Ijtimoiy menejment

Ushbu kitob ijtimoiy menejmentning nazariy va amaliy asoslarini, uslublarini, shakllanishini va rivojlanishini yoritib beradi. Unda ijtimoiy menejmentning mohiyati, tizimi, qonunlari va tamoyillari, boshqaruv uslublari, ilmiy uslublari, ijtimoiy texnologiyalar, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy siyosat kabi keng qamrovli mavzular chuqur tahlil qilingan. Kitobda shaxs va jamiyat o'rtasidagi qarama-qarshiliklar, ijtimoiy menejmentning innovatsion resurslari, shuningdek, Yaponiyada boshqaruv tizimining shakllanishi va uning asosiy jihatlari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Ijtimoiy menejmentning predmeti va mazmuni: Zamonaviy menejmentning nazariya va amaliyoti tez o‘zgaruvchan ijtimoiy kenglikda shakllanadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko‘ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki, avvalo, inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume‘tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
  • Tadbirkorlik madaniyatining paydo bo‗lishi: Tadbirkorlik madaniyatining shakllanishini o‗rganishdan avval tadbirkorlik tushunchasiga ta‘rif berib, uning kelib chiqishi, turlarini ko‗rib chiqamiz. «Biznes» inglizcha so‗z bo‗lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‗z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Xorijiy adabiyotlarda biznes ta‘rifining ko‗p turlari mavjud. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi, u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‗liq bo‗lgan.
  • Ijtimoiy menejmentning zamonaviy nazariyasi: Menejment nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy tashkilot, moliyaviy tuzilma, firma, butun jamiyatning rivojlanish maqsadlarini aniqlash hal qiluvchi yo‗nalish hisoblanadi. Ijtimoiy soha - davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi kishilik jamiyati hayot faoliyatining sohasi. Bu siyosat jamiyat hayotining hamma tomonlari taraqqiyotini ta‘minlovchi moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni taqsimlash, har bir insonning hayot tarzini yaxshilashga yo‗naltirilgan. «Ijtimoiy» so‗zi ijtimoiy guruhlar, individlar o‗rtasida ularning holati, jamiyatdagi o‗rni, hayot tarzi yuzasidan munosabatlari.