Topografiya asoslari va kartografiya

Kitob topografiya va kartografiya fanlarining maqsadlari, vazifalari, rivojlanish tarixi, geodezik o'lchov usullari, koordinatalar sistemasi, plan va karta tuzish, kartografik proyeksiyalar, generalizatsiya kabi asosiy tushunchalarni qamrab oladi. Unda topografik kartalarni tuzish va ulardan amaliyotda foydalanish usullari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Topografiya va kartografiyaga kirish: Fanlarning maqsadlari, vazifalari, geodeziyaning tarmoqlari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, ahamiyati, rivojlanish tarixi
  • Yerning shakli va kattaligi. Geodezik tayanch shaxobchalari: Yerning geografik va nazariy yuzasi, shakli, geoid, ellipsoid, ulchamlari, geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish usullari
  • Topografiyada qo'llaniladigan koordinatalar sistemasi: Geografik koordinatalar, bosh meridian, ekvator, to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi, balandlik turlari
  • Plan va karta. Masshtab: Plan va kartaga qo'yiladigan talablar, gorizontal proyeksiya, plan va kartaning farqi, masshtab turlari, yuza masshtabi
  • Topografik kartalarning varaklarga bo'linishi va nomenklaturasi: Yer sharini zonalarga bo'lish, xalqaro nomenklatura, turli masshtabli kartalar nomenklaturasi
  • Topografik kartalarda relyefning tasvirlanishi: Yer tabiiy yuzasining tuzilishi, relyefni tasvirlash usullari: otmetka, gorizontallar, shartli belgilar
  • Oriyentirlash: Oriyentirlash burchaklari, kompas va u bilan ishlash, gorizont tomonlarini aniqlash
  • Plan olish turlari. Tartibi va usullari: Konturli, vertikal, topografik, instrumental, fototopografik, stereofotogrammetrik, aerofotootgrafik plan olish, plan olish shaxobchalarini barpo kilish usullari
  • Nivelirlash va uning turlari: Geometrik, oldinga, o'rtadan, oddiy, murakkab nivelirlash, trigonometrik, taxeometrik, barometrik nivelirlash
  • Teodolit va u bilan plash olish: Teodolit turlari, tuzilishi, ishlatilishi, sinash, gorizontal burchaklarni o'lchash, plan olish
  • Oddiy asboblar bilan gorizontal plan olish: Ekker, bussol asbobi, maktab uglomeri, tuzilishi, ishlatilishi
  • Ko'z bilan chamalab plan olish: Ko'z bilan chamalab plan olish tug'risida tushuncha, asboblar va kurollar, Bajarish uslubiyoti, Qadamlar masshtabi
  • Aerofotos'yomka: Aerofotosurat markaziy proyeksiya sifatida, Aerosuratlarning turlari, masshtabi, bir birini koplaydigan aerosuratlarni stereoskopik xususiyatlari
  • Umumgeografik kartalar va ularning elementlari: Geografik kartalarning tuzilishi va undan foydalanish, har bir elementning vazifasi, ahamiyati, elementlar orasidagi bog'liqlik
  • Kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari: Kartografik belgilar, ularning funksiyasi va kullanilishi. Tasvirlash usullari, ranglar,shkalalarni ishlab chikish, turli tasvirlash usullarini birgalikda kullash
  • Kartografik proyeksiyalar klassifikasiyasi turlari: Kartografik proyeksiyalarning xatolik xususiyatlari va kartografik turlarga karab bulinishi.Teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy proyeksiyalar
  • Kartografik generalizasiya: Generalizasiyaning moxiyati va omillari. Generalizasiyaning turlari va usullari . Kartografik belgilarning generalizasiyaga ta'siri tugrisida