Yosh voleybolchilarga xos yonlanma harakatlanish tezkorligi va to'p uzatish

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma voleybolchilarda yonlanma harakatlanish tezkorligini va to'p uzatish aniqligini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, mashg'ulot jarayonida qo'llaniladigan uslub va vositalarni o'z ichiga oladi. Kitobda jismoniy va texnik tayyorgarlikning uzviy bog'liqligi, sport turiga xos tezkorlik va aniqlikni rivojlantirish usullari, shuningdek, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan mashqlar va metodlar batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan uslubiy tavsiyalar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ishning o'rganish darajasining qiyosiy tahlili, ilmiy yangiligi, predmeti va ob'ekti, ilmiy ahamiyati.
  • I BOB. Sport ko'nikmalariga o'rgatish va ularni o'zlashtirishda jismoniy tayyorgarlikning o'rni: Jismoniy sifatlar texnik ko'nikmalarni samarali o'zlashtirish poydevori. Voleybolga xos texnik-taktik usullarni samarali ijro etishda holat va harakatlanish ko'nikmalarining o'rni. Jismoniy va texnik imkoniyatlarni qo'shma shakllantirish masalalari.
  • II Bob. Yonlanma harakatlanish tezkorligi va to'p uzatish aniqligining vazifalari va uslublari: Yonlanma harakatlanish tezligini shakllantirishning vazifalari va uslublari. To'p uzatuvchi o'yinchining to'p uzatish aniqligini rivojlantirishga texnik vositalar maxsus mashqlardan foydalanish samaradorligi. Voleybolga xos harakatlanish tezkorligi va to'p uzatish aniqligining o'zaro bog'liqligi.
  • Xulosa: Yosh voleybolchilar tayyorlash amaliyotida texnik-taktik ko'nikmalarga o'rgatish va ularni o'zlashtirish samadorligi ustuvor jihatdan jismoniy sifatlarni ixtisoslashtirilgan yo'nalishda tarbiyalash bilan bog'liqligi. Voleybolga xos yonlanma harakatlanish tezkorligi raqib tomonidan yo'naltiriladigan to'plarga o'z vaqtida etib kelish, ularni sifatli qabul qilish va taktik rejaga muvofiq manzilga aniq etkazishda hal qiluvchi omil ekanligi isbotlandi. Maydon bo'ylab harakatlanish tezkorligi va to'p uzatish aniqligi muntazam nazorat qilinishi, hamda olingan natijalardan unumli foydalanishi aniqlandi. Pedagogik tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, amalda foydalanayotgan mashqlar, jumladan shu mashg'ulotlar davomida qo'llanilayotgan barcha turdagi mashqlar maydon bo'ylab keskin o'zgaruvchan yo'nalishda mokkisimon harakatlanish tezkorligini jadal shakllantirishga “ojiz” ekanligi ma'lum bo'ldi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, ilmiy-uslubiy qo'llanmalar, darsliklar va boshqa adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.