Аналитик кимѐ фанини ўқитишда ўқув мақсадларини аниқлаш ва уларни тест топшириқларига айлантириш

Ushbu bitiruv malakaviy ishi

Asosiy mavzular

  • 2. “Analitik kimyo” fanining maqsadlari va vazifalari: Analitik kimyo fanini oʻqitishdan maqsad – talabalarga kimyoviy analizning nazariy asoslarini va metodlarini, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlanishni ta'minlaydigan metodlarning ma'lumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish va ularda mantiqiy ko'nikmalar hosil qilishdan iborat. Analitik kimyo fanining vazifasidan kelib chiqqan holda bu fanni oʻqitish davomida quyidagi asosiy mavzular keng yoritiladi, jumladan: talabalarni analizning umumiy va nazariy asoslari, kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlarning asosiy prinsiplari bilan tanishtirish. Murakkab moddalar aralashmasi analizini zamonaviy fan yutuqlari asosida talabalarga tushuntirish. Kimyoviy muvozanat turlari haqida yetarli darajada bilim berish va analiz qilinadigan namunaning sifat va miqdoriy tarkibini, molekulyar formulasini aniqlashni o'rgatish.
  • 3.2. "Gravimetrik analiz” mavzusining mazmun va mohiyati: Bu usul aniq tarkibli birikma yoki elementar holda ajratilgan namunaning aniqlanadigan komponentini aniq massasini o'lchashga asoslangan. Gravimetrik analiz ikki usulga boʻlinadi: xaydash va choʻktirish. Xaydash usuli uchuvchan moddalarni qizdirgandan so'ng aniqlanadigan moddaning massasini kamayishini aniqlashga asoslangan. Cho'ktirish usuli - tekshiriladigan moddaning tortimini (aniq massasini) olib, uni eritmaga, o'tkazib, cho'ktiruvchi ta'sirida cho'kmaga tushirib, cho'kmani filtrlab, quritib va tortishga asoslangan.
  • 3.3. "Titrimetrik analiz” mavzusining mazmun va mohiyati: Gravimetrik analiz aniqligi yuqori bo'lgan usuldir, lekin juda ko'p vaqt talab etadi. Analizni bunday sekin bajarilishgi amaliy ish talablariga ko'pincha javob bermaydi. Biror texnologik jarayonni kimyoviy nazorat qilishda analiz natijasini o'z vaqtida olish kerak, bu esa o'z navbatida yaxshi sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi. Titrimetrik analizda aniqlashlar tezligi cho'ktirish, cho'kmani etiltirish, filtrlash, doimiy og'irlikkacha qizdirish va tortish jarayonlari yo'qligi hisobiga ancha yuqori.