Dixlordiftormetan ishlab chiqarish texnologiyalarini o’rganish

Mazmun - Diftordixlormetan ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik parametrlari va optimal sharoitlarni aniqlash, uning texnologik tizimini loyihalash. Unda tetraxlormetanni turli sharoitlarda ftorlash bilan diftordixlormetan ishlab chiqarish jarayonlari, ftorlash jarayonining texnologik parametrlari va optimal sharoitlari o'rganildi. Tayyor mahsulot va xom ashyoning fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari, materiallar balansi, issiqlik balansi, asosiy qurilma - reaktorning mexanik hisoblari amalga oshirildi. Diftordixlormetan olish jarayonidagi asosiy qurilmalardan hisoblanuvchi gidrirlash qurilmasi MATLAB dasturi asosida avtomatlashtirildi hamda xarorat bo'yicha nazorat turlari aniqlab olindi. Ishlab chiqarish tannarxi, foyda va rentabillik hisoblandi. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va atrof-muhit muhofazasi masalalariga ham alohida to'xtalindi.

Asosiy mavzular

  • Diftordixlormetan ishlab chiqarish jarayoni: Tetraxlormetanni turli sharoitlarda ftorlash bilan diftordixlormetan ishlab chiqarish jarayonlari, ftorlash jarayonining texnologik parametrlari va optimal sharoitlari aniqlandi. Bunda ftorlash mahsuloti –diftordixlormetan ikki bosqichda kaliy ftoridi ishtirokida 90-95% unumdorlik bilan ftorlanishi aniqlandi. Tetraxlormetanni ftor bilan kaliy ftoridi ishtirokida katalitik galogenlash jarayonining xarorat, bosim, xom ashyo va katalizator nisbati hamda boshqa omillari aniqlandi, reaktsiyani izomerlanish bosqichida to'xtatib qolish mumkinligi o'rganib chiqildi.
  • Texnologik tizimni loyihalash: Tayyor mahsulot va xom ashyoning fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari o'rganib chiqildi, bunda so'ngi yillarda chop etilgan adabiyotlar va internet ma'lumotlariga asoslangan holda diftordixlormetan ishlab chiqarishning texnologik tizimi tanlab olindi. Ishlab chiqarish quvvati - 48850 t/y, bosim 5.0 MPa, 50-70 °S xarorat, diflordiftormetan bo'yicha chelektivlik 90 - 96%, tetraftormetanning konversiyasi 93-99% ekanligi aniqlandi.
  • Jarayonning hisob-kitoblari: Jarayonning materiallar balansi, issiqlik balansi, asosiy qurilma - reaktorning mexanik hisoblari amalga oshirildi. Diftordixlormetan olish jarayonidagi asosiy qurilmalardan hisoblanuvchi gidrirlash qurilmasi MATLAB dasturi asosida avtomatlashtirildi hamda xarorat bo'yicha nazorat turlari aniqlab olindi. Ishlab chiqarish tannarxi, foyda va rentabillik hisoblandi.
  • Mexnatni muhofaza qilish: Mehnatni muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasi 2009 y 47-son 59 moddasida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar toʻplami, 2000 у 7-son 39 modda bilan tasdiqlangan.
  • Fuqaro muhofazasi: Fuqoro muhofazasiga oid xuquqiy va me'yoriy hujjatlar. Oʻzbekiston Respublikasida Fuqoro muhofazasiga oid quyidagi xuquqiy me'yoriy hujjatlar va Vazirlar mahkamasining qarorlari kuchga kiritilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 143 sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligini" tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori 11 aprel 1996 y.
  • Atrof-muhit muhofazasi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi tomonidan Davlatimiz rahbarining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da belgilab berilgan asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish faoliyati asosiy yo'nalishlarga muvofiq o'tgan yilda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, markazda va joylarda davlat hokimiyati idoralari, shuningdek, turli ijtimoiy va boshqa tuzilmalarning sog'liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida shu paytgacha qabul qilingan dasturlarning so'zsiz bajarilishi bo'yicha mas'uliyatini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.