Биокимё

Ushbu kitobda oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti talabalari uchun "Biokimyo" fanidan ma'ruzalar matni keltirilgan. Ma'ruzalar tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, tuzilishi, hayot faoliyatini ta'minlovchi modda almashinuvi jarayonlari va qonuniyatlarini o'rgatadi. Biokimyo fanidan olingan bilimlar talabalarga oziq-ovqat sanoatida mavjud bo'lgan biokimyoviy jarayonlarni tushunishga asos yaratadi.

Asosiy mavzular

  • Oqsillar: Oqsillar, ularning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, biologik funktsiyalari. Ularni ajratib olish va aniqlash asoslari. Oqsil tarkibiga kiruvchi aminokislotalar, ularning klassifikatsiyasi, xossalari. Struktura va biologik aktivlikning namoyon bo'lishiga ta'siri.
  • Nuklein kislotalar: Nuklein kislotalar, turlari, funktsiyalari, strukturasi. Purinli va primidinli asoslari. Nukleotidlar
  • Uglevodlar: Uglevodlar, ularning turlari, biologik funktsiyalari. Uglevodlarning fermentlar yordamida o'zgarishi. Keng tarqalgan pentoza va geksozalar, ularning bir-biriga aylanishi, xossalari, oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati.
  • Fermantlar: Fermantlar, Fermentli kataliz nazariy asoslari. Ferment-subʼstrat kompleks tushunchasi. Fermentlarning aktiv markazi haqida tushuncha. I va II komponentli fermentlar.
  • Vitaminlar: Vitaminlar, ularning ahamiyati, kashf etilishi. Provitaminlar, profermentlar. Vitaminlarning turkumlanishi. Suvda eruvchan vitaminlar(B1, B2, B6, B12, PP, C). Yog'da eruvchan vitaminlar (A, E, D).
  • Lipidlar: Lipidlar, turlari. Yog'lar va ularning xossalari, sifat ko'rsatkichlari. Yog' kislotalarining sinflanishi. Yog'larning biosintezi.
  • Moddalar almashinuvi: Moddalar almashinuvi jarayonining bir-biriga bog'liqligi. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarining bog'liqligi. O'simliklar va mikroorganizmlarni o'sishini rivojlantiruvchi vositalar. Gerbitsidlar va antibiotiklar. O'simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlashda biokimyoviy jarayonlarning ahamiyati.