Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-geografik tavsifi
Ushbu kitob mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-geografik tavsifini oʻz ichiga oladi. Unda viloyatning geografik oʻrni, tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, iqtisodiyotining umumiy taʼrifi, sanoat va qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari, ijtimoiy sohalar, transport va tashqi iqtisodiy aloqalari hamda iqtisodiyotning hududiy tarkibi va asosiy muammolari atroflicha yoritilgan. Kitobda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy indikatorlari va uni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Qashqadaryo viloyatining geografik o'rni va tabiiy resurslari.: Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston Respublikasining janubiy-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida joylashgan. Uning maydoni 28,6 ming kv. km boʻlib, mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. Yer usti tuzilishi ancha murakkab boʻlib, tekisliklar va tepaliklardan iborat. Viloyat shimoli-sharq, sharq va janubi-sharqda togʻliklar bilan oʻralgan. Bu yerda Zarafshon va Hisor tizmalari, Chaqchar togʻlari joylashgan. Viloyatda yoqilgʻi-energetika, tog'-kon kimyosi tarmoqlari taraqqiy etgan. Xususan neft, gaz, paxta va gʻalla yetishtirishda u mamalakatimizda birinchi oʻrinda turadi.
- Qashqadaryo viloyatining aholisi va mehnat resurslari.: 2017-yilning 1-aprel holatida viloyatda doimiy aholi soni 3100,2 ming kishini tashkil qiladi. Viloyat Oʻzbekistonda urbanizatsiya darajasi eng past hududlardan hisoblanadi. Viloyat aholisining 601,6 ming nafari (24,6%) shaharliklar, 1855 mingini (75.4%) esa qishloq aholisi tashkil qiladi. Aholi sonining oʻsish jihatidan Surxondaryo viloyati bilan birgalikda mamlakat demografik vaziyatida yetakchilik qiladi. Yuqori mintaqaga (Shaxrisabz, Yakkabog' va Kitob tumanlari) ko'p jihatdan respublikamizning aholisi zich, xo'jaligi intensiv rivoj topgan voha va vodiylarga o'xshab ketadi.
- Qashqadaryo viloyat iqtisodiyotining umumiy ta'rifi.: Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan agrar-industurial yo'nalishga ega. Viloyat yuksak iqtisodiy salohiyatga moliq bo'lgan mintaqalardan hisoblanadi. U Respublika milliy iqtisodiyotida o'ziga hos “lokomotiv” vazifasini bajarayotir. Bu yerda sanoatning neft-gaz, tog'- kon kimyosi tarmoqlari taraqqiy etgan, paxta, g'alla, chorvachilik mahsulotlarini rivojlantirish yaxshi rivojlangan. Xususan neft, va gaz, paxta va g'alla yetishtirishda u mamalakatimizda birinchi, kimyoviy mahsulotlar (polietilen va boshqalar.) chorvachilik bo'yicha ham odingi o'rinlarni egallaydi.
- Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolari.: Qashqadaryo viloyatida, eng avallo ikkita shakillangan asosiy ichki iqtisodiy rayon ajratiladi. Quyi mintaqa yoki Qarshi mintaqasi paxta va g'alla chorvachilikka, neft-gaz, tog'-kon hamda elektr energetikaga ixtisosslashgan. Yuqori yoki Shahrisabz mintaqasida ko'proq agrosanoat majmuassi rivojlangan. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ichki tofovutlar qishloq tumanlari miqyosida yanada aniqroq ko'zga tashlanadi. Asosiy ishlab chiqarish sohalari, yani sanoat va qishloq xo'jaligi bo'yicha Muborak va G'uzor tumanlari ajralib turadi. Ijtimoiy sohalar Kitob, Muborak hamda Nishon tumanlarida nisbatan yaxshiroq. Hozircha eng sust rivojlangan qishloq tumanlari- Dehqonobod va Chiroqchi. Masalalar: sanoatni mustahkamlash, transport va ijtimoiy infiratuzulmalarni rivojlantirish, aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash, geoekologik vaziyatni sog'lomlashtirish va mintaqaviy muammolar sirasiga kiradi.
- Transport va tashqi iqtisodiy aloqalari.: Viloyatda transport tizimining turli xillari mavjud. Ammo yuk tashishda avtomobil transporti oldingi o'rinda turadi. 2013-yilda umumiy 41,1 mln. tonna tashikgan yukning barchasi avtomobil transportiga to'g'ri keladi. Shu yilda jami 457,3 mln. yo'lovchi tashilgan, uning ham deyarli barchasi avtomobil transportida amalga oshirilgan. Toshg'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'lining ahamiyati ham katta. Qarshi shahrida yirik aeroport bor, u viloyat aholisining tashqi aloqalariga xizmat qiladi. Maroqand - Qarshi va Qarshi-Termiz temir yo'l uchastkalarini elektrlashtirish loyihasi jadallik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.
- Qishloq xo'jaligi va uning tarmoqlar tarkibi.: Viloyatda agrar soha ham yaxshi rivojlangan. 2009-yilda barcha toifadagi xo'jaliklarda yaratilgan, qishloq xo'jaligi mahsuloti oldingi yilga nisbatan 6,8 foizga ortgan. Jami mahsulot hajmida dexqonchilik 52,8 foizni tashkil qiladi. Umumiy hajmda mintaqa O'zbekiston qishloq xo'jalik mahsulotining 8,5 foizini beradi. Sug'oriladigan yerlar 461 ming ga yoki qishloq xo'jaligida foydaniladigan hamma yerlarning 21,0 foizi demakdir. Viloyatda 1286 ming bosh qoramol, 3958 ming bosh qo'y va ehkilar bor. Qishloq xo'jaligining ikkinchi yetakchi ekini-paxta 163ming gektarni egallaydi.
- Sanoatining tarmoqlar tarkibi.: 2017-yil yakunlariga ko'ra, sanoatning ichki tuzulishi quyidagicha: yoqilg'i sanoatining ulushi (mahsulot qiymati bo'yicha) -53% ni, kimyo van neft-kimyo sanoati 1,5% ni, mashinasozlik va metallni qayta ishlash- 0,4% ni, yog'ochni qayta ishlash va qog'oz-selluloza sanoati -0,3% ni, yengil sanoat-16,3%, oziq-ovqat 16,3 ni, boshqa tarmoqlar esa 12,0% ni tashkil etgan. Sanoat korxonalari soni 392 tani (93 tasi to'qimachilik, 13 tasi trikotaj mahsulotlari, 276 tasi tikuvchilik, 7 tasi ipakchilik mahsulotlari va 3 tasi paypoq mahsulotlari) tashkil etadi.
- Ijtimoiy sohalarning ustuvor yo'nalishlari.: Ustuvor rivojalanishi o'ziga hos demografik vaziyatga ega bo'lgan qashqadaryo viloyati uchun ham dolzarbdir. Bu sohada eng avvallo ta'lim, sog'liqni saqlash, savdo va turli xil xizmatlar asosiy ahamoyat kasb etadi. Aholi jon boshiga tog'ri keladigan chakana savdo aylanmasi, Qarshi shahrini hisobga olmaganda, Kitob tumanida eng yuqori, eng pasti esa Kasbi tumanida kuzatiladi. Viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishi o'rtacha 85,0%, tabiiy gaz bilan esa- 67,2. Uy- joy ta'minoti viloyat bo'yicha har bir kishiga 13,2 kv. metr to'g'ri kelgan holda.
- Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolari.: Qashqadaryo viloyatida, eng avallo ikkita shakillangan asosiy ichki iqtisodiy rayon ajratiladi. Quyi mintaqa yoki Qarshi mintaqasi paxta va g'alla chorvachilikka, neft-gaz, tog'-kon hamda elektr energetikaga ixtisosslashgan. Yuqori yoki Shahrisabz mintaqasida ko'proq agrosanoat majmuassi rivojlangan. Eng sust rivojlangan qishloq tumanlari- Dehqonobod va Chiroqchi. Masalalar: sanoatni mustahkamlash, transport va ijtimoiy infiratuzulmalarni rivojlantirish, aholini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash, geoekologik vaziyatni sog'lomlashtirish va mintaqaviy muammolar sirasiga kiradi.