Табиатдан фойдаланишнинг географик асослари

Ushbu kitob, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda tabiatdan oqilona foydalanishning nazariy va amaliy masalalari, O'zbekistonda tabiatdan foydalanishning hozirgi holati, tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolar va ularning yechimlari, xalqaro hamkorlik masalalari yoritilgan. Kitob geografiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanining predmeti, metodi, ob'ekti va mohiyati: Fanning asosiy tushunchalari, jamiyat va tabiatning o'zaro aloqadorligi muammolari, fan predmeti va tadqiqot usullari, tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining ob'ekti.
  • Takror ishlab chiqarishda tabiiy resurslarning o'rni va ahamiyati: Tabiiy resurslarning asosiy turlari va ularning klassifikatsiyasi, tabiiy resurslarga iqtisodiy baho berishning nazariy asoslari, O'zbekiston respublikasi tabiiy resurslariga iqtisodiy baho berish.
  • Tabiatdan foydalanishni boshqarish va tabiiy muhitni qonuniy himoya qilish: Tabiatdan foydalanishni boshqarish va uning mohiyati, huquqiy asoslari, davlat institutsional mexanizmi, atrof muhit sifatini yaxshilashga qaratilgan boshqaruv yondashuvlari.
  • Tabiatdan unumli foydalanish tadbirlariga mablag' ajratish. Davlat ekologik ekspertizasi: Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish faoliyatini moliyalashtirish, ekologik fondlar tizimi, davlat ekologik ekspertizasining o'rni va ahamiyati.
  • Ilmiy texnika jarayoni va tabiatdan oqilona foydalanish. Tabiatdan oqilona foydalanishning iqtisodiy rag'batlantirishi: Tabiatdan foydalanish va ekologik muammolarning hozirgi ahvoli, ilmiy-texnika taraqqiyotini tabiatni muhofaza qilishga tadbiq etish, kimyolashtirishning salbiy oqibatlari, tabiatdan oqilona foydalanishni iqtisodiy rag'batlantirish.
  • Tabiatdan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi: Atrof muhit ifloslanishining iqtisodiy optimumi, tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining ijtimoiy zaruriy miqdori, xarajatlar tarkibi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
  • Suv resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va ulardan oqilona foydalanish. Atmosfera havosini muhofaza qilish: Suv resurslarining tavsifi, ularni boshqarish, hisobga olish va rejalashtirish, atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari.
  • O'rmon resurslarini muhofaza qilishni rejalashtirish va ulardan oqilona foydalanish: O'rmon resurslarining ahamiyati, holati, muhofaza qilishni rejalashtirish va ulardan oqilona foydalanish, xamkorlik mamlakatlarida tabiatdan foydalanishning xududiy muammolari.
  • Tabiatdan foydalanishdagi xalqaro hamkorlik: Tabiatdan foydalanish bo'yicha xalqaro hamkorlik shakllari, halqaro moliya tashkilotlarining faoliyati, O'zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi.