Amaliy mexanika
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma "Amaliy mexanika" fanining "Materiallar qarshiligi" bo'limidan hisob chizma ishlarini bajarishi lozim bo'lgan bo'limlarni o'z ichiga olgan va texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada "Nazariy mexanika" va "Materiallar qarshiligi" ga doir qisqacha nazariy ma'lumotlar, masalalarni echish metodlari keltirilgan. "Nazariy mexanika" va "Materiallar qarshiligi" bo'limi bo'yicha hisob chizma ishlarini bajarish, talaba tomonidan ilk bor aniq misollar asosida, mustaqil ravishda bajariladigan ishi hisoblanadi. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Respublika oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tavsiyalari va ko'rsatmalari hamda ishchi dastur asosida sodda tushunarli tilda yozilgan.
Asosiy mavzular
- 1-MA'RUZA. Kirish. Asosiy tushunchalar. Statikaning asosiy aksiomalari. Bog'lanish reakstiya kuchlari.: Statika ta'rifi, moddiy nuqta, mexanik sistema, absolyut (mutloq) qattiq jism, erkin va erkin bo'lmagan jism, kuch, kuchlar sistemasi, ekvivalent kuchlar, teng ta'sir etuvchi kuch, muvozanatlashgan kuchlar sistemasi, statikaning asosiy aksiomalari, bog'lanish va bog'lanish reakstiya kuchlari turlari.
- 2-MA'RUZA. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasi. Juft kuch va uning momenti.: Kesishuvchi kuchlar sistemasi, teng ta'sir etuvchisini geometrik va analitik usulda aniqlash, kuchlarni tashkil etuvchilarga ajratish, juft kuch va juft kuch momenti, juft kuchlarni qo'shish va ularning muvozanat sharti.
- 3-MA'RUZA. Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi va uning muvozanati. Bosh vektor va bosh moment.: Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanati, bosh vektor va bosh momentni aniqlash, muvozanat shartlari (geometrik va analitik).
- 4-MA'RUZA. Nuqta kinematikasi. Qattiq jism harakatining berilish usullari. Tezlik va tezlanishlarni aniqlash.: Nuqta harakatini aniqlash usullari (vektor, koordinata, tabiiy), tezlik va tezlanishni aniqlash.
- 5-MA'RUZA. Qattiq jismning ilgarinlanma va qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati.: Qattiq jismning ilgarilanma harakati, qo'zg'almas o'q atrofida aylanma harakat, burchak tezligi va burchak tezlanishini aniqlash.
- 6-MA'RUZA. Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari.: Dinamikaning asosiy tushunchalari (kuch, massa), Nyutonning dinamika qonunlari, mexanik harakatning differensial tenglamalari.
- 7-ma’ruza. Konstrukstiya elementlari va ularning tuzilmalari. Yuklanishlar. Deformastiya va uning turlari. Kuchlanishlar.: Konstrukstiya elementlari, yuklanishlar, deformastiya va uning turlari, kuchlanish va uning turlari, Guk qonuni.
- 8-Ma’ruza. Cho’zilish va siqilish deformastiyasi. Guk qonuni. Puasson ko effistenti.: Cho’zilish va siqilish deformastiyasi, Guk qonuni, Puasson koeffistenti, mustahkamlik sharti.
- 9-Ma’RUZA. Murakkab kuchlanish xolati. Mustahkamlik nazariyalari.: Chiziqli, tekis va fazoviy kuchlanish holatlari, mustahkamlik nazariyalari (Galiley, Mariot, Kulon).
- 10-MA’RUZA. Siljish. Sof siljishdagi Guk qonuni.: Siljish deformastiyasi, sof siljish, tangenstial kuchlanish, Guk qonuni va mustahkamlik sharti.
- 11-Ma’ruza. Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari.: Tekis kesim yuzalarining statik va polyar inerstiya momentlari, markazdan qochuvchi inerstiya momenti.
- 12-Ma’ruza. Buralish. Asosiy tushunchalar. Burovchi moment. Valni buralishdagi mustahkamlik sharti.: Buralish deformastiyasi, burovchi moment, buralish burchagi, tangenstial kuchlanish, mustahkamlik sharti.
- 13-Ma’ruza. Egilish. Egilishda ichki zo’riqish kuchlari. Defferenstial bog’lanishlar.: Egilish deformastiyasi, kesuvchi kuch, eguvchi moment, normal va tangenstial kuchlanishlar, mustahkamlik sharti.
- 14-Ma’ruza. Murakkab qarshilik. Asosiy tushunchalar. Cho’zilish bilan egilish va buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri.: Murakkab qarshilik, cho’zilish bilan egilish, buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri, mustahkamlikka hisoblash.
- 15-ma’ruza. Ustuvorlik. Kritik kuch. Eyler formulasi.: Ustuvorlik, noustuvorlik, kritik kuch, Eyler formulasi, sterjenning egiluvchanligi.
- 16-ma’ruza. O’zgaruvchan kuchlanish holatida bo’lgan materiallarni mustaxkamligini tekshirish.: O’zgaruvchan kuchlanish turlari, chidamlilik chegarasi, materialning toliqishga mustahkamligini oshirish usullari.