Kimyo (Fizikaviy va kolloid kimyo): (Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabalari uchun uslubiy qo‘llanma)
Ushbu uslubiy qo'llanma Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Biologiya fakultetida fizikaviy va kolloid kimyo kursidan o'qilayotgan materiallar asosida tayyorlangan. Mualliflar fizikaviy va kolloid kimyoni nisbatan qisqa va tushunarli ko'rinishda yoritishni, hamda o'quvchilarni kursni mustaqil ravishda chuqurroq o'zlashtirishga yo'naltirishni o'zining oldiga maqsad qilib qo'yganlar. Uslubiy qo'llanmada fizikaviy va kolloid kimyoni fan sifatida tushunish uchun mukammal bilish talab qilingan eng muxim masalalarga ko'proq e'tibor qaratilgan. Kimyo (Fizikaviy va kolloid kimyo) fanidan termodinamikaning I va II qonunlari, eritmalar, elektrolit eritmalarning xossalari, elektrokimyoviy kinetika asoslari, kolloid kimyoning asosiy vazifalari, kolloidlar xususiyatlari, kolloid sistemalar, dispers sistemalar, mikrogeterogen sistemalar haqida umumiy ma'lumotlar beriladi. Kimyoning har bir bo'limida fan dasturida muvofiq laboratoriya mashg'ulotlari olib boriladi. Ushbu uslubiy qo'llanma qismlardan iborat bo'lib, nazariy qism materiallari (ma'ruza matni, adabiyotlar ro'yxati, nazorat va test savollari), laboratoriya mashg'ulotlar materiallaridan tashkil topgan.
Asosiy mavzular
- 1-Ma'ruza. Termodinamika asoslari. Fizikaviy kimyo fani, rivojlanish tarixi va kelajagi. Termodinamika birinchi qonuni va kalorik koeffitsientlar: Bu mavzu fizikaviy kimyo fanining umumiy uslublari, termodinamika asoslari, uning rivojlanish tarixi va kelajagi, termodinamikaning birinchi qonuni va kalorik koeffitsientlar haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kimyoviy termodinamika, kimyoviy muvozanat, bosim, adiabatik, izoxorik, izobarik, izotermik, sistema, ichki energiya.
- 2-Ma’ruza. Entalpiya. Termokimyo. Gess qonuni: Bu mavzu entalpiya, termokimyo va Gess qonuni haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kimyoviy termodinamika, kimyoviy muvozanat, bosim, adiabatik, izoxorik, izobarik, izotermik, sistema, ichki energiya, entalpiya, kengayish ishi.
- 3-Ma’ruza. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya. Termodinamikaning uchinchi qonuni: Bu mavzu termodinamikaning ikkinchi va uchinchi qonunlari, entropiya haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Harorat, reaksiya issiqlik effekti, termodinamika, diffuziya, termodinamik xossa, termokimyo, jarayonlar yo'nalishi.
- 4-Ma’ruza. Eritmalar. Raul va Genri qonunlari. Krioskopiya va ebulioskopiya: Bu mavzu eritmalar, Raul va Genri qonunlari, krioskopiya va ebulioskopiya haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Metastabil holat, osmotik bosim, parsial bosim, reaksiya tezligi, kritik harorat, reaksiya issiqlik effekti, ebulioskopiya.
- 5-Ma’ruza. Elektrolit eritmalarning xossalari: Bu mavzu elektrolit eritmalarining xossalari, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi va elektrolit eritmalarining termodinamik nazariyasi haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kimyoviy muvozanat, elektrolit, molyal eritma, kolligativ, gidratlanish, elektrolitik dissotsiyalanish, aktivlik.
- 6-Ma’ruza. Elektr yurituvchi kuch: Bu mavzu elektr yurituvchi kuch va galvanik element, elektrodlar tasnifi haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Elektrod, galvanik, standart, elektr yurituvchi kuch, galvanoplastika, potensiallar, adsorbsiya, ionselektiv.
- 7-Ma’ruza. Kolloid kimyoning asosiy vazifalari. Kolloidlarni xususiyatlari. Kolloid sistemalarni turmushda va sanotda qo‘llanilishi: Bu mavzu kolloid kimyoning asosiy vazifalari, kolloidlarni xususiyatlari va kolloid sistemalarni turmushda va sanoatda qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kolloid, colla, kyuveta, intensiv, diffuziya, psevdo eritmalar, dispers sistemalar, sintetik materiallar, liofob, kondensatsiya usuli.
- 8-Ma’ruza. Kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi va olinishi, tozalash usullari: Bu mavzu kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi, olinish usullari va tozalash usullari haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kolloid, kyuveta, intensiv, diffuziya, psevdo eritmalar, dispers sistemalar, sintetik materiallar, liofob, kondensatsiya usuli.
- 9-Ma’ruza. Kolloid sistemalarning molekulyar – kinetik xossalari: Bu mavzu kolloid sistemalarning molekulyar – kinetik xossalari, Broun xarakati va diffuziya va osmotik bosim haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kinetik xossalar, Broun xarakati, diffuziya, liofob, kondensatsiya usuli, osmotik bosim.
- 10-Ma’ruza. Sedimentatsiya: Bu mavzu sedimentatsiya hodisasi va uni amalga oshirish usullari haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kinetik xossalar, Broun xarakati, diffuziya, liofob, kondensatsiya usuli, osmotik bosim, sedimentatsiya.
- 11-Ma’ruza. Dispers sistemalarning satxiy xossalari. Adsorbsiya. Asosiy tushunchalar: Bu mavzu dispers sistemalarning satxiy xossalari, adsorbsiya va asosiy tushunchalar, Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi va suyuq-gaz chegara sirtidagi adsorbsiya haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Monomolekulyar adsorbsiya, liofob, kondensatsiya, faza, izoterma, fazalararo, dispers, satx, qavatlar, adsorbsiya.
- 12-Ma’ruza. Dispers sistemalarning elektr xossalari. Elektrokinetik xodisalar: Bu mavzu dispers sistemalarning elektr xossalari va elektrokinetik xodisalar haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kondensatsiya usuli, elektrokinetik, monomolekulyar adsorbsiya, liofob, faza, izoterma, fazalararo, dispers, satx, qavatlar, dispers sistema, elektroforez, elektroosmos.
- 13-Ma’ruza. Mikrogeterogen sistemalar. Aerozollar. Tuproq kolloidlari: Bu mavzu mikrogeterogen sistemalar, aerozollar va tuproq kolloidlari haqida ma'lumot beradi. Tayanch iboralar: Kondensatsiya usuli, elektrokinetik, monomolekulyar adsorbsiya, liofob, faza, izoterma, fazalararo, dispers, satx, qavatlar, dispers sistema, elektroforez, elektroosmos, mikrogeterogen sistemalar.
- 1-Laboratoriya mashg‘uloti. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi: Bu laboratoriya mashg‘uloti kuchsiz elektrolitning solishtirma va ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash, uning dissotsilanish darajasi va disotsilanish konstantasini topishga bag'ishlangan.
- 2-Laboratoriya mashg‘uloti. Kompensatsiyalash usulida elektrokimyoviy zanjirlarning elektr yurituvchi kuchini o‘lchash: Bu laboratoriya mashg‘uloti Yakobi-Daniel elementining EYuK ni aniqlash, mis va rux elektrodlarining elektrod potensiallarini aniqlash hamda bufer eritmaning vodorod ko‘rsatkichini aniqlashga bag'ishlangan.
- 3-Laboratoriya mashg‘uloti. Kolloid eritmalar hosil qilish va ularni tozalash usullari: Bu laboratoriya mashg‘uloti kolloid eritmalar hosil qilish va ularni tozalash usullari, jumladan, disperslash, kondensatsiya va peptizatsiya usullari, shuningdek dializ usuli bilan tozalashni o'rganishga bag'ishlangan.
- 4-Laboratoriya mashg‘uloti. Elektroforez: Bu laboratoriya mashg‘uloti elektroforez hodisasini, uning nazariyasini va elektrokinetik potensialni o‘lchash usullarini o‘rganishga bag'ishlangan.
- 5-Laboratoriya mashg‘uloti. Kolloid sistemalarning agregativ barqarorligi: Bu laboratoriya mashg‘uloti kolloid sistemalarning agregativ barqarorligini, ya'ni koagullanish ostonasini aniqlashga bag'ishlangan.
- 6-Laboratoriya mashg‘uloti. Sedimentatsiya: Bu laboratoriya mashg‘uloti dispers sistemalarning sedimentatsiya hodisasini va disperslik darajasini aniqlashga bag'ishlangan.