Excel elektron jadvalini o’rganuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

Ushbu bitiruv malakaviy ishida Excel elektron jadvalini o'rganuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash mavzusidagi ish ko'rib chiqilgan. Ishda "Excel elektron jadvalini o'rganuvchilar uchun o'quv qo'llanma" dasturini yaratish jarayonida foydalanilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, C++ Builder dasturlash muhiti va uning standart komponentalari, shuningdek, Excel dasturining imkoniyatlari va funksiyalari, formulalar bilan ishlash usullari, diagrammalar tuzish va iqtisodiy masalalarni yechish kabi mavzular chuqur o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil siyosat natijasidagi rivojlanish ta'lim tizimida ham o'qitishning yangi shakllarni joriy etishni taqoza etmoqda. Shu sababli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta'lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
  • I Avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar: Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va ishlab chiqarish jarayonlarini o'zlashtirish og'ir sanoat va mashinasozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda boshlandi. Og'ir, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qo'llanila boshladi, transport avtomatikasi takomillashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xo'jalik, institutlar avtomatika laboratoriyalari tashkil etildi.
  • 1.2. Microsoft Excel haqida umumiy ma'lumot.: Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash, ularni taxlil qilish, xisob-kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar Sirer Sals va Excel yaratilgan bo'lib, ular elektron jadvallar yoxud jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron jadvallar ayni vaqtda qo'llanadigan soxalar ko'p, xususan bank va soliq tizimlarida, iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanilib kelinmoqda.
  • 1.3 Microsoft Excelda formulalar bilan ishlash.: Excelda tayyorlanadigan ma'lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to'ldirilishini aytib o'tdik. Ba'zan yacheykalardagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug'iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
  • II C++ Builder asoslari: Dastlabki kompyuterlar ikkinchi jahon urushi vaqtida artilleriya snaryadlarining harakat trayektoriyasini hisob-kitob qilish maqsadida qurilgan edi. Oldin dasturchilar eng sodda mashina tilini o'zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar.
  • 2.1 Loyihani yaratish uchun tanlangan dasturlash tili.: Dastlabki kompyuterlar ikkinchi jahon urushi vaqtida artilleriya snaryadlarining harakat trayektoriyasini hisob-kitob qilish maqsadida qurilgan edi. Oldin dasturchilar eng sodda mashina tilini o'zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar.
  • 2.2 C++ Builder dasturlash muhiti.: Komponentalar palitrasi ilovalarni qurishda taklif qilinadigan 100 dan ortiq takroran qo'llanadigan komponentalardan iborat.
  • 2.3 C++Builderning standart komponentalar.: Xar bir dasturiy ta'minotning o'z standart komponentalari mavjud bo'lib quyida C++Builderning standart komponentalari aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz:
  • III "Excel dasturini o`rganish uchun o`quv qo`llanma" dasturni yaratilishi: "Excel elektron jadvalini o`rganuvchilar uchun" elektron o`quv majmuasi quyidagicha:
  • 3.1. Dasturni ko`rinishi: Bu oynada barcha silka va tugmalar joylashtrilgan. Bu dasturda Axborot-Telekommunikatsiya texnologiyalari mavzulari yuzasidan elektron o`quv majmua yaratilgan bo`lib, dasturda zamonaviy axborot texnologiyalari haqida, Windows operatsion tizimi haqida, Ms Word va Ms Excelda ishlash ko`nikmalari haqida, Power Point va kompyuter tarmoqlari haqida ham umumiy tushunchalar berib o'tilgan.