Айланма платформанинг ромини йиғиш ва пайвандлаш технологик жараёни

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti "Energiya mashinasozligi va kasb taʼlimi" kafedrasida tayyorlangan bo'lib,

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo'nalishlarini belgilab berdi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'limni tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishlari ko'rsatib berildi. Unda "Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart - sharoitlar yaratadi", deb ko'rsatilgan. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, «Demokratik jamiyatda har bir insonni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash kerak. Agar bolalar erkin fikrlashga oʻrganmasa, berilgan ta'lim samarasi past boʻlishi muqarrar. Albatta bilim kerak,ammo bilim oʻz yoʻliga .mustaqil fikrlash ham katta boylikdir». Bu vazifani bajarish uchun hozirgi zamon oʻqituvchisi, ayniqsa boshlang'ich sinflarda ta'lim beruvchilardan o'z kasbiy mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, pedagogik texnologiya metodlar mohiyatini toʻliq anglashlari va uni oʻz darslarida mohirona foydalanadigan boʻlishlarini taqozo etadi. Talim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, talim samaradorligini oshirish, tah'lil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kun muhim vazifalaridan biribir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyat muhimdir. Oliy o'quv yurtlariga quyilgan maqsadga qarab o'qitishning muammoli va muammosiz turlari bo'lishi mumkin. Agarda ta'lim muassasasi oldiga quyilgan maqsad tinglovchilarda ularning fakrlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lsa u xolda o'qitish muammoli bulmasdan ananaviy buladi. O'qitishning faol va interfaol metodlarini o'qish jarayoniga tatbiq etish zamonaviy ta'lim muhitida talabalar tayyorgarligini takomillashtirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri va mompetentli yondashuvning samarali realizasiya qilishning majburiy shartidir. Bu ta'limda yangi texnologiyalar va o'quv ishini realizasiya qilishning yangi shakli bo'ldi. Birinchi navbatda bu – o'qitishning informativ shakllari va metodlaridan faol metodlariga o'tish, bilimiy yondashuvdan faoliyatiy yondashuvga yo'nalish olish, talabalarning nazariy bilimlarini ularning ularning amaliy ehtiyojlari bilan birlashtirish imkoniyatini izlashdir. O'qitishning zamonaviy texnologiyalarini, o'qitishning faol va interfaol metodlarini tanlashni shakllantirilayotgan kompetensiyalarga moslashtirish kerak. Pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning extiyojiga aylandi. Talabaning ongi va tafakkuri shakllantirish o'qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta'limning yangi yangi yo'l va usullarini izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Interfaol metodlari texnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish. Mavzuga oid interfaol metodlar mazmundagi adabiyotlarni o'rganish, taxlil qilish. Talabalarini mustaqil fikrlashga o'rgatish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish. Interfaol metod texnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning samaradorligini aniqlash. Interfaol metod texnologiyalaridan foydalanish usullari bo'yicha talabalar uchun metodik tavsiyalar tayyorlash va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish.
  • I. Konstruktor texnologik qism: Ushbu qismda aylanma platformaning romi haqida ma'lumot berilgan, payvandlash usuli tanlangan, payvandlash materiallari tanlangan, payvandlash rejimi hisoblangan va yig'uv-payvandlash moslamasi tanlangan. Shuningdek, konstruksiyani yig'ish va payvandlash texnologik jarayoni, payvand birikmalar sifati nazorat qilinishi ham yoritilgan.
  • II. Pedagogik qism: Ushbu qismda "O'qitishda interfaol o'qitishning mazmun mohiyati", "Ta'lim metodlari haqida qisqacha tushuncha" va "O'qitishning 4 bosqichli metodi" mavzulari yoritilgan. Bu qism o'quv jarayonini tashkil qilishning psixologik-pedagogik konsepsiyasini va undagi interfaol o'qitish metodlarini o'z ichiga oladi.
  • III. Xayot faoliyati xavfsizligi: Ushbu qism odamning hayot faoliyati jarayonida turli xil havfli ta'sirlar yuzaga kelishi va ularning oldini olish bo'yicha choralar ko'rilishi haqida ma'lumot beradi. Jumladan, ishlab chiqarish muhitida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sharoitlari, mexanik tebranishlar, shovqinning zararli ta'siri, elektr xavfsizligi va yong'in xavfsizligi kabi mavzular yoritilgan.
  • Xulosa: Xulosa qilib aytganimizda, o'qitishning faol keys metodining asosiy yo'nalishi zaruriy sharti talabalarda muommoli vaziyatni yechishda ijodiy izlanishda muommoning imkon qadar optimal yechimini topishdir. Bunday yechimni topishdan avval muammoni yuzaga keltirish jarayonlarini hisobga oldim. Keyin esa mavzuyim bo'yicha konstruktorlik va pedagogik qismlardagi jarayonlarni bajardim. Konstruktorlik qismida havo sovitgich haqida ma'lumot to'pladim, uning vazifasi va tuzilishini bayon qildim; konstruksiya metallini va konstruksiyaga qo'yiladigan mexanik, texnologik talablarni o'rganib chiqqan holda konstruksiyani payvandlash usulini tanlagach, shu payvandlash usuli bo'yicha payvandlash materiallarini moslarini tanlab oldim; havo sovitgich korpusini payvandlash usullariga ko'ra payvandlash rejimi hisobini bajardim; havo sovitgich korpusini payvandlashda ishlatiladigan mahkamlovchi, yig'uvchi moslamalar va payvandlash uchun zarur jihozlarni va ular haqida ma'lumotlarni keltirib o'tdim, konstruksiyani yig'ish va payvandlash uchun zaruriy texnologik jarayonni ishlab chiqib, havo sovutgich korpusini yig'ishni konstruktorlik qismda bayon qildim. Shuningdek payvand birikma sifatini nazorat qilish uchun mos defektoskopik uskunani tanladim va ular haqida ma'lumotlar to'pladim. Pedagogik qismda esa zamonaviy texnologiyalardan misollar keltirdim, <<Havo sovitgich korpusi» mavzusida ta'lim texnologiyasi va texnologik xaritasini, «Havo sovitgich korpusi» mavzusida keys metodi bilan bog'ladi. Hayot faoliyati xavfsizligi qismida asosiy tushunchalar, mehnat sharoiti, mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, shamollatish vositalari, titrash va uning ta'siri, shovqinning zararli ta'siri, suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlarni saqlash va tashish balonlari, elektr xavfsizligi va yong'in xavfsizligi, yong'inga qarshi toʻsiq, evakuatsiya yo'llari, o't o'chirish vositalari, suv bilan o'chirish, bug' yordamida o'chirish boʻyicha ma'lumotlarni oʻrgandim. Men bu bajarilgan ishlarimni KHK oʻquv jarayonida va oliy o`quv yurtlarida maxsus fanlarni o`qitishda tatbiq etishni taklif qilaman, chunki bu ma'lumotlar talabalarning mustaqil ilashish bo'yicha keng ko'lamli bilimlarga ega boʻlishida yordam beradi deb hisoblayman.