Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi
Ushbu kitob "Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi" fanidan tayyorlangan bo'lib, boshlang'ich ta'lim talabalariga tabiatshunoslik fanini o'qitish jarayonida qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, dars ishlanmalarini tuzish usullari, shuningdek, o'quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari haqida nazariy va amaliy bilimlar berishga qaratilgan. Kitobda tabiatshunoslikni o'qitishning mazmuni, uslublari, shakllari, vositalari, hamda rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan bog'liqligi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, o'lkashunoslik va ekologik tarbiya masalalariga ham alohida urg'u berilgan. Kitobda faning zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o'qitish jarayonida qo'llaniladigan interfaol usullar, mashg'ulotlar, ekskursiyalar, laboratoriya ishlari va kuzatishlar yordamida o'quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini kengaytirish va ularda tabiatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish usullari batafsil tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'quv fanining maqsadi va vazifalari. Tabiatshunoslikni o'qitishning zamonaviy shakl va uslublaridan foydalanish nazarda tutilgan.
- Asosiy nazariy qism: I-modul. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasining umumiy masalalari. 1-mavzu: Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi-pedagogik fan. 2-mavzu:Tabiatshunoslikni o‘qitish metodlari
- Amaliy mashg’ulotlar: Tabiatshunoslikni o’qitishda foydalaniladigan dars turlari, o’qitish vositalari, ommaviy sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish, o’quv vositalari, multimedia, tarqatma va didaktik materillardan foydalanish metodikasi, o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari, o’rta Osiyo allomalarining hissalari, Quyosh sistemasi, Yer, uning shakli va harakati, Yerning geografik qobiqlari, tiriklik belgilari, O’simliklar fiziologiyasi, Hayvonot olamining xilma xilligi, o’simliklar bilan umumiy tanishish kabi mavzularni qamrab oladi.
- Seminar mashg’ulotlari: Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o’quvchilarini mehnatsevarlikka jalb etish, tabiatshunoslikni o’qitishda interfaol darslarni tashkil etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi mavzularni o’z ichiga oladi.
- Mustaqil ta’lim: Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish, tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish, tabiatshunoslikdan nazariy va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazish nazarda tutilgan.