Oskar Uaydning “Dorian Greyning portreti” va Omon Muxtorning “Ko`zgu oldidagi odam” asarlarida oyna va surat motivlari
Ushbu tadqiqot Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” va Omon Muxtorning “Koʻzgu oldidagi odam” asarlarida surat va koʻzgu timsollarining badiiy-estetik funksiyalarini, ularning oʻzbek folkloridagi va mumtoz hamda XX asr oʻzbek adabiyotidagi oʻrnini ochib berishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ushbu ramzlarning insonning ichki dunyosini, ruhiyatini, qalbini ochib berishdagi ahamiyati, shuningdek, ularning g'oyaviy-estetik vazifalari batafsil tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Surat va koʻzgu timsollari genezisi: Bu bobda xalq ogʻzaki ijodida, jumladan ertaklarda koʻzgu va oyna timsolining oʻrni, ularning ramziy maʼnolari, shuningdek, badiiy adabiyotda surat va koʻzgu ramzlarining badiiy-estetik funksiyalari, jumladan, Alisher Navoiy asarlarida koʻzgu detali, Mirtemirning “Surat” asari, Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hamda Omon Jolqunboyevning “Portret” asarlarida surat va koʻzgu detallarining badiiy-estetik vazifalari tahlil qilingan.
- Oskar Uayld va Omon Muxtor asarlarida koʻzgu va surat ramzining badiiy va g'oyaviy ahamiyati: Ikkinchi bobda Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” romanida portret motivi va uning Dorian Grey shaxsini ochib berishdagi oʻrni, shuningdek, Omon Muxtorning “Koʻzgu oldidagi odam” asarida koʻzgu detali va uning qahramonlar qalbini ochib berishdagi ahamiyati, shuningdek, bu ikki asarning g'oyaviy-estetik umumiy jihatlari va farqlari tahlil qilingan.