Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi

Ushbu kitobda "Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari, ish jarayonida xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish choralari, shuningdek, Favqulotda vaziyatlardan aholini himoya qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari yoritilgan. Kitobda mexnat muhofazasi qonunchiligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xafsizligi masalalari bo'yicha asosiy tushunchalar o‘z ifodasini topgan.

Asosiy mavzular

  • Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish: Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi fanining roli va vazifalari, bo'limlari, ayollar mehnati va ularga beriladigan qo'shimcha kafolatlar hamda imtiyozlar.
  • Mehnat muhofazasiga oid qonun va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish: Davlat nazorat organlari va ma'muriy-texnik xodimlarning mehnat muhofazasi qoidalarini buzganligi uchun javobgarliklari.
  • Mehnat muhofazasini yaxshilash bo'yicha rejali tadbirlar: Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari, mehnat xavfsizligi psixologiyasi.
  • Baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish: Baxtsiz hodisalar haqida umumiy ma'lumotlar, kasb kasalliklari haqida tushunchalar va jarohatlanish sabablarini tahlil qilish uslublari.
  • Sanoat changi va uning zararligini baholash: Changlarning turlari va ularning hosil bo'lish sabablari, sanoat changining inson organizmiga zararli ta'siri, yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegara konsentratsiyasi va unga qarshi kurash chora- tadbirlari.
  • Zaharlanishning asosiy xossalari. Radioaktiv nurlanishlar va ularning inson organizmiga ta'siri: Havoda zaharli moddalarning xossalari va klassifikatsiyasi, ionlovchi nurlanishlar va ularning inson organizmiga ta'siri.
  • Ergonomika haqida tushuncha. Mehnat sharoitiga yoritilganlikning ta'siri va yoritilganlikka qo'yiladigan asosiy talablar: Ergonomika – mehnatni ilmiy tashkil qilishning bir qismi sifatida, mehnat sharoitini insonga moslash, yoritilganlik hakida tushuncha, tabiiy va sun'iy yoritilganlik.
  • Shovqin va vibratsiya (silkinish)ning inson organizmiga ta'siri: Shovqin haqida ma'lumot va uning gigienik normalari, shovqin va vibratsiyaning inson organizmiga ta'siri va uni o'lchash asboblari, shovqin va vibratsiya ta'siridan saqlash.
  • Elektr tokining inson organizmiga ta'siri: Elektr tokining inson tanasiga ta'siri xillari, elektr tokining xarakterli ko'rsatkichlari, odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari.
  • Elektr toki urgan kishilarga birinchi yordam ko'rsatish. Elektr qurilmalari xodimlariga qo'yiladigan xavfsizlik talablari: Tok urgan kishiga birinchi yordam ko'rsatish metodlari, elektr qurilmalari xodimlariga qo'yiladigan xavfsizlik talablari.
  • Yong'in chiqish, portlash xavfi bo'lgan obyektlardagi falokatlar va halokatlar: Gidrotexnik obyektlardagi avariya va halokatlar, yong'in chiqish, portlash xavfi bo'lgan obyektlardagi falokatlar va halokatlar, gidrotexnika inshoatini muhofaza qilish choralari.
  • Favqulotdagi vaziyatlardan aholini himoyalash: Xavfsizlikni ta'minlash prinsiplari, Favqulotdagi vaziyatlarni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash, Favqulotda vaziyatlarda (FV) hayotiy faoliyat xavfsizligini (HFX) ta'minlash bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish.
  • Favqulotdagi vaziyatlarda xalq xo'jalik obyektlariishining barqarorligini ta'minlash: Barqarorlik haqida tushuncha va unga ta'sir qiluvchi omillar, FVlarni joylashtirish, loyihalash va qurilishga bo'lgan talablar, XXI larning barqarorligini oshirishning usul va yo'llari.