Mustaqillik va inson falsafasi
Ushbu kitob Oʻzbekistonning mustaqillik davridagi falsafiy qarashlari, insonning maʼnaviy kamoloti, milliy qadriyatlar va istiqlol mafkurasiga bagʻishlangan. Kitobda ozod shaxs maʼnaviyati, inson falsafasi, insoniylik fazilatlari, fuqarolik jamiyati va siyosiy madaniyat kabi tushunchalar tahlil etiladi. Shuningdek, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, maʼnaviy zaminlar, milliy istiqlol mafkurasi va uni hayotga joriy etish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Insoniyat istiqboli: Ushbu mavzuda xalq orzusi, milliy gʻoya, orzu shakllanishi uchun milliy ong va iroda zarurligi hamda turli mafkuralar asosida ramzlar mavjudligi haqida soʻz boradi.
- Mustaqillik - asriy orzimiz: Ushbu mavzuda mamlakatimizda milliy mafkurani shakllantirish jarayoni borayotgan bugungi kunda siyosiy ramzlarning ahamiyati ortishi muqarrarligi haqida so'z boradi.
- Ozod shaxs ma'naviyati: Ushbu mavzuda insonning aql-idroki, mexnati natijasida amalga oshishi, jamiyat davlat va millat oldida turgan dolzarb vazifalarni bilishi, jamiyat ma'naviy kamolotini ta'minlash uchun ma'naviyatning mohiyati haqida so'z boradi.
- Inson falsafasi: Ushbu mavzuda voqelikning eng umumiy qoidalarini inson ongida aks ettirib, haqiqqatga erishishning asosiy maqsadi - inson dunyoqarashini, falsafiy tafakkurlash madaniyatini shakllantirib, uni ma'naviy yetuk, fozil va fidoyi inson etib kamol toptirishdir.
- Milliy istiqlol mafkurasi va uni hayotga joriy etish masalalari: Ushbu mavzuda istiqlol, hurriyat, mustaqil degan so`zlarda olam-olam ma'no mujassamlanganligi, mustaqil davlatni suveren davlat deb ham atash mumkinligi haqida so'z boradi.