Табиий ипак толаси чиқиндисидан “металл-полимер комплекс” хосил қилиш ва улар асосида нанометаллар олиш
Ushbu kitobda ipak chiqindi tolasidan olingan fibroin tolasi va GF ning metall ionlarini sorbsiyalash xossasi kam o‘rganilganiligi aniqlandi. Adabiyotlarda fibroin asosida nanozarralarni olish kam o‘rganilganligi aniqlandi. Ipak chiqindi tolasidan olingan fibroin tolasini kislotali muhitda termik qizdirib gidroliz qilish optimal sharoiti topildi. Ipak fibroinidan GF kukuni olish 3% HCl eritmasida, 90oC temperaturada 80 min. davomida olib borildi. Ipak fibroin tolasidan kislotali sharoitda O‘YCh nurlar ta’sirida GF olishning noan’anaviy usuli ishlab chiqildi. O‘YCh nurlar ta’sirida GF kukunlari olish uchun optimal sharoit tanlandi. Optimal sharoit uchun 3% li HCl eritmasida 510 Vt quvvatli O ‘YCh nurlar tanlandi. Jarayon 16 min. da yakunlanib, mahsulot unumi 72% bo‘lishi aniqlandi. Natijada O‘YCh nurlar ta’sirida GF olish, temik usulga qaraganda 5-6 marta tez vaqtda amalga oshishiga erishildi. Termik va noan’anaviy usullarda olingan GF kukuni zarrachalarining o‘lchamlari aniqlandi. Ipak chiqindi tolasidan termik usulda olingan GF zarralarining o‘rtacha o‘lchami 65 mkm. ga teng. GF ga Fe3+, Cu2+, vitamin-B12 sorbsiyasi o‘rganildi. 0,9 N li Cu2+ ionlari eritmasida GF ga Cu2+ ionlarining sorbsiyasi 318 mg/g gacha bo‘lishi aniqlandi. GF ni Fe3+ ionlarini sorbsiyalash darajasi 23 mg/g ga tengligi aniqlandi. GF tolalari B 12-vitaminini sorbsiyalash darajasi 6,66 mg/g ga teng. Ipak fibroini, GF va Cu2+ ionlari tutgan GF laming IQ-spektrlari olindi. GF asosida mis va kumush nanozarrachalari kimyoviy va UT-dispergator, UB-nurlar ta’sirida sintezlandi.
Asosiy mavzular
- Ipak tolasi va undan olingan moddalar: Ipak tolasi tarkibi, kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek undan olingan gidrolizlangan fibroin (GF) haqida ma'lumotlar.
- Gidrolizlangan fibroin asosida metall nanozarrachalarini sintezlash: GF asosida mis va kumush nanozarrachalarini kimyoviy va fizik usullar yordamida sintezlash metodlari va ularning xarakteristikasi.
- Gemosorbentlik xossalari: Ipak fibroinidan olingan tolalar va GF ning vitamin-B12, Cu2+ va Fe3+ ionlarini sorbsiyalash qobiliyatini o‘rganish.