Giyohvand moddalar tahlili

Ushbu kitob "Giyohvand moddalar tahlili" fanining asosiy vazifalari va fanda oʻrganiladigan umumiy masalalar hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ularni BMT konvensiyasi va OʻzR nazoratga olish toʻgʻrisidagi qonuni boʻyicha maʼlumot beradi. Kitobda tabiiy va sintetik narkotik analgetiklar, ularni ajratib olish va tahlil usullari, kannabinoidlar, efedrin, meskolin, katin, ketamin, fentanil va boshqa giyohvand moddalar hamda ularning kimyoviy-toksikologik xususiyatlari, aniqlash usullari, organizmdagi ta'siri va metabolizmi hamda prekursorlar hamda ularning tahlili batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy tushunchalar: Giyohvand moddalar tahlili fanining maqsadi, vazifalari, obyekti, oʻrganiladigan masalalari, boshqa fanlar bilan bogʻliqligi, terminologiyasi, giyohvand moddalar toʻgʻrisidagi xalqaro va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.
  • Tabiiy narkotik analgetiklar: Opiy, omnapon, morfin, kodein, narkotin, mekon kislotasi, mekonin. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Sintetik narkotik analgetiklar: Geroin, dionin, apomorfin. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Opioid narkotik analgetiklar: Promedol, metadon, siklodol, petidin. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Sintetik fenilalkilaminlar: Amfetamin, metamfetamin, metoksi va metilendioksi hosilalari. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Kannabinoidlar: Nasha, marixuana, gashish. Ularning narkologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Tabiiy fenilalkilaminlar: Efedrin, meskolin, katin va katinon. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Psixotrop moddalar: Barbitur kislota hosilalari. Ularning fizik-kimyoviy xossalari, narkologik ahamiyati, rangli va mikrokristalloskopik reaksiyalar.
  • 1,4-Benzodiazepin hosilalari: Xlordiazepoksid, diazepam, nitrazepam, oksazepam, fenazepam. Ularning xossalari, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Prekursorlar: Toluol, atseton, sirka angidridi, kaliy permanganat, sulfat va xlorid kislotasi. Ularning tahlili.
  • Prekursorlar (davom): Ergotamin, ergometrin, lizergin kislotasi, antranil kislota. Ularning tahlili.
  • Gallyusinogenlar: LSD, psilotsin, psilotsibin, fensiklidin, ketamin, fentanil. Ularning toksikologik, narkologik ahamiyati, sifat va miqdoriy tahlil usullari.