Yosh davrlar psixologiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimidagi va rivojlanishidagi psixologik xususiyatlarni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy va amaliy jihatlarini, xususan, psixik taraqqiyot, shaxsning shakllanishi, yetakchi faoliyatlar, ta'limning roli kabi masalalarni qamrab oladi. Kitobda bolalik davridan to' o'spirinlik davrigacha bo'lgan psixik rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari, metodlari va nazariyalari tahlil qilingan. Shuningdek, turli yosh davrlari psixologiyasi bo'yicha mavjud nazariyalarning qiyosiy tahlili hamda ularning asosiy g'oyalari bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy davrida psixologik bilimlar va mutaxassislar tayyorlashning ahamiyati, yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari.
- 1-Mavzu: Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari: Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari (shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo'ladigan psixik, faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o'zaro ta'siri) va amaliy vazifalari (psixik jarayonlarning namoyon bo'lishi va rivojlanishi, shaxs psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o'rganishda ilmiy dalillarni tadbiq etish).
- 2-Mavzu: Inson kamoloti va psixologik taraqqiyotning umumiy va xususiy tomonlari: Inson kamolotiga ta'sir etuvchi omillar (biologik, ijtimoiy, ta'lim-tarbiya) va ularning o'zaro aloqadorligi. Psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari va tabiatning roli.
- 3-Mavzu: Ontogenezning (go'daklikning) ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlari: Go'daklik davri (tug'ilgandan 1 yoshgacha) va ilk bolalik davrida (1-3 yosh) psixik rivojlanish. Bola aql-idrokining rivojlanishi va shaxsining shakllanishi.
- 4-Mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: Maktabgacha yosh davri (3-7 yosh) psixik taraqqiyoti, bolalar o'yinining psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanishi, shaxsning shakllanishi va maktabga psixologik tayyorgarlik.
- 5-Mavzu: Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: Kichik maktab yoshi (6-10 yosh) psixik rivojlanishi, aqliy rivojlanishi, o'quv faoliyatining xususiyatlari va shaxsning shakllanishi.
- 6-Mavzu: O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: O'smirlik davri (10-15 yosh) psixologik xususiyatlari, intellektual rivojlanishi, shaxsning shakllanishi va yangi xislatlarning paydo bo'lishi.
- 7-Mavzu: Ilk o'spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari: Ilk o'spirinlik davri (15-18 yosh) psixik xususiyatlari, aqliy rivojlanishi va yoshlarning shaxsiy xususiyatlari.
- 8-Mavzu: Yoshlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorlash: O'spirinlarning ahloqi va ruhiyati, turmushga tayyorlash, sevgi - muhabbatning o'rni va ahamiyati.