Falsafa va ijtimoiy hayot
Ushbu uslubiy qoʻllanma Termiz davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti «Ijtimoiy fanlar» kafedrasining 24.05.2017 yilgi 19-sonli Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Kengashining 27.05.2017 yildagi 10/3-sonli hamda Termiz davlat universiteti oʻquv-uslubiy Kengashining 2017 yildagi 11 sonli yig'ilish qarori bilan tasdiqlangan. Qoʻllanma Falsafa fanining namunaviy va ishchi oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Mazkur uslubiy qoʻllanma oliy ta'lim tizimi barcha yoʻnalishlari 1.00. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki oʻquv adabiyotlari turkumiga kiradi, davlat standartlari va namunaviy oʻquv dasturi mazmuniga mos. Kitobda falsafa fani, uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli keng qamrovli yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Uslubiy qo'llanma barcha oliy o'quv yurtlarida falsafa bilan shug'ullanuvchi bakalavr, magistr, mustaqil tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va umuman, falsafa muammolari bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va predmeti: Falsafaning paydo boʻlishi, uning predmeti va mazmuni, falsafiy bilishning asosiy bosqichlari, falsafaning dunyoqarash va ilm bilan bog'liqligi, falsafaning jamiyatdagi roli kabi masalalar.
- Dunyoqarashning mohiyati: Dunyoqarash turlari, uning shakllanishi, falsafiy dunyoqarashning tabiatshunoslik, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va axloqiy meyorlar bilan bog'liqligi.
- Falsafa va fan: Falsafaning fanlar orasidagi o'rni, falsafa va ilmning oʻzaro aloqadorligi, falsafaning ilmiy bilishga aloqadorligi.