Umumiy psixologiya
Ushbu dastur umumiy psixologiya fanining mohiyati, psixikani rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlar, psixologik holatlar hamda shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan psixologik, fiziologik va jismoniy o‘zgarishlar, shuningdek shaxsga xos sifat, xususiyat, holatlar ta‘lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning yoshga bog‘liq jihatlarining psixologik mexanizmlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Umumiy psixologiya fanining predmeti. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologik bilimlarning o‘ziga xos tomonlari. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari. Psixologiya fanining nazariy hamda amaliy vazifalari. Psixologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot. Pedagog faoliyatida psixologiyaning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va prinsiplari. Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi. Aniq faoliyatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari, rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari, shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarni o‘rganuvchi psixologiya sohalari. Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari va ularning tahlili, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suhbat va so‘rovnoma metodi, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
- Psixika va ongning taraqqiyoti Faoliyat va motivatsiya: Psixika haqida tushuncha, psixikaning orientirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik vazifasi. Psixik aks ettirish - ob‘ektiv olamning sub‘ektiv obrazi ekanligi. Bosh miya va psixika. Odam psixikasining paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti, seskanuvchanlik va sezuvchanlik, tropizmlarning mohiyati, instinkt tushunchasining mazmuni, ko‘nikma va malakalar, hayvonlarning intellektual xatti-harakatlari, psixikaning muhit va a‘zolar tuzilishiga bog‘liqligi. Psixika va ong munosabati. Ongning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti. Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan harakatlar) holatlari. Odam psixikasining ontogenez taraqqiyoti. Yuksak psixik funksiyalarning tarkib topishi va ularning tuzilishi. Faoliyat haqida tushuncha, faoliyatning psixologik tahlili. Faoliyatning tuzilishi, faoliyatning o‘ziga xosligi, faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi. Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash. Faoliyatning asosiy turlari, oyin, talim va mehnat faoliyati mazmuni. A.N.Leontev boyicha faoliyat tuzilishi. Faoliyat va motivlar. Motivatsiya va emotsiya tushunchasining mazmuni, motivatsiya sohalari, Xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi. Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari, motiv muammosiga doir mulohazalar. Shaxs shakllanishida motivatsiyaning ahamiyati.
- Shaxs hissiy-emotsional sohasi Muloqot: Emotsiya va hissiyot haqida tushuncha. His-tuyg‘ularning vazifalari. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari. Yuksak hislar. Hissiy ton, affekt, stress, praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar. Hissiyotning o‘ziga xosligi. Hissiyotni boshqarish. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. Muloqotning inson psixik rivojlanishidagi ahamiyati. Muloqot va uning ko‘p maqomli xarakteri. Muloqot vazifalari. Muloqotning verbal va noverbal vositalari, muloqot shaxslararo o‘zaro ta‘sir etish sifatida, muloqot insonlarning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullari.
- Shaxs. Shaxsning o„z-o„zini anglashi: Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari. Shaxs faolligi tushunchasining mazmuni. Shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar. Shaxs psixologik strukturasi. Biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, konstitutsion nazariya, rollar nazariyasi mazmuni. Endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha. Dunyoqarash va e‘tiqod. Shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi. „Men“ konsepsiya va uning rivojlanishi. Shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi va baholashiga ta'sir etuvchi omillar. Shaxsning o‘ziga nisbatan ishonchini yuzaga keltirish va rivojlantirish. Shaxsning o‘zini-o‘zi boshqarishi muammosi. Milliy ong va milliy o‘zini-o‘zi anglash.
- Diqqat. Sezgi. Idrok: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo‘linishi, diqqat ko‘lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, ekstroretseptiv sezgilar, introretseptiv sezgilar, proprioretseptiv sezgilar, analizator va uning tuzilishi, sezgi sohasidagi qonuniyatlar. Idrok haqida tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asoslari. Idrokning murakkabligi. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik. Idrokning xossalari, idrokda ob‘ekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.
- Xotira. Xayol. Tafakkur: Xotira haqida tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xotira nazariyalari. Xotira turlari, faoliyatga ko‘ra xotira turlari, maqsadiga ko‘ra xotira turlari, muddatiga ko‘ra xotira turlari. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish. Xotira tiplari. Xayol haqida tushuncha. Xayol jarayonlari. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush ko‘rish va shirin xayol. Xayol sifatlari, xayolning kengligi va torligi, xayolning chuqurligi va realligi, xayolning mazmundorligi va kuchi, fantaziya. Xayolning rivojlanishi. Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, tafakkur sifatlari, tafakkurning mazmundorligi, tafakkurning chuqurligi, tafakkurning kengligi, tafakkurning mustaqilligi, tafakkurning ixchamligi, tafakkurning tezligi, tafakkurning turlari. Shakliga ko‘ra tafakkur turlari, topshiriq xarakteriga ko‘ra tafakkur turlari, fikr yoyiqligiga ko‘ra tafakkur turlari, fikrning originallik darajasiga ko‘ra tafakkur turlari. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish.
- Iroda. Temperament: Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. Iroda borasidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaning individual xususiyatlari. Irodani tarbiyalash. Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. Temperament tiplari. Temperament xususiyatlari. Faoliyatning individual uslubi va temperament.
- Xarakter. Qobiliyat: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari. Xarakter tipologiyasi, xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi, xarakter aksentuatsiyasi. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. Xarakter borasidagi ta‘limotlar. Xarakter va uning boshqa psixologik hodisalar bilan bog‘liqligi. Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyat va irsiyat. Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari. Qobiliyat borasidagi nazariyalar, Qobiliyatlarning rivojlanishi.
- Yosh va pedagogik psixologiya faniga kirish. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy sohalari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Yosh va pedagogik psixologiyadagi ilmiy maktablar. Yosh va pedagogik psixologiya fanining o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni. Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suhbat va so‘rovnoma metodi, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar). Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin). Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.
- Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.: Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha. Tug‘ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. Go‘daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati. Bir yosh inqirozi haqida. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o‘yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta‘sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta‘siri muammosi). Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o‘zgarishlar. 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Kichik maktab yoshi davrida kognitiv - affektiv sohalardagi rivojlanish xususiyatlari. Kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o‘quv faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari). Kichik maktab yoshi davrida bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori. Pedagogik baho va kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish aloqasining psixologik mexanizmlari. Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari.
- O„smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Ilk o„spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Yoshlarni oilaviy hayotga tayorlash: O‘smirlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. O‘smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari.O‘smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o‘quv faoliyati motivatsiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari). O‘smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik davrida xarakter aksentuatsiyasi muammosi. Ilk o‘spirinlik davri psixologiyasiga umumiy tavsif. Ilk o‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosining psixologik xususiyatlari. Ilk o‘spirinlik davrida muhabbat. Ilk o‘spirinlik davrida o‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi. Ilk o‘spirinlik davrida o‘quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi. Ilk o‘spirinlikda kasbga yo‘naltirishning psixologik muammolari. Oilaviy hayotga psixologik tayyorlikning mohiyati. Yoshlarni oilaviy hayotga tayorlash haqida umumiy tushuncha. Oila funktsiyalari. Oilada shaxslararo munosabatlar. Shaxs psixik taraqqiyotida oilaviy muhitning roli
- Ta‘lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi: Ta‘limning psixologik mazmuni. Ta‘lim va aqliy taraqqiyot. O‘qish faoliyati va uning turlari. Ta‘lim va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish muammolari hamda imkoniyatlari. Ta‘limni boshqarishning metodlari. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish nazariyasi va uning mohiyati. Muammoli ta‘lim va muammoli vaziyat.Ta‘lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari. Shaxsni tarbiyalash metodlari va shakllari. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati. Tarbiya metodlari va turlari. Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari. Tarbiyasi
- O„qituvchi psixologiyasi: Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va uning vazifalari. O‘qituvchiga shaxsiga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari. Pedagogik muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik qobiliyat.
- Ta‘lim muassasalarida psixologik xizmat: Ta‘lim muassasalarida psixologik xizmatning mazmuni va ahamiyati. Maktab psixologininig ish funksiyalari. Pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ulardagi turli jarayonlar bo‘yicha maslahatlar olib borish texnologiyalari. Yosh psixologiyasi bo‘yicha olib borilgan kuzatuv va eksperimentlarni rasmiylashtirish.