Yapon va o‘zbek tillarida gul va u bilan bog’liq ramzlar

Ushbu bitiruv malakaviy ishi yapon va o'zbek tillarida

Asosiy mavzular

  • Yapon va o'zbek tillarida “gul” tushunchasining ma'noviy kengayishi va qiyosiy tahlili: Ushbu bobda yapon va o'zbek tillaridagi “gul” tushunchasining ma'noviy kengayishi va ular orasidagi o'xshash va farqni tahlil qilinadi. Yapon tilida “gul” metaforasi "ayol", "bahor elchisi", "qor", "insonning o'zgaruvchan qalbi", "o'tkinchilik", "sovuqlik", "go'zallik" ma'nolarida keladi. O'zbek tilida esa, “gul” “ma'shuqa”, “go'zallik” va “bahor” ma'nolariga ko'chganligi kuzatildi. Yapon tilida "ayol” ma'nosidagi “gul” “ma'shuqa”, “qizi”, “yosh qiz” ma'nolarida kelgan. Ammo, o'zbek tilida “gul” faqat “ma'shuqa'ni bildiradi. Bu yerda yapon va o'zbek tilidagi o'xshashlik bilan birga farq ham ko'zga tashlanadi. Bunga sabab sifatida o'zbek tilida “gul” tushunchasi asosan muhabbat mavzusidagina ma'no ko'chishini keltirish mumkin. Yapon va o'zbek tillarida “gul”ning “bahor” tushunchasini anglatib kelishi, ikki davlatda ham 4 faslning mavjudligi va tabiiy iqlim jihatidan bir-biriga yaqinligini sabab qilib olish mumkin. Chunki atrof-muhit, tabiat tildagi so'zlarning qo'llanilishi, ma'no ko'chirishda o'z ta'sirini ko'rsatadi.
  • O'zbek tilida "gul" metaforasi: Ushbu bobda o'zbek mumtoz adabiyoti namunalarida
  • Yapon va o'zbek tilidagi "gul"ning qiyosiy tahlili: Ushbu bobda o'zbek mumtoz adabiyoti namunalari orqali "gul" so'zining metafora sifatida qanday ma'nolarda ishlatilganini ko'rib chiqamiz. Masalan, Navoiyning quyidagi ruboyiysi: 1. Dedim:"Zaqoning tutub saqoq'ingni o'pay, Ko'z-qoshhingga sirtubon qabog'ingni o'pay, Guldek yuzing islabon dudog'ingni o'pay, Yo'q,yo'q,yo'q, agar desang,ayog'ingni o'pay. Navoiy Bu "gul" so'zi "yuz" bilan birga kelib, "guldek yuzing" ya'ni, "gulga o'xshagan go'zal" → "go'zal yuz" ma'nosida foydalanilganini ko'ramiz. Bunda "go'zallik" ga ma'no kengayadi. Mashrab g'azallari misolida: 2. Yuzung misli qizil guldur, ko'ngul shun bulbuli shaydo, Bu gulning ishqidin bulbuli chamandin ayrilib bo'lmas. Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo'libsan, bo'lmag'il g'ofil, Bu g'aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg'onib bo'lmas. Ushbu g'azalda "gul" ikki o'rinda, "yuzing misli qizil gul" va "bu gulning ishqidin" jurnalarida ikki xil ma'nodagi "gul" kelganligini aytish mumkin. "Yuzing misli qizil gul" misrasida yorning yuzini gulga o'xshatayotgani, ya'ni "go'zalligini" ta'kidlayotgan bo'lsa, "bu gulning ishqidin" misrasida "ma'shuqa"si ishqida yonayotganini tushunamiz. Ya'ni, ushbu g'azalda “gul” so'zi “go'zallik” va “ma'shuqa” mohiyatiga ko'chirilgan. 3. Zebo sanamim gul yuzidin parda ko'tardi, Olam hama ko'z bo'ldi tamosho qilayin deb. Zulfini tarab, qosh uchunub jilvalar etti, O'shubi balo, fitnani barpo qilayin deb. Ushbu g'azaldan parchada ham "gul"ning "yuz" bilan kelganini ko'ramiz. "Sanamim" so'zining kelishi ma'shuqasining go'zalligini madh etayotganini ko'rsatadi. Natijada "gul" ma'nosini ifodalashga ma'no ko'chirish hodisasi asoslangan o'xshatishdir. Metaforaning ushbu hodisasi umumiy likka asoslangan o'xshashlikdir. Ogahiyg'azali misolida: 4. Man xastag'an asramoq emdi erur dushvorkim, Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shomu sahar, Bulb uldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina. Ushbu g'azal parchasida "Ul gul yuzi shavqi" jumlasida "yor yuzining go'zalligidan hayratlanish" degan taassurot paydo bo'lib, "guldek yuzi" ya'ni "o'ta go'zal" degan taassurot qoldiradi. 5.Ul yuzi gul nigorning mehri jamolini ko'ring, Ikki jamoli ustida ikki hilolini ko'ring. Ikki hilolini ko'rub qonmasa mehringiz agar, Safhayı orazi uza nuqtayi xolini ko'ring. Ushbu g'azalda "gul" so'zi "yuz"ni tasvirlab kelganiga guvoh bo'lamiz. Yuqorida ko'rganimizdek, bu yerda ham "gul" so'zi "go'zallik" ma'nosida metafora bo'lib kelgan. Nodira g'azali misolida: 6.Gulu lola mavsumida qani yori dilnavozim, Nazarimdin o'ldi g'oyib sanami suxanim turozim. Netayin qo'limdin uchti bu mahalda shohbozim. "Gulu lola mavsumi" jumlasi orqali ushbu g'azalda “bahor” ma'nosini ifodalab kelganini tushunish mumkin. Bu g'azalda o'xshashlik emas, balki insonlarning hayotiy tajribasiga asoslangan ma'no ko'chishni ko'ramiz. Ya'ni, shunchaki “bahor” deb aytmasdan “gulu lola mavsumi" degani o'quvchi uchun ya'nada ta'sirli va nutqni, matnni tasavvurga boy, chiroyli chiqishiga yordam beradi. Sayfi Saroyi g'azali misolida: 7.Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bo'yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur. Og'zi fastuq, ko'rki tangsuq, o'zi mushfiq yor erur, Husning chovi Xitou Chin ichinda bor erur. Ushbu g'azalda ham “yuz” va “gul” so'zlarini birga ko'ramiz. Lekin boshqalaridan biroz farqli ravishda “gul”ning “yori yuziga zorligi” keltiriladi, ya'ni “gul” chiroyli bo'lsada, yorining “yuzi” undanda go'zal. Ubaydiy g'azali misolida: 8.Bo'ston aro ochilmag'usi g'unchadin ko'ngul, Gul mavsumida bodayu paymona bo'lmasa. G'am kulbasida naylag'ay erding, Ubaydiy, Soqiyu jomu mutribu paymona bo'lmasa. Ushbu g'azalda "gul mavsumida" dega jumla inson ongida "bahor” degan tushuncha shakllanishiga olib keladi. Hayotiy tajriba, fasllar almashinishi va u bilan bog'liq o'zgarishlarning inson tasavvurida shakllanib borishi natijasida <bahor>→ <gul fasli> shaklida taassurot qoladi. Xuddi shunday "gul mavsumi" deyilganda "bahor" nazarda tutilayotgani anglash qiyin emas. Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilib aytganda, o'zbek tilida "gul” so'zi o'z lug'aviy ma'nosidan kengaygan holda "ma'shuqa yoki yor”, “go'zalik" va "bahor” ma'nolarida kelgani aniqlandi. “Go'zallik" ma'nosini ifodalashda gulning xususiyati, “ma'shuqa yoki yor” ma'nosida “gulning” noziklik va chiroylilik xususiyati, “bahor” ma'nosida esa “gul
  • Zamonaviy haikularda "gul"ning tahlili: Ushbu qismda zamonaviy haikularda "Gul" so'zi qanday ma'noda ishlatilib, qay tarzda ma'no kengayishi yuz berganini 1 bobda berilgan metafora va konseptual metafora nazariyalariga asoslanib tahlil qilinadi. BIMda 2006-yildan 2014-yil oralig'ida 「花のまわりみち」ga tanlab olingan haikular va Matsuo Bashoning 「奥の細道」asaridagi haikulardan foydalaniladi. ● 1.散る花の命も見せるまわりみち (吉川美佐子) Ushbu haikuda 「散る花の命」ya'ni “to'kilayotgan gul umri” so'z birikmasidan 15いろは歌 www.buddhism.ne.jp 26