Kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Uslubiy qo'llanma kasbiy fanlarni o'qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirish, interfaol ta'limni tashkil etishning o'ziga xosliklari, interfaol metodlar va grafik organayzerlar, keys-stadi, o'quv loyihasi va o'quv portfoliosi kabi ilg'or pedagogik texnologiyalarga oid nazariy materiallar hamda "Kasbiy fanlarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish" faniga doir amaliy mashg'ulotlar o'z aksini topgan.

Asosiy mavzular

  • Kasbiy fanlarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish: Mazkur bo'limda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq tushunchalar va ularning mohiyati, o'quv mashg'ulotini loyihalash va rejalashtirish mazmuni, o'quv mashg'ulotining maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, kasbiy fanlarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish tizimi kabi masalalar yoritilgan.
  • Kasbiy fanlarni o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish yo'llari: Ushbu bo'limda interfaol metodlar tushunchasi, tasnifi va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Keys-stadi metodi: afzalliklari va imkoniyatlari: Keys-stadi metodining kelib chiqish tarixi, kategorial apparati, turlari va ularning o'ziga xosliklari hamda topshiriqlarini ishlab chiqish qoidalari bayon etiladi.
  • O'quv loyihasi – kasbiy fanlarni o'qitishning samarali metodi sifatida: O'quv loyihasining o'ziga xosliklari, turlari, qo'llashning samarali shakllari va kasbiy fanlarni o'qitishda foydalanish yo'llari ko'rsatiladi.
  • O'quvchilarning bilish faolligini oshirishda o'quv portfoliosining imkoniyatlari: O'quv portfoliosi va uning o'ziga xosliklari, turlari, o'quvchilarning bilish faolligini oshirishda uning imkoniyatlari hamda kasbiy fanlarni o'qitishda foydalanish yo'llari bayon etiladi.