Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi

Ushbu kitob tabiatshunoslik fanini o'qitish metodikasini, jumladan, boshlang'ich maktablarda tabiatshunoslikni o'qitishning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda dars jarayonini tashkil etish, metodlar va uslublar, o'quv-tajriba maydonchasi va jonli tabiat burchagidan foydalanish, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o'quvchilarni baholash hamda o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid ko'rsatmalar berilgan. Kitob umumta'lim maktablarining tabiatshunoslik o'qituvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi – pedagogik fan.: Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Tabiatshunoslikni va uni o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Tabiatshunoslikni va uni o’qitishning tadqiqot metodlari. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi o’rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar.
  • Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi.: Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasining yaratilish tarixi (V.F. Zuyev, A.Ya. Gerd misolida). Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi ta’limotining shakillanishi va rivojlantirishga hissa qo`shgan jahon mеtodistlarining ilg`or g`oyalari. Vatanimizda tabiiy fanlarni o`qitishni takomillashtirishga hissa qo`shgan olimlar. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining zamonaviy rivojlanishi.
  • Quyosh sistemasi.: Quyosh sistemasida 40000 ga yaqin kichik sayyoralar (asteroidlar) borligi taxmin qilingan. Kometalar ham mavjud. Kometalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari bir necha o‘n yildan ortiq emas. Quyosh sistemasida yana kometalar ham mavjud. Kometalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari bir necha o‘n yildan ortiq emas.
  • Yer,uning shakli va harakati.: Yerning aniq ko‘lamini hisoblab chiqish va shaklini aniqlash sovet olimi F.N.Krasovskiyning Yer ko‘lami haqidagi ma‘lumotlarini beramiz: Ekvatorial radiusi yoki katta yarim o‘q .6372,2 km Qutbiy radiusi yoki kichik yarim o‘q . . 6356,8 km Ekvatorial radiusi bilan qutbiy radiusi orasidagi tafovut yoki qutbiy siqiqlik 21,4 km Ekvatorial siqiqlik . . . . . . . . . . . . . . 213 m
  • Gidrosfera.: Planetamizdagi suv qobigini gidrosfera deb aytiladi. Gidrosferaga planetamizdagi hamma suvlar – okean, dengiz, daryo, kol, muz, botga 750 ming km kub ko‘llarga, 75 ming km kub tuproq suvlariga kiradi. Gidrosferada suvning miqdori 1 mlrd 454,5 mln km kub bolib shundan 1 mlrd 370 mln km kub okean va dengizlarga 60,0 mln kub km kub yer osti suvlariga 24 mln km kub muzlar va qorlarga 750 ming km kub kollarga 75 ming km kub tuproq suvlariga 1,2 ming km kub daryo suvlariga qolgani esa atmosfera va tirik organizm tarkibidagi suvlarga tog’ri keladi (41 – rasm).
  • Litosfera.: Litosfera – murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asosan qattiq tog‘ jismlaridan tashkil topgan sfera . U o‘ z ichiga yer po‘stini va yuqori mantiyaning astenosferasigacha bo‘lgan qismini olib 200km chuqurlikkacha davom etadi. Litosferani tashkil etgan jinslarning ximyaviy xossalari yaxshi o’rganilgan emas.
  • O’simliklar dunyosi.: Floraning inson hayotidagi axamiyati. O‘simliklarning organlari. Generativ va vegetativ a`zolar. Gulli o‘simliklarning ko‘payishi. Ularining turlari, oilalari, xususiyatlari. O‘simliklar hayotiy shakllari. Tuban o‘simliklar. Yuksak o‘simliklar. o‘simlik turkumlari ularning tabiiy joylashishi madaniy o‘simliklar va ularning inson hayotidagi ahamiyati.
  • Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari.: O’qitish metodlari deganda, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ish usullarini tushunish qabul qilingan. Bu faoliyat yordamida o’qituvchi bilim beradi, o’quvchilar esa bilim doiralarini kengaytiradilar, ularning bilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi malakalar vujudga keladi.
  • Tabiatshunoslikni o’qitish vositalari.: Tabiatshunoslikni o’qitishda moddiy bazaning ahamiyati. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. O’quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog’liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar va predmetli darslarda va o’qish kitobidan tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar.
  • Boshlang’ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o’quv dasturini rejalashtirish tamoyillari.: 1-2 sinflarda “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlashning metodik xususiyatlari. 1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar. 3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo aloqadorlikning o’rni va ahamiyati.