Иқтисодиёт назарияси

Ushbu kitob iqtisodiy nazariyasi fanining predmeti va o'rganish metodlari, bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari, bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning O'zbekistondagi xususiyatlari, talab va taklif, bozor muvozanati, tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes tushunchasi, pul muomalasi, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari, investitsiyalar, ishchi kuchi, ishsizlik, hamda moliya tizimi, bank tizimi, xalqaro savdo va iqtisodiy integratsiya kabi muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, tushunchalar, ularning turlari, vazifalari, omillari hamda ularning o'zaro bog'liqligi atroflicha yoritilgan. Mavzular oxirida takrorlash uchun savollar va test topshiriqlari berilgan.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiyot nazariyasining predmeti va o'rganish metodlari: Mavzu iqtisodiyot tushunchasi, uning kelib chiqishi, muammosi, nazariyaning fan sifatida shakllanishi, predmeti va o'rganish metodlarini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy jarayonlar, ehtiyojlar, resurslar, talab va taklifning mohiyati, nazariyaning asosiy oqimlari hamda tadbirkorlik tushunchasi keng yoritilgan.
  • Bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari: Mavzu bozor tushunchasi, uning paydo bo'lishi, turlari, vazifalari va iqtisodiy ahamiyati hamda bozor infratuzilmasi va uning unsurlarini qamrab oladi. Bozorning iqtisodiyoti va savdo-sotiq jarayonlaridagi roli, turlari, xususiyatlari, shakllanishi va rivojlanishi atroflicha tahlil qilingan.
  • Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning O'zbekistondagi xususiyatlari: Mavzu bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazmuni, mohiyati, asosiy belgilari, bozor islohotlari, O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish modeli, afzalliklari va kamchiliklarini o'z ichiga oladi. Davlatning bozor iqtisodiyoti shakllanishidagi o'rni va vazifalari ham yoritilgan.
  • Talab va taklif. Bozor muvozanati: Mavzu talab va taklif tushunchalari, ularning mohiyati, vazifalari, narxga ta'sir etuvchi omillar, talab va taklif qonunlari, hamda bozor muvozanati tushunchalarini qamrab oladi. Narxning shakllanishi va uning turlari, O'zbekistonda narx tizimi va uning vazifalari ham atroflicha yoritilgan.
  • Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes tushunchasi va ularning mohiyati: Mavzu tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifasi va rivojlanish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyati shakllari va turlari, menejment va marketingning tadbirkorlik faoliyatida tutgan o'rni, tadbirkorlik kapitali va uning harakati hamda O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
  • Iqtisodiy faoliyat va uning samaradorligi. Sarf – xarajatlar va foyda: Mavzu iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari, ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish omillari, mehnat unumdorligi va unga ta'sir etuvchi omillar, iqtisodiy xarajatlar, doimiy, o'zgaruvchan va umumiy xarajatlar, hamda foyda mazmuni va me'yorini o'z ichiga oladi.
  • Ish haqi. Aholi daromadlari va turmush darajasi: Mavzu ish haqining shakllari, tizimi, nominal va real ish haqi, ish haqining tabaqalashuvi, mehnat tushunchasi va munosabatlari, aholi daromadlari va turmush darajasi, kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan o'zaro aloqasini qamrab oladi.
  • Raqobat nazariyasi: Mavzu raqobat tushunchasi, uning mohiyati, monopoliya turlari, antimono­pol qonunchilik va raqobat uchun shart-sharoitlarni yaratishni o'z ichiga oladi. Raqobatning turlari, shakllari va usullari ham yoritilgan.
  • Narxning mohiyati va shakllanish mexanizmi: Mavzu narx tushunchasi va vazifalari, narxning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, O'zbekistonda amaldagi narx tizimi va turlari, hamda raqobat turlari sharoitida narxning shakllanishini o'z ichiga oladi.
  • Bozor iqtisodiyotining tartiblanishi: Mavzu iqtisodiyotni tartiblash va uning zarurligi, bozor mexanizmi, davlatning roli va vazifalari, hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning monetar va yangi klassik modellari bilan tanishtiradi.
  • Aграр муносабатлар: Mavzu agrar munosabatlar va jamiyatning agrar sektorlari, yer mulk hamda xo'jalik yuritish ob'ekti sifatida ijara munosabatlari, renta va uning miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat kompleksi hamda uning tarkibini qamrab oladi.
  • Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot: Mavzu takror ishlab chiqarish mohiyati va maqsadlari, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning roli, milliy iqtisodiyot va uning ko'rsatkichlari, YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari hamda YaMMni hisoblash usullarini o'z ichiga oladi.
  • Iste'mol, jamg'arish va investitsiyalar: Mavzu iste'mol va jamg'armaning iqtisodiy mazmuni, iste'mol va jamg'arma o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va ularni belgilovchi omillar, investitsiyaning iqtisodiy mazmuni hamda O'zbekistonda investitsiya faolligini ta'minlashni qamrab oladi.
  • Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik: Mavzu ishchi kuchi va uni takror hosil qilish xususiyatlari, ishchi kuchiga talab va taklif, ishsizlikni mazmuni, kelib chiqish sabablari, ishsizlik turlari va ularni farqlari, Oukеn qonuni va Fillips egri chizig'i hamda O'zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy himoyalashni o'z ichiga oladi.
  • Moliya tizimi: Mavzu moliya tushunchasi va moliya munosabatlari, moliyaviy resurslar va moliyaviy vazifalar, O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitidagi moliyaviy siyosatining asosiy yo'nalishlari, davlat budjeti va uning shakllanishi, budjet taqchilligi va O'zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish, davlatning soliq tizimi va uning vazifalarini qamrab oladi.
  • Kredit va bank tizimi. Pul muomalasi: Mavzu kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari, kreditning turlari va tamoyillari, bank tizimi, markaziy va tijorat banklari hamda ularning vazifalari, pul muomalasi tizimi, pul muomalasi qonuni va pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, inflyatsiya, uning sabablari, oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlar, hamda O'zbekistonda milliy valyutani joriy qilinishini o'z ichiga oladi.
  • Jahon bozori va xalqaro savdo. Xalqaro iqtisodiy integratsiya: Mavzu jahon bozori va xalqaro savdo-sotiq, mamlakat to'lov va savdo balansining asosiy mazmuni, xalqaro valyuta tizimi va valyuta munosabatlari, hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyani qamrab oladi.