O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirishda davlatning rolini bozor mexanizmlari asosida koʻrsatib berishdan iborat. Ishda Oʻzbekistonda taʼlim tizimini, jumladan, maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlimni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan davlat dasturlari va ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy va mahalliy tajribalar tahlil qilingan. Oʻzbekistonda taʼlim tizimini rivojlantirishda davlatning oʻrni, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, taʼlim sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob'ekti, predmeti, metodologik asoslari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ishning tarkibi va maqsad va vazifalari bayon etilgan.
  • I BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISHDA TAʼLIM TIZIMINI TARTIBGA SOLISH: Oʻzbekistonda ijtimoiy sohani tartibga solish orqali milliy iqtisodiyotning takomillashuviga erishishda davlatning roli, ta'lim tizimini tartibga solish maqsadida kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari tahlil qilingan.
  • II BOB. OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIM, UMUMIY OʻRTA TA'LIM VA OʻRTA MAXSUS TA'LIMNI RIVOJLANISH MASALALARI: Maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish zarurligi va vazirlikning vazifalari, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish mexanizmlari, umumiy oʻrta ta'lim va oʻrta maxsus ta'lim tizimidagi islohotlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilgan.
  • III BOB. OʻZBEKISTONDA OLIY TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI: Oliy ta'limni rivojlantirishda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyati, Oʻzbekistonda oliy ta'lim tizimini yanada isloh qilish va takomillashtirish orqali yoshlar bandligini ta'minlash yoʻnalishlari hamda oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibi va ilmiy salohiyati tahlil qilingan.
  • XULOSA VA TAKLIF-TAVSIYALAR: Ishlab chiqarishning oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashdagi mavqei, bitiruvchilar bandligini ta'minlashda hamkorlik va takliflar hamda tavsiyalar berilgan.