatishi ta'kidlanadi.
- GULISTON MATYOQUBOVA PUBLITSISTIKASIDA VATAN VA QORAQALPOQ QADRIYATI TALQINIDA: Bu bobda Guliston Matyoqubovaning vatan va qoraqalpoq mavzusi publitsistik talqini tahlil qilinadi. Shoiraning lirikasidan o'rin olgan vatan, ya'ni kindik qonimiz to'kilgan ona-zamin serquyosh O'zbekistonimiz, qadimiy shahar To'rtko'l, har bir millatning qoʻsh qanotidan biri boʻlmish ona tabiat, uning go'zalliklari haqidagi fikrlar aks etgani, «Vatan» soʻzi ulug' soʻzdir, Vatan haqida har kim har xil fikrlasada, lekin barcha mulohazalar mohiyatida muhabbat yotadi. Haqiqiy iste'dodlar xech qachon biri boshqasini takrorlamaydi.Guliston Matyoqubova ham mavzu talqinida original yo'l tanlaydi, xech kimga oʻxshamaydigan poetik usulda yozadi. Vatanga sadoqat, u bilan hamnafas yashash, taqdirini Vatan taqdirigabog'lash va shu orqali baxtga erishish g'oyalari she'rlarining yetakchi pafosi.
- TA'LIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING BERILISHI: Uchinchi bobda ta'lim jarayonida mavzuni tatbiq etish boʻyicha metodik tavsiyalar beriladi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi nafaqat Qoraqalpogʻistonda balkim Oʻzbekistonning barcha maktablarida o'rganiladigan holati, 6-sinf darsligida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot va she'ri keltirilganligi, shoirning hozirgi qoraqalpoq she'riyatida tutgan oʻrni haqida ma'lumotlar berilgani, uning “Qadrdon soʻqmoqlar” she'ri darslikdan joy olgan boʻlib unda kindik qoni to'kilgan qishloqqa boʻlgan mehr-muhabbatining ifodalanishini yaqqol aks ettirgani, darslikda adib uchun jami 3 soat ajratilgani va oʻquvchilar yozuvchi haqida qisman ma'lumotga ega boʻlishlari haqida ma'lumot beriladi.