Asab kasalliklarida hamshiralik ishi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Nevrologiya kafedrasi tayyorlagan ushbu o‘quv-uslubiy majmua 3-kurs oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda nerv sistemasining har bir bo‘limi, jumladan orqa miya, bosh miya yarimsharlari, bosh miya poya, miyacha, bosh miya nervlari va ularning zararlanishi hamda ularning tekshirish usullari, patologik holatlari hamda davolash va profilaktika choralari atroflicha o‘rganilgan. Kitobda har bir mavzu yuzasidan test savollari va vaziyatli masalalar keltirilgan. Shuningdek, har bir mashg‘ulot uchun texnologik xarita va baholash mezonlari berilgan. Zamonaviy tibbiyot yutuqlari va innovatsion pedogogik texnologiyalar asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga, o‘quv jarayonini loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishga, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv –uslubiy manbadir.
Asosiy mavzular
- Orqa miyaning klinik anatomiyasi: Orqa miyaning uzunligi 42-45 sm, yug‘onligi 1-1,5sm, og‘irligi 34-38g bo‘lib, umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan. Yuqori tomonida for. occipitale magnum bilan birinchi bo‘yin umurtqasi sathidan boshlanib, pastki tomondan esa brinchi bel umurtqasi pastki yoki ikkinchi bel umurtkasining yuqorigi sathida tugallanadi. 4 oylik homilada orqa miya umurtka pogonasi kanalini tuldirib turadi.Yangi tug‘ilgan bolada esa ikkinchi yoki uchinchi bel umurtqasining urtasida bo‘ladi . Orqa miya segmentlarga bo‘lingan. Segment deb orqa miyaning bir juft oldingi va orqa ildizchalari chiqqan bo‘lagiga aytiladi. Orqa miya kuyidagi anotomik bo‘limlardan tuzilgan: 6. Bo‘yin (pars cervicalis )-8 ta segmentdan, 7. ko‘krak ( pars toracalis) 12 segmentdan, 8. bel ( pars lumbalis) 5 ta segmentdan, 9. dumg‘aza ( pars sacralis) 5 ta segmentdan, 10. dum ( pars coccygea) 1-2 ta segmentdan iborat Umurtqalararo teshikdan chiqqan orqa miya nervlari chigalni xosil qiladi. 6. Bo‘yin chigali C1-C4 segmentlarning ildizchalaridan 7. Yelka chigali C5-C8- va D1 dan 8. Kukrak kismidagi ildizchalar nerv chigalini hosil qilmasdan qovurg‘alararo sohaning muskul va terilarni nervlaydi. 9. Bel chigali L1-L5-D12 10. Dumg‘aza chigali S1-S5 segmentlari oldingi va orqa ildizchalarining o‘zaro birlashuvidan xosil buladi. Bu nerv chigallaridan har xil periferik nervlar boshlanib, uziga tegishli muskul va terini nervlaydi.
- Bosh miya yarim sharlarining klinik anatomiyasi: Bosh miya yarimsharlari bo‘ylama tirqish vositasida o‘zaro ajralib turadi. Bu tirqishning tubida qadoqsimon tana joylashib - bu oq moddalar ikkala bosh miya yarimsharlarini o‘zaro birlashtirib turadi. Har bir bosh miya yarimsharlarida: tashqi - lateral, medial va asosidagi yuzalar tafovut etiladi. Bosh miya yarimsharlarida peshona bo‘lagi, tepa bo‘lagi, ensa bo‘laklar, chakka bo‘laklar tafovut etiladi. Bosh miya po‘stlohining, kulrang moddasining qalinligi 1, 3-4, mm ni tashkil etib, nerv hujayralaridan iborat bo‘ladi. Bu kulrang moddalarga - cortex cerebri deyiladi. Po‘stloqda doimiy uchraydigan egatlar va pushtalar bo‘ladi. Bosh miya yarimsharlari o‘zaro bosh miyaning bo‘ylama tirqishi - fissura longitudinaliscerebri vositasida ikkiga ajralib turadi. Ensa sohasida esa bosh miyaning ko‘ndalang tirqishi - fissura transversacerebri bosh miya yarim sharlarini miyachadan ajratib turadi. Bosh miyaning peshona va chakka bo‘laklari orasida lateral chuqurcha - fossa lateraliscerebri bo‘lib, bu chuqurchaninng tubida orolcha - insula joylashadi. Bosh miyada bo‘ylama tirqish sohasida yuqori chekka - margo superior, pastki sohada pastki - medial chekkasi - margoinferomedialis, pastgi lateral chekkasi - margoinferolateralis ko‘rinadi.
- O‘tkir insultli bemorlar: O‘tkir insult - miyada qon aylanishining miya funktsiyasining turli xilida namoyon bo‘ladigan nuqsonini keltirib chikaruvchi o‘tkir buzilishidir. Patologik jarayonning tabiatiga ko‘ra, insultlar ishemik va gemorragik turlarga bo‘linadi. Ishemik insultlar trombotik va notrombotik insultlarga bo‘linadi. Miya infarkti arterial qon oqimining miyaning ma‘lum sohalariga yetib bormasligi oqibati hisoblanadi. Ishemik insult tranzitor ishemik hujumlardan farq qilib, sifat jihatidan yangi holatdan iborat bo‘ladi. Bunda gemodinamik va metabolik buzilishlar integratsiyasi ro‘y beradi, ular qon aylanishi etishmovchiligining ma‘lum bosqichida paydo bo‘ladi, bu esa miya moddasini nekrozga tayyorlaydi. Miyaning barcha sohalarida (xususan zararlangan joylarda) paydo bo‘ladigan patobioximik kaskad reaktsiyalar neyronal yo‘lning o‘zgarishiga, astrotsitozga va gliyaning faollashishiga, miyaning trofik ta‘minoti ishi buzilishiga olib keladi. Kaskad reaktsiyalarning ibtidosi miya infarktining shakllanishi hisoblanadi, u ikkita mexanizm orqali hujayraning neyrotik o‘lishi vа atoptoz - hujayraning genetik dasturlangan o‘lishi sifatida borishi mumkin. Ishemik insultning og‘irligini, eng avvalo, miyaga qon kelishi kamayishining chuqurligi, perfuziyagacha davrning davomliligiga va ishemiyaning cho‘zilganiga qarab aniqlanadi. Miyaning qon oqimi kamaygan sohasi (ko‘pi bilan 10 ml/100 g/min) birinchi klinik simptomlar paydo bo‘lgan daqiqadan boshlab, 6-8 daqiqa ichida asliga keltirib bo‘lmaydigan zararlanish bo‘lib qoladi. Bir necha soat ichidayoq markaziy nuqtali infarkt yuzaga keladi (miyaga qon kelishining 20- 40 ml/ 100g/mingacha kamayishi bilan), biroq ishemiyalangan tirik to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi. U ishemik yarimsoya yoki penumbrlar zonasi deb ataladi, ularda hali umumiy energetik metabolizm saqlanib turgan bo‘ladi va struktur o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Penumbrlarning mavjudligi davomliligi har bir bemorda o‘ziga xos bo‘lib, vaqtinchalik davr chegarasini belgilaydi, «terapevtik darcha», uning ichida davolash muolajalarini juda samarali o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Miya infarktining ko‘p qismi shakllanishi insultning dastlabki alomatlari paydo bo‘lgandan boshlab, 3-6 soatda tugaydi. O‘choqning shakllanib bo‘lishi 48-56 soatcha, balki bundan ham uzoqqa cho‘ziladi, (saqlanib qolgan miya shishini hisobga olgan holda). Keyingi paytlarda ishemik insultning o‘tkir davrida autoimmun jarayon mavjud bo‘lishi ko‘rsatildi, bu anti- DNK va OBMga ham zardob, ham OMS (orka miya suyuqligi) darajasi oshishi aniqlanmoqda. (M.M.Gerasimova, G.N.Jdanov, 2001)