Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish jarayonida struktura va xossalarini rostlash fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Ushbu laboratoriya qo'llanmasi yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrantlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda polimerlar va plastik massalar ishlab chiqarish jarayonlari, ularning tuzilishi va xossalari, hamda ularni tayyorlash texnologiyalari keng qamrab olingan. Qo'llanmada turli polimerlash usullari, jumladan Sigler-Natta katalizatorlari ishtirokidagi polimerlanish, emulsiyali va eritmali polimerlanish, suspensiyali polimerlanish, shuningdek, polimerlarni modifikatsiyalash kabi mavzular amaliy mashg'ulotlar bilan birgalikda yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Past bosimli polietilen olish: Ushbu laboratoriya ishi Sigler-Natta katalizatorlari ishtirokida polimerlarni sintez qilish bilan tanishtiradi. Etilenning polimerlanishi orqali past bosimli polietilen olish jarayoni va mexanizmi tushuntirilgan.
- Polistirolni emulsiyada olish: Laboratoriya ishi emulsiya usulida polimerlarni ishlab chiqarishda vaqtni, polimerlarning chiqishiga boʻlgan ta'sirini oʻrganishga qaratilgan. Stirolning polimerlanishi emulsiyada amalga oshiriladi.
- Stirolning eritmada polimerlanishi: Ushbu laboratoriya ishi turli hil erituvchilarni polistirolning chiqishi va uning molekula masasiga ta'sirini oʻrganishga bag'ishlangan.
- Metakril kislotasi efirlarining eritmada polimerlanishi: Ishdan maqsad, polimetilmetakrilatni chiqishi va molekula massasiga erituvchilarni qutbliligi va miqdorini ta'sirini oʻrganishdir.
- Metakril kislota efirlarining massada polimerlanishi: Ushbu laboratoriya ishi initsiator miqdori, xarorat va vaqtni polimetak-rilatlarni chiqishi va molekula massasiga ta'sirini oʻrganishga qaratilgan.
- Toluilendiizotsianat va furfuril spirtidan eritmada oligoamidouretan olish: Laboratoriya ishi termoreaktiv xarakterga ega boʻlgan oligoamidouretanlarni sintez qilish usuli bilan tanishtiradi.
- Furfuril spirti asosida berkitilgan diuretan olish: Ishdan maqsad, izotsianatlarni ishlatish vaqtidaularni odam organizmiga zararsiz bo'lgan berkitilgan diuretanlar bilan almashtirish maqsadida, ushbu duretanlarni sintez qilish usuli bilan tanishish.
- Fenol – formaldegid oligomerini sintez qilish (novolok smolasi): Ishdan maqsad, novolak smolasi (oligomeri) xossalariga fenol bilan formaldegidni molyar nisbatlari va katalizatorlar hilini ta'sirini oʻrganish.
- Fenol-formaldegid oligomerini sintez qilish (rezol smolasi): Ishdan maqsad, rezol tipidagi fenol-formaldgid oligomerlari strukturasi va xossalariga, fenol-formaldegidlarni molyar nisbatlari, xamda katalizatorlar hilini ta'sirini oʻrganish.
- Yuqori molekula massali novolok oligomerini olish: Ishdan maqsad, oxirgi vaqtlarda intensiv ravishda rivojlanayotan yoʻnalish, ya'ni yuqori molekula massasiga ega boʻlgan termoreaktiv oligomerlarni sintez qilishni usullaridan biri bilan tanishish.
- Melamin – mochevina – formaldegid oligomerlari va ular asosida press – kukun xamda qatlam plastik olish: Ishdan maqsad, amino-aldegid oligomerlarini sintez qilish va ular asosida turli plastik massalar olish texnologiyalari bilan tanishish.
- Kungaboqar moyi bilan modifitsirlangan “yogʻli” pentaftal poliefirini olish: Ishdan maqsad, alkid oligomerlarini moylar bilan modifitsirlash va sovuqda qotuvchan poliefirlar olish texnologiyalari bilan tanishish.
- Furfuril spirti va formaldegiddan oligomer olish: Ishdan maqsad, furfuril spirti va formaldegid asosida fenol-formaldegid oligomerlariga oʻxshash termoreaktiv oligomerlar sintez qilish texnologiyasi bilan tanishish.
- Xlorlangan polietilen olish: Ishdan maqsad, tayyor polimerlarni turli reaksiyalar yordamida modifitsir-lash reaksiya va texnologiyalari biran tanishish. Polietilenni xlorlash jarayoni tushuntirilgan.
- Stirolni divinilbenzol bilan xosil qilgan sopolimeridan kationit olish: Ishdan maqsad, tikilgan sopolimerlarda polimeranologik reaksiyalr oʻtkazib, yangi xil polimerlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan tanishish.
- Stirolni divinilbenzol bilan hosil qilgan sopolimeridan anionit olish: Ishdan maqsad, 21-ishda qoʻllanilgan tikilgan sopolimerlar asosida turli funksional guruxli va turli xossalarga ega poimerlar olish texno-logiyasi bilan tanishish.
- Polivinil spirtini ishqor ishtirokida olish: Ishdan maqsad, oʻz monomeridan sintez qilib boʻlmaydigan polimerlarni boshqa polimerlardan sintez qillishning bir necha xil usullari borligi bilan tanishtirish.
- Polivnil spirtini katalitik alkogoliz usulida olish: Ishdan maqsad, magistrantlarni oʻz monomeridan sintez qilib boʻlmaydigan polimerlarni boshqa polimerlardan sintez qillishning bir necha xil usullari borligi bilan tanishtirish.
- Qattiq koʻpik poliuretanlar olish: Ishdan maqsad, turli plastmassalar olishda oʻrganiladigan qonuniyatlar bilan kafedra xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan koʻpik poliuretanlar olish misolida tanishish va qonuniyatlarni magistirlik ilmiy ishida qoʻllash.
- Oq va och – jigarrang rangli pentaftal emallarini tayyorlash: Ishdan maqsad turli hil va hossalarga ega boʻlgan emalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan tanishish.