Uy – joy kommunal xoʻjaligi va servis asoslari
Ushbu kitob O'zbekistonda kommunal xo'jalik va servis sohasining dolzarb masalalarini, xizmat turlarini, ularning sifatini va rivojlanish yo'nalishlarini, shuningdek, servis faoliyatining milliy iqtisodiyotdagi va ijtimoiy hayotdagi o'rnini tahlil qiladi. Kitobda servis faoliyatining nazariy asoslari, ish etiketi va estetik jihatlari, shuningdek, xizmatlar bozorini, servis korxonalarini va ularning samaradorligini baholash mezonlari hamda servis sohasidagi eng so'nggi tendensiyalar keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Kitobning kirish qismida O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, xizmat ko'rsatish va servis sohasi mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalaridan biri sifatida aholi bandligini ta'minlash va daromadini ko'paytirishdagi o'rni haqida umumiy ma'lumot berilgan. Shuningdek, Xarakatlar strategiyasi va uning xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan yo'nalishlari haqida so'z boradi.
- I BOB. SERVIS FAOLIYATINING MOHIYATI VA UNING MAMLAKAT IJTIMOIY–IQTISODIY HAYOTIDAGI OʻRNI: Ushbu bobda servis faoliyatining tushunchasi, mohiyati va mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotidagi roli chuqur o'rganilgan. Servis faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati, uning xizmat turlari, sifati va samaradorlik ko'rsatkichlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqilgan.
- II BOB. SERVIS FAOLIYATI EHTIYOJ, XIZMAT VA IQTISODIYOTNING TARKIBIY QISMI SIFATIDA: Bu bobda servis faoliyatining ehtiyoj, xizmat va iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatidagi o'rni tahlil qilinadi. Servis faoliyati tushunchasini aniqlashda uchta muhim tushuncha: faoliyat, talab, xizmatlarning ishlatilishi, ularning klassifikatsiyasi va iqtisodiy mohiyati, shuningdek servis faoliyatining xo'jalik amaliyoti tarkibidagi o'rni tushuntirilgan.
- III BOB. SERVIS FAOLIYATI INSON EHTIYOJLARINI QONDIRISH SIFATIDA: Ushbu bobda servis xizmat koʻrsatishda ehtiyojlar tasnifi va tavsifi, iste’molchilarga kontakt zonasida xizmat koʻrsatish hamda iste’molchilarga xizmat koʻrsatishning asosiy qoidalari batafsil yoritilgan. Ehtiyojlarning turlari, ularning paydo boʻlishi va qondirilishi, servis jarayonida iste’molchi bilan aloqa kabi muhim masalalar koʻrib chiqilgan.
- IV BOB. SERVIS XIZMATLARINING SIFATI, XIZMATLAR SIFATI KOʻRSATKICHLARI VA GURUHLARI: Mazkur bobda servis xizmatlarining sifati, ularning sifat koʻrsatkichlari va guruhlari tahlil qilingan. Xizmat sifatini aniqlashning mezonlari, servis faoliyatini samarali tashkil etishning chet el tajribasi hamda servis sohasidagi xizmatlar sifati va xavfsizlik muammolari atroflicha oʻrganilgan.
- V BOB. SERVIS SOHASIDA XUSUSIY VA KICHIK BIZNESNING RIVOJLANISHI: Kitobning ushbu qismi servis sohasida xususiy va kichik biznesning rivojlanishiga bagʻishlangan. Servis korxonalari (yakka tartibdagi servis tadbirkorlari), ularning firmali stili, zamonaviy mahsulot xususiyatlarining hisobga olinishi, servis tadbirkori ishining texnologiyasi kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
- VI BOB. SERVIS KORXONALARINING IQISODIY SAMARADORLIGI: Ushbu bobda servis korxonalarining iqtisodiy samaradorligi masalasi tahlil qilingan. Bozor infratuzilmasi, iqtisodiy samaradorlik va foyda tushunchalari, servis korxonalarining iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari, shu jumladan rentabellik koʻrsatkichlari hamda foyda turlari chuqur oʻrganilgan.
- VII BOB. XIZMATLAR TURLARINING TASNIFLARI: Kitobning bu qismida xizmatlar turlarining tasnifi, jumladan, savdo xizmatlari, oziq-ovqat bilan ta’minlash va yashash boʻyicha xizmatlar, transport, aloqa, kommunal, uy-joy atrofini obodonlashtirish va landshaft dizayni xizmatlari kabi turli xizmatlar tasnifi va tavsifi berilgan.
- VIII BOB. UY-JOY ATROFINI OBODONLASHTIRISH VA LANDSHAFT DIZAYN XIZMATLARI: Ushbu bob uy-joy atrofini obodonlashtirish va landshaft dizayni xizmatlariga bagʻishlangan. Unda xizmatlarning turlari, ularning ahamiyati, ularni taqdim etish qoidalari va bajaruvchilari hamda bu jarayonlardagi nazorat savollari atroflicha yoritilgan.
- IX BOB. XIZMATLAR XAVFSIZLIGI. SERVIS FAOLIYATI MADANIYATI VA UNING ETIK ASOSLARI: Mazkur bobda servis faoliyatining sifati va xavfsizligi muammolari, servis madaniyati, hamda servis faoliyatining etik asoslari, ish etiketi va estetik qirralari batafsil oʻrganilgan. Servis madaniyatining shakllanishi, xodimlarning psixologik jihatlari va etik tamoyillar atroflicha tahlil qilingan.
- GLOSSARIY: Kitobda ishlatilgan asosiy tushuncha va atamalar izohli lugʻati keltirilgan.
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR VA AXBOROT MANBAALARI ROʻYXATI: Kitobda foydalanilgan asosiy adabiyotlar va internet manbalari roʻyxati keltirilgan.