Elektrotexnika materiallari.

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5310200 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishidagi bakalavriat talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Kitobda elektrotexnika materiallarining nazariy ma’lumotlari, jumladan, ularning tarkibi, ishlab chiqarilishi, elektrik, fizik va mexanik xossalari, dielektriklar, o’tkazgich, yarimo’tkazgich va magnit materiallar, ularning elektr texnikadagi ahamiyati va amalda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 220 bet, 5 bob, 108 ta rasm va 24 ta jadvallardan iborat bo’lib, kitobning yakunida har bir bob bo‘yicha nazorat savollari va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektrotexnika materiallarining klassifikatsiyasi: Ushbu bo'limda moddalarning tuzilishi, ichki atom bog'lanishlari, elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendentsiyasi, qattiq jismlar fizikasining asosiy tushunchalari, amorf va kristall jismlar haqida ma'lumot, metallar haqida umumiy ma'lumot, kristallarning tuzilishi va xossalari, diffuziya, nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari, rangli metallar ishlab chiqarish kabi mavzular yoritilgan.
  • Dielektriklar: Bu bo'limda dielektriklarning elektr maydonidagi xossalari, qutbli va qutbsiz dielektriklar, elektr o’tkazuvchanligi, gazsimon, suyuq va qattiq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi, energiya isrofi, elektr teshilishi, fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O’tkazgich materiallar: Ushbu bo'limda o’tkazgich materiallarining klassifikatsiyasi, ularning asosiy xossalari, yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallar, nometall o’tkazgichlar, yarim o’tkazgichlar va yarim o’tkazgichlarning xususiyatlari, shuningdek, magnit materiallar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Yarim o’tkazgich materiallar: Bu bo'limda yarim o’tkazgichlar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning o’tkazuvchanligi, tarkibidagi qo’shimchalar, xususiyatlari, yarim o’tkazgichli diodlar va ularning qo’llanilish sohalari haqida ma'lumot berilgan.
  • Magnit materiallar: Magnit materiallar haqida umumiy ma'lumotlar, yumshoq magnit materiallar, qattiq magnit materiallar, ferritlar, ularning qo’llanilishi, magnit xossalari va turlari haqida ma'lumot berilgan.