Informatikada o‘quvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishda bilish faoliyati, oʻquvchining bilish faoliyati, informatika fanidan oʻquvchilarning bilish faoliyati, informatika fanidan oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari ilgari surilgan. Umumiy oʻrta ta'lim maktablarining 7-sinfi informatika darsligidan "Axborotli olam muammolari va internet" va "WWW va uning tarkibi" nomli ikkita mavzu loyihalashtirilgan holda oʻquvchilarga etkazib berilishi va ularda mavzuni oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqish, ularninig bilim, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan omillar qiyosiy tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Oʻzbekiston tom ma'noda yoshlar mamlakati. Mamlakatimiz hayotining kelajakdagi taraqqiyotida yoshlaring oʻrni beqiyos. Axir Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek: “Oʻzbekiston kelajagi - yoshlar qoʻlida". Buning uchun mamlakatimizda qator islohotlar, yoshlarimiz uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida"gi Qonunning 6-moddasida yoshlar orasida odob- axloqni buzishga, shu jumladan, xayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot kilishga qaratilgan har qanday xatti-xarakat man etilishi belgilab qo'yilgan. Maktab o'quvchilar bilim olish jarayonida poydevor boʻlib xizmat qiladi. Shu sababdan ham maktablarda ayniqsa informatika, ingliz tili va shu kabi fanlari interfaol o'qitish uchun zarur texnika vositalari masalan: kompyuterlar, interaktiv doskalar bilan ta'minlanmoqda. Hozirgi vaqtda o'quvchilari ayniqsa informatika faniga qiziqtirish, diqqatini jalb etish uchun pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kerak. Ta'lim samaradorligini oshirishda o'quvchi shaxsiga dars jarayonida koʻproq e'tibor berish maqsadga muvofiq. Bitiruv malakaviy ishda bilish faoliyati, o'quvchining bilish faoliyati, informatika fanidan o'quvchilarning bilish faoliyati, informatika fanidan oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish masalalari ilgari surilgan va umumiy oʻrta ta'lim maktablarining 7-sinfi informatika darsligidan ikkita mavzu loyihalashtirilgan holda oʻquvchilarga etkazib berilishi va ularda mavzuni oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqish, bilish faoliyatini faollashtiruvchi omillar qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu bitiruv malakaviy ish kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
- I-BOB. TA'LIM JARAYONIDA BILISH FAOLIYATI: Inson o'z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya'ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki oʻzining ruhiy, ma'naviy dunyosini ham bilib boradi. Bilish - insonni tabiat, jamiyat va oʻzi toʻgʻrisida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy ma'naviy faoliyat turidir. Bilish - moddiy va ma'naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Aniq fanlar dunyoni turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini oʻrganadi va ochib beradi. Bu toʻgʻrida turli qarashlar mavjud. D.Yum bilishning manbai sub'yektiv sezgi va idroklarimiz biz oʻz sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz. I.Kant ob'yektiv borliqni tan olib, u predmet va hodisalari “narsalar oʻzida”ga boʻladi. “Narsalar biz uchun”ni inson biladi, bu insonni qurshab turgan hodisalar, narsalar. "Narsalar oʻzida”ni inson bila olmaydi. Bu erkinlik, oʻlmaslik, xudo va shu kabilar. Kant bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida, har tomonlara qarab chiqqan faylasufdir. V.Gegel (Hegel) – inson bilishini mutloq ruhning inson qiyofasida oʻz - oʻzini anglashidir deydi. L.Feyyerbax – dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilish tabiatning uning sezgilari va tafakkuridagi toʻgʻri in'ikosidir deydi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy – inson tabiat va jamiyatni hamda oʻzini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma'lum narsalardan noma'lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb koʻrsatadi. Ingliz F.Bekon (XVII – XVIII asr) inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. Fr. Dekart – birdan – bir toʻgʻri bilish – tafakkurdir. Fr. Didro, Gelbax, Gelvetsiy, Volter, Laretri sezgilar tafakkuming asosidir, quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori bosqichidir. Ilmiy bilish - oddiy bilishdan farq qilib, u borliqdagi predmet va hodisalaring qonuniyalarini, uning mohiyatini bilishdir. Hissiy bilish – insonning his qilishi, sezgi a'zolari orqali predmet, hodisalari, ularing tashqi tomonlarini, belgi va xususiyatlari bilishdir. Bu bilish xayvonlarga ham xos va farq ham qiladi. Mantiqiy bilish insonning predmet va hodisalari tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib, konkretlashtirib, ulari fikrda bilishdir. Induktiv bilish o'z tabiatiga koʻra, hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvurlar yoki yangi fikming birdaniga, kutilmaganda tug'ilishidir. G'oyibona bilish kishi uzoq masofadan turib sodir bo'lgan yoki sodir boʻladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishidir. Hozirgi uch mexanizm fanda ma'lum emas. Ijtimoiy bilish – insonning jamiyat va uning qonunlarini bilishidir. "Gnoseologiya” grekcha so'z boʻlib "gnosis" - bilish, "logos" - nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish toʻgʻrisidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. “Gnoseologiya" atamasi falsafaga nisbatan yaqinda (1854-yilda), shotland faylasufi J.Ferer tomonidan kiritilgan bo'lsa-da, biroq u toʻgʻridagi bilimlar Zardo'sht, Suqrot, Aflotun va Aristotel davrlaridayoq shakllana boshlagan edi. Kishilarda voqelikni abstrakt – fikriy aks ettira oladigan qobiliyat asosida paydo boʻladigan hamda rivojlanadigan in'ikosining dastlabki va yetakchi shakli tushunchadir. Bilish jarayonida tushunchaning asosiy vazifalaridan biri shuki, u ma'lum guruhlardagi narsalari baʼzan maʼlum, umumiy, muhim belgilariga koʻra umumlashgan holda ajratib aks edi. Unga quyidagicha ta'rif berish mumkin: tushuncha abstrakt tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba'zi narsalari umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy boʻlgan belgilar yig'indisini fikran ajratish natijasidir. Insonning abstrakt - fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga voqelikni aqliy oʻzlashtirishning boshqa shakllarini ham o'z ichiga oladi. Klassik formal mantiq faniga koʻra, tafakkuming muhokama yuritish (hukm) va xulosa chiqarish shakllari ham borligi ma'lum. Hukm – fikming shunday shakliki, uning yordamida tushunchalaring haqiqatga mosligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
- I.2. OʻQUVCHINING BILISH FAOLIYATI: Ma'lumki, bilish faoliyatining sub'yekti oʻquvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta'lim markazida uning shaxsi, ongi, ham oʻrganilayotgan olarga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: oʻquvchilar va uning ta'lim olishini tashkil etuvchi va yo'naltiruvchi oʻqituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan. Ta'limda oʻquvchilarining faoliyati haqida gap borganda oʻquvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlari bajarishida namoyon boʻladi. Bu xususiyatlar o'quvchilaring faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya'ni oʻquvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga boʻlgan faol munosabati uchun xarakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin. O'quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. Oʻquvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, oʻquvchi jalb etilayotgan ta'lim jarayoni turlicha kechishi; sub'yekt (oʻquvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni tahliliy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchilarida ijodiy xarakterga ega boʻlishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri - uning oxirgi natijasi egallangan bilim, malaka va ko'nikmalari xarakteriga ta'sir etadi. Oʻquvchining bilishi xuddi yetuk ilmiy bilish yo'li kabi faqat o'qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlari oʻrganish ularning tarixiy yoʻlini oʻzlashtirish yordamida kechadi. Insoniyatning umumlashtirilgan bilimlari tizimi taʼlim davomida oʻquvchilar tomonidan o'zlashtiriladi va ular ilmiy haqiqat tashuvchilariga aylanadilar. Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat sub'yektining atrof - muhit bilan oʻzaro ta'siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. Oʻquvchilaring ta'lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va oʻquvchining oʻzi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan oʻquvchining xafa boʻlib, “men oʻqidim, oʻrgandim! Adolatdan emas" degan fikni qat'iy takrorlashi bejiz emas. Bilishga qiziqish oʻqishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida oʻquvchini maktabga, darslarga, oʻz bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko'maklashadi. Oʻquvchilaring bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi oʻziga xos uzoq yoʻliga ega boʻlishi mumkin. Ayrim oʻquv - harakatlari ta'sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto oʻqishning yetakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma'naviy boyishiga ko'maklashuvchi umumiy yo'nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta'sir etadi. Bilishga qiziqishning ijtimoiy motivlar bilan oʻzaro aloqasi jiddiy bo'lib, ular orasida o'qituvchi va oʻquvchilar bilan muloqot alohida rol o'ynaydi. Ijtimoiy motivlar keng, uzoqlashgan, istiqbolli, ularing insoniy ifodasi boshlang'ich sinflardayoq paydo boʻladi (“Ma'lumotli bo'lishni istayman"). Axloqiy motivlar - juda muhim guruh, ularda shaxs shakllanishining jiddiy jihatlari - avvalo odamlarga, faoliyatga, oʻzining jamiyatdagi va jamoadagi oʻmiga nisbatan axloqiy munosabatlari ifodasini topadi. Muloqot motivlari – yana bir guruh. Oʻquvchilari o'qishga real undaydi. Umuman maktabga ijobiy munosabat zamirida yotadi. O'quv motivlari - sof shaxsiy tuzilma, biroq ular predmetlar dunyosidan boshlanadi (A.N.Leontoev), shunchaki hosil boʻlmaydi. Bilish motivlari - tobora xarakterli guruh, zero u bilish - oʻquv predmetiga nisbatan munosabatni ifodalaydi. Bunda tobora ahamiyatlisi bilishga qiziqish va ehtiyojlar sanaladi. Oʻquvchiga “yangi narsani bilish”, “oʻzini bilimga ilgarilashni koʻrish",
- I.3. INFORMATIKADAN OʻQUVCHILARING BILISH FAOLIYATI: Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish uchun ko'pincha o'quvchi shaxsiga eʼtibomi qaratish zarur, ayniqsa informatika faniga, sababi bu fan yosh fan va tezkor sur'atlarda doimiy rivojlanib turuvchi fan. Shu sababli ta'lim muassasalarida bu fanga oʻquvchilarning qiziqishi beqiyosdir. O'qituvchi tomonidan o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud: 1. Har bir o'quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish. 2. Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda oʻquvchi oʻzini shaxs deb sezsin, unga boʻlgan e'tibomi tuysin. 3. O'quvchiga tazyiq oʻtkazmaslik hamda uning kamchiligini bo'rttirmaslik, bilimlari oʻzlashtirmasligi, o'zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ulari oʻquvchining shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish. 4. Ta'limda “muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, o'quvchiga o'qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning oʻz kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. Oʻquvchiga atrofdagilaring har biri oʻzi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. O'quvchining hurmati va ishonchini qozonish, oʻziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. O'quvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta'limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati. Umumiy oʻrta ta'lim muassasasining oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta'limni amalga oshirish faoliyatida oʻquvchilarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijtimoiy-hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta'minlash juda muhimdir. Oʻquvchining rivojlanishiga sharoit nafaqat sinf xonalarida, balki ta'lim muassasasiga kirishda, yoʻlaklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan boʻlishi shart. Xona va bino – bu o'quvchining rivojlanishi uchun muhim bo'lgan ichki omildir, binodan tashqaridagi sport, dam olish va oʻyin maydonchalari, maktab va boshqa ta'lim muassasasining hududi – tashqi omillar boʻlib xizmat qiladi. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi muhit ta'lim-tarbiya jarayonida oʻquvchining yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holdagi eng qulay shart-sharoitlari ta'minlashga xizmat qiladi. Unga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: O'quvchining salomatligini saqlash omillari: toza havo, toza joy, normal harorat va yorug'lik taʼminlanadigan bino va oʻquv xonalari; Maktabning o'quvchini noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joy boʻlishini taʼminlash; O'quvchilariga harakat, kashf qilish va tajriba qilishlariga rag'bat koʻrsatish, ya'ni maktab hududining barcha joylarida bunga imkon boʻlsin. Masalan, sport, dam olish va oʻyin maydonchasida jihozlaring etarli boʻlishi; koridorda turli oʻsimliklaring oʻsishini kuzatish, xonada oʻquv fanlariga doir ma'lumotlar, kutubxonada turli kitoblar boʻlishi va shu kabilar; O'quvchilar oʻzlari ishlagan barcha narsalar, ashyo va qoʻllanmalar oʻquvchi koʻra oladigan, boʻyi etadigan darajadagi masofa va balandlikda joylashgan boʻlishi; O'quvchilar oʻrtasida hamkorlik va muloqotga rag'bat bildirish, ya'ni darsda kichik guruh va juft boʻlib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda oʻyin oʻynashlariga sharoit yaratilgan boʻlishi kerak; O'quvchilarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi boʻlishi. Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish. Sinf xonasi o'quvchining har tomonlara rivojlanishini ta'minlaydigan alohida mavzular boʻyicha qismlarga boʻlingan va shu har bir qismlar oʻz mavzulari boʻyicha o'quvchi uchun kerakli va qiziqarli boʻlgan ashyo, jihozlar, oʻyinchoqlar, konstruksiyalar, belgilar, raqamlar, soʻzlar va h.k. bilan jihozlanganligi. Mebel o'quvchining jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga toʻsiq boʻlmaydigan holda joylashtirilgan boʻlishi, o'quvchi oʻziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira oladigan va nogiron oʻquvchilar uchun mos mebel ham boʻlishi, shuningdek, oʻqituvchi uchun mebel ham qulay boʻlishi kerak. O'quvchining idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta'minlash. O'quvchilar koʻrishi va tanishishi uchun narsalar va ma'lumotlari iloji boricha bitta joyga juda koʻp joylashtirmaslik, bu oʻquvchining ulari ajratib olishiga xalaqit beradi. O'quvchiga erkin tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash. Oʻz tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish. Kundalik qilinadigan ishlari biror jadval shaklida soʻzlar hamda belgilar bilan tasvirlash, uni oʻquvchi koʻra oladigan va tushunadigan holatda ilib qoʻyish. Ota-onalar va maktab oʻrtasida iliq munosabatlari shakllantiruvchi muloqot oʻmatishga imkon beruvchi muhit yaratish. Shaxsga yo'naltirilgan oʻquv vaziyatlari oʻquvchilaring bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bog'liq. Bunday o'quv mashg'ulotlarining shakllari turlicha. Ular orasidan alohida e'tibor dars jarayonida o'qituvchi-o'quvchi hamkorligining tadqiqot - izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, koʻrgazmali, tasviriy, reproduktiv va boshqa metodlar ham qoʻllaniladi. Bunday mashg'ulotlaring shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konsepsiyasi va tamoyillariga mos kelib, ular oʻquvchi ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda o'quv faoliyatiga rag'bat uyg'otish orqali o'quvchilari bilim egallashga yo'naltirib, bunday shakl va usullarda tashkil etilgan ta'lim jarayoni oʻquvchilarning shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri boʻlib qoladi. O'quvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta'lim amalga oshiriladigan ayrim noano'anaviy dars shakllarini keltiramiz: Shoʻngʻish darsi - maʼlum bilimlari egallash uchun eng qulay muhitda boʻlish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol oʻrganish mashqlaridan iborat. Musobaqa darsi - oʻquvchilarning oʻzaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlari mustahkamlash mashqlari. Konsultatsiya darsi - dars jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro hamda oʻqituvchining konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni oʻzlashtirish mashqi. Ijod darsi - oʻquvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. Sinov darsi - oʻquvchilarning oʻzlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars. Shubha bildirish darsi - dars mavzusi boʻyicha qoidalar, xulosalari agar notog'ri deb hisoblansa, nimalar bo'lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar oʻtkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Ijodiy hisobotlar darsi - oʻquvchilarning ayrim mavzular boʻyicha mustaqil oʻrgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti. Umumlashtirish darsi - ilgari oʻtilgan mavzular boʻyicha olingan bilimlari umumlashtirish mashqlarini oʻtkazish darsi. Ilmiy-fantastika darsi - oʻquvchilarning o'rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar oʻylab topishlari mashqini oʻtkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi. Haqiqatni izlash darsi - dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan oʻquvchilarning mustaqil fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni oʻzlashtirishni ta'minlash darsi. "Paradokslar” darsi - oʻquvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻrganilayotgan mavzuni har turli “paradokslarga
- II- BOB. INFORMATIKADA OʻQUVCHILAR BILISH FAOLIYATINI FAOLLSHTIRISHGA QARATILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIHALASHTIRISH: Hozirgi axborot globallashuv davrida informatika va axborot texnologiyalari fani o'quv mashg'ulotlari interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba- oʻquvchilardagi bilim va koʻnikmalari, ularing fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o'sishiga sababchi boʻladi. Oʻquv mashg'ulotining oʻqituvchi tomonidan rejalashtirilish koʻzlangan maqsadga, kafolatli natijaga erishish zamin boʻladi. Ta'lim beruvchi tomonidan har bir oʻquv mashg'ulotini yaxlit holatda koʻra bilish va uni tassavur etish uchun oʻquv mashg'ulot jarayonlarini loyihalashtirilib olinishi kerak hamda uni olib borishda texnologik xaritani tuzish lozim. Chunki texnologik xarita katta ahamiyatga ega. Texnologik xaritada ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyati (o'quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qoʻllaniladigan vositalar tavsiflanadi. Har bir informatika fani oʻquv mashg'ulotlarda interfaol metodlari toʻgʻri tanlab, undan to'g'ri foydalanish oʻtilayotgan mavzuning mazmun mohiyatini to'liq ochib berishga xizmat qiladi. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari boʻyicha bir yoʻla axborot beriladi. Ayni paytda, ularing har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda oʻz gʻoyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Informatika oʻqitishda didaktik o'yin texnologiyalari tushunchalarini oʻquvchilarda shakllantirish quyidagicha izohlanadi: 1. Informatika oʻqitishda didaktik o'yin texnologiyalari toʻgʻrisidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Informatika oʻqitishda didaktik o'yin texnologiyalari toʻgʻrisidagi tushunchalari farqlay oladilar. Ta'lim jarayonida didaktik oʻyinli texnologiyalar didaktik oʻyinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda talabalaring bilim olish jarayoni oʻyin faoliyati orqali uyg'unlashtiriladi. Shu sababli o'quvchilarining ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik oʻyinli darslar deb ataladi. Inson hayotida oʻyin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - o'yin faoliyati orqali shaxsning o'qishga, mehnatga boʻlgan qiziqishi ortadi; - o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; - shaxsning oʻz iqtidori, qiziqishi, bilimi va oʻzligini namoyon etishiga imkon yaratiladi; - hayotda va oʻyin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklari engish va moʻljalni toʻgʻri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; - oʻyin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; - shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; - insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlari oʻrganishga e'tibor qaratiladi; - oʻyin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlari o'quvchilarining bilim olish va oʻyin faoliyatining uyg'unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar oʻyini, konferentsiyalar, oʻyin-mashqlarga ajratish mumkin. O'qituvchi-pedagog avval talabalari individual (yakka tartibdagi), soʻngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni oʻtkazishi, oʻyin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ulari ommaviy oʻyinlarga tayyorlashi lozim. Chunki oʻquvchilar didaktik oʻyinli mashg'ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega boʻlishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi oʻrtasida hamkorlik, oʻzaro yordam vujudga kelishi lozim.
- II.2. INFORMATIKA DARSLIGIDAGI BA'ZI MAVZULARNI LOYIHALASHTIRISH: O'quvchilarning informatika fanidan bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida 7-sinf informatika fanidan ikkita (“Axborotli olam muammolari va internet", "www va uning tarkibi") mavzu boʻyicha loyihalar tuzildi. Loyiha asosida o'qitish natijasida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalari qiyosiy tahlil qilindi. Biz quyida ushbu loyihaning umumiy tuzilishni keltirib oʻtamiz. PEDAGOGIK ANNOTATSIYA Fanning nomi: “INFORMATIKA”. Mavzuning nomi: “AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET", "WWW va uning tarkibi" Ishtirokchilar: 7-sinf oʻquvchilari O'qitishning maqsadi: oʻquv fani boʻyicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida axborotli olam muammolari va internet boʻyicha bilim, malaka ko'nikmalarni shakllantirish. Rejalashtirilayotgan oʻquv natijalari: axborotli olam muammolari haqida tushuncha oladi; global tarmoq haqida yanada ko'proq ma'lumotlarni oʻzlashtiradi; internet tarkibida ma'lumot izlash yo'llarini bilib oladi; internet tarkibidagi www loyihasi va unda ishlash borasida ko'nikmalariga ega boʻladi. Loyihalashtirish faoliyati boʻyicha quyidagi amaliy koʻnikmalarga ega bo'ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o'z faoliyatini rejalashtirish; ma'lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli koʻrinishda taqdim etish. Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim boʻlgan tayanch bilim va koʻnikmalar quyidagilardan iborat: Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: axborot haqida umumiy ma'lumot; internet tarmogʻi haqida boshlang'ich ma'lumot; Quyidagi ko'nikmalarga ega boʻlishlari kerak: internetda ma'lumot izlay olish; ma'lumot izlashda samarali usullardan foydalanish; guruhda faoliyat yuritish, hamkorlikda oʻqish tartib va qoidalari. Turlanish belgilari boʻyicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan koʻlami bir fan boʻyicha foydalaniluvchi monoloyiha; oʻquvchilar oʻquv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh oʻquvchilari 2 ta ishchi guruhga boʻlinib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi boʻlishi mumkin (oʻquvchilar ko'proq boʻlsa, loyiha yoʻnalishlarini koʻpaytirish mumkin); bajarish muddati uzoq muddatli – bir oy davomida; Loyihani bajarish tartibi: oʻquvchilarning sinfdagi dars jarayonlariga bogʻliq, mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg'ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli oy oxirida, oʻquvchilar va pedagog oʻrtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi. Loyihaning baholanishi ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a'zosi uchun): oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 5); hisobot (maks. ball – 5); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks.ball – 8). Loyiha asosida oʻqitish bosqichlari. Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; sinfdagi mashg'ulot vaqtida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish. Loyihani bajarish bosqichlari: sinfdan tashqari faoliyat davrida. Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va sinf mashg'ulotida oʻquvchilarning loyihalashtirish faoliyatini baholash. Loyiha asosida o'qitishni boshqarish: sinfdan tashqari faoliyatda. O'qitish modeliga qisqacha tavsifnoma. Loyiha asosida oʻqitish jarayonida quyidagilar qoʻllaniladi: o'qitish usullari: loyihalashtirish usuli, matn va axborot manbalari bilan ishlash, taqdimot; o'qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy; o'qitish vositalari: loyiha topshirig'i, uslubiy koʻrsatmalar, kompyuter texnologiyalari. OʻQUV LOYIHASI: “AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET" I. LOYIHA TOPSHIRIGʻI Axborot deyilganda - barcha sezgi a'zolarimiz orqali borliqni ongimizda aks ettirish tushuniladi. Internet bu butunjahon kompyuter tarmog'idir. U katta va kichik lokal kompyuter tizimlarning oʻzaro aloqa bog'lab, global miqyosda axborot almashinuvini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Undagi protokollar tizimi orqali boshqariladigan barcha tarmoqlar bir-biri bilan oʻzaro aloqada ishlaydi va foydalanuvchilar uchun maʼlumotni saqlash, izlash, chop etish, ko'chirish, jo'natish va qabul qilish; matn, tovush, foto, grafika, musiqa va boshqa shakllardagi ma'lumotlar bilan interfaol ravishda almashish amallarini bajara oladi. Internet vaqt, makon va geografik chegaralarni bilmaydi, u tun-u kun, har qanday ob-havoda, har qanday davlatda ishlayveradi. Buning uchun zarur texnik ta'minot bo'lsa bas. Hozirgi kunda internet tarmogʻida ma'lumotlarning koʻpayganligi bois har xil qisqa qilib aytganda keraksiz maʼlumotlarga aldanib giperssilkalar orqali oʻtish avj olmoqda.Bu esa albatta yoshlarni internetdan to'g'ri foydalana olmayotganliklaridan dalolatdir. Loyiha doirasida yechilishi kerak boʻlgan muammo oʻquvchilarning axborotli olam muammolari va internet haqida bilish faoliyatini faollashtirish Vazifalar: 1. Axborotli olam muammolari va internet mavzusida sinkveyn tuzish. 2. WWW va uning tarkibi haqida videtopishmoqni yechish. Loyihaning maqsadi (nima uchun yaratilayapti) oʻquvchilarda axborotli olam muammolari va internet haqida bilish faoliyatlarini yanada oshirish Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija (loyiha mahsuli) oʻquvchilarda mavzuga doir koʻnikmaning shakllanishi Loyihadan foydalanuvchilar: pedagog-o'qituvchilar va oʻquvchilar Loyihaning tarkibi: Sizga taklif etilayotgan ushbu tarkibiy tuzilish informatika fanidan oʻquvchilarning qiziqishini oshirishga ta'sir ko'rsatish No Mavzu nomi Loyiha tarkibi va ularning tayyorlanish muddatlari jadvali* Loyiha tarkibiy boʻlimlarining nomi Tayyorlanish muddati 1 Axborotli olam muammolari va Internet(Sinkveyn) 1 soat 2 WWW va uning tarkibi(Videotopishmoq) 2 soat 3 Sinkveyn tuzish 30 daqiqa 4 Videotopishmoq tayyorlash 30 daqiqa Izoh: *-grafikda koʻrsatilgan muddatlar va tarkibiy qismlar namunaviy boʻlib, pedagog va oʻquvchilar tashabbusi hamda tanlangan loyiha yoʻnalishidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Loyiha doirasi: • bajarilish muddati: dars davomida, loyiha qismlari belgilangan grafik asosida; ishtirokchilar soni: sinf o'quvchilar 2 ta ishchi guruhga bo'linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi boʻlishi mumkin. Loyiha topshirig'i natijalarini aniqlash boʻyicha va loyiha faoliyatini rejalashtirish yuzasidan rezyume qiladi. Talabalar diqqatini loyiha ish mazmuni va ularni bajarish tartibiga qaratadi. Anketaning birinchi qismini to'ldirishni taklif etadi Loyiha topshirig'i bilan tanishadilar. Axborot manbalarini, uni yigʻish va tahlil qilish yo'llarini tavsiya etadi. Loyiha faoliyati natija-larini baholash mezonlari va tadbirlari bilan tanishtiradi Loyiha guruhlarini shakl-lantirishni va loyiha mavzusini tanlash tashabbusini oshiradi Guruhlarda ishlash qoidasini tushuntirib, topshiriq beradi: - loyiha faoliyati vazifalarini aniqlash va uni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash; -loyiha faoliyatini tartibini ishlab chiqish; -loyiha vazifalarini baja- rishning yo'l va vositalarini tanlash, uning natijalarini rasmiylashtirish va taqdimot; - ish rejasini tuzish. Savollar beradilar Guruhlarga birlashadilar. Mavzuni tanlash toʻgʻrisida umumiy xulosa qabul qiladilar Guruhlarda loyiha faoliyatini loyihalashtirish va rejalash- tirish boʻyicha ishlarni tashkillashtiradi: loyihani bajarish yo'li va bosqichlarini aniqlaydilar, ishtirokchilar oʻrtasida vazifalarni taqsimlay- dilar, hamkorlik shakllarini aniqlaydilar, loyiha vazifalarini bajarishning yo'l va vositalarini, uning natijalarini rasmiylashtirish yo'llarini tanlaydilar. Ish rejasini tuzadilar