Umumiy kimyo fanidan ''Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari'' mavzusini o'qitishda -LMS-MOODLE tizimidan foydalanish (Akademik litseylar misolida)

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Magistratura bo'limida Ochilova Mahbuba Kamol qizining umumiy kimyo fanidan "Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari" mavzusini o'qitishda -LMS- Moodle tizimidan foydalanish (Akademik litseylar misolida) mavzusidagi dissertatsiyasining tahlili.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Respublikamizda ilmli yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirish o’quv muassasalarining bosh vazifalaridan hisoblanadi. "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dastur” da o‘quv yurtlari oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan. Mamlakatimizda mustaqillik yillarda amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq tartibotni davlatimiz chegaralarini dahlsizligini, jamiyatda qonun ustivorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart – sharoit yaratadi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart – sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilmoqda[1]. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yo`nalishlarining to`rtinchi bo`limida ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid vazifalar belgilab olingan.
  • Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning maqsadi yuqori malakali raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil amaliy faoliyat olib borishga o’rgatishdan iborat. O’quv-tarbiya jarayonida ta’lim texnologiyalaridan uslubiy jihatdan to’g’ri foydalanish belgilangan maqsadga erishish samaradorligini oshiradi. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosiy belgisi va afzalligi shundaki, o’quv jarayoniga tizimli yondashuvni qo’llanishi, barcha o’quv holatlarini loyihalashtirish asosida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini dasturlashtirish, qo’yilgan maqsadga erishuvini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayonini ixchamlashtirishdan iboratdir. Ishda Umumiy kimyo fanidan “Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari” mavzusini o’qitishda –LMS- moodle tizimidan foydalanish (akademik litseylar misolida) bo’yicha darslarni tashkil etish usullari bayon etilgan. Hozirgi zamon o’qitish uslubiyoti zamonaviy pedogogik texnologiyalarni yaratish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ekanligini inobatga olib, masalaga yondoshsak, ushbu mavzuning nechog’lik dolzarb va muhim ekanligi ravshanlashadi. Bu esa tadqiqotning eng muhim ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyatini belgilaydi.
  • Ishning maqsadi: Akademik litseylarda umumiy kimyo fanidan Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari mavzusini o’qitishda -LMS- moodle tizimidan foydalanib elektron o’quv moduli yaratish va uni dars jarayonida qo’llab samaradorligini o’rganish.
  • Tadqiqot obyekti: Akademik litsey o‘quvchilariga umumiy kimyo fanidan “Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari” mavzusini o’qitishda -LMS- moodle tizimidan foydalanishning mazmuni va mohiyatini yoritish jarayoni olindi.
  • Tadqiqot predmeti: Akademik litsey o‘quvchilariga umumiy kimyo fanidan Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari mavzusini o’qitishda -LMS- moodle tizimidan foydalanishning mazmuni va mohiyati tamoyillari va o‘ziga xosliklari.
  • Tadqiqot metodlari: 1. Anketa, savol, javob, suhbat. 2. Qiyosiy tahlil. 3. Pedagogik tajriba.4. Matematik statistika.
  • Tadqiqotning vazifalari: 1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni o‘rganish asosida modulli o‘qitish tushunchasining mohiyatini asoslash. 2. Modulli ta’limni tashkil etish tamoyillarini aniqlashtirish. 3. Umumiy kimyo fanidan “Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari” mavzusini o’qitishda -LMS- moodle tizimidan foydalanishning o’quv modulini yaratish 4. Akademik litsey o‘quvchilariga umumiy kimyo faninidan modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishining o‘ziga xosliklarini ochib berish. 5. Akademik litsey o‘quvchilariga umumiy kimyo fanini o’qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanganda o’quvchilar o’zlashtirish darajalarini aniqlash.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ta’lim texnologiyasining elementi hisoblangan modulli texnologiya tamoyillariga asoslanib, umumiy kimyo fanidan Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari mavzusini o’qitishda -LMS- moodle tizimidan foydalanish mavzusi mashg’ulotlar jarayoni va ta’lim-tarbiya maqsadlarining loyihasi shakllantirildi, o’quv, sinov-nazorat va taqdimot materiallari bilan to’ldirildi, mustaqil ta’limning tashkiliy uslubiy jihatlari yoritildi
  • Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: •mavjud axborot texnologiyalari bazasida akademik litsey o’quvchilariga ta’lim jarayonida beriladigan umumiy kimyo fanidan bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish; •ta’lim jarayoniga innovatsion va axborot ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishning zarurligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
  • Tadqiqot ishining tuzilishi: Dissertatsiya uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, 100 betlik hajmdan iborat. Uning tuzulishi: kirish; 1-bob. Ilmiy adabiyotlar tahlili va modulli ta’limning hozirgi holati; 2-bob.Akademik litseyda umumiy kimyo fanida modulli ta’lim texnologiyasining o’rni va modul tayyorlash bosqichlari. 3-bob. Yaratilgan modul asosida darslar o’tilishi va ularning tahlil natijalari, tadqiqotning asosiy natijalarini tajriba – sinovdan o’tkazilishi va yakuniy tajriba - sinov ishlari va ularning natijalari tahlil qilishi.
  • Moodle - ta'lim mazmunining shunday bir yaxlit bo'lagiki, u ta'lim mazmuni va uning texnologiyasi birlashtirilgan yuqori darajadagi yaxlit tizimidir.: Moodle - ta'lim mazmunining shunday bir yaxlit bo'lagiki, u ta'lim mazmuni va uning texnologiyasi birlashtirilgan yuqori darajadagi yaxlit tizimidir.
  • Moodle tarkibi: - ta’sirlarning maqsadli rejasi, - axborot banki, - didaktik maqsadga erishishga metodik rahbarlik.
  • Modulli o'qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.: Modulning bitta ma'nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
  • Modulli o'qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: Modulli o‘qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi.
  • Modulli ta'lim texnologiyasining ustunliklari: O’quvchining faoliyati belgilangan modullar asosida boshqariladi. O’quvchi belgilangan vaqtdan unumli foydalanadi. O’quvchining o’qishga qiziqishi ortadi, mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash ko’nikmalari rivojlanadi. O’quvchilarning axborot to’plashi, ulardan foydalanish malakalari oshadi. O’qituvchi rahbarligida o’quvchilar o’rtasida o’zaro muloqot, hamkorlik vujudga keladi.Baholash kompyuter orqali amalga oshiriladi.