“Turizm iqtisodi”

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda turizmning nazariy va amaliy asoslari, rivojlanish tarixi, turlari, turizmning O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari va boshqa dolzarb masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Turizmning nazariy va amaliy asoslari: Turizmning mohiyati, rivojlanish tarixi, turlari, O'zbekistonda rivojlanish asoslari va Buyuk Ipak yo'lidagi ahamiyati.
  • Turizmning rivojlanishidagi asosiy omillar: Turizmga ta'sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va demografik omillar.
  • Turistik yo'nalishlar, turmahsulot turlari va narx belgilashga ta'sir qiluvchi omillar: Turistik yo'nalishlar va turmahsulotlarning tasnifi, ularning narxini belgilashga ta'sir etuvchi omillar.
  • Mehmonxona xo'jaligi mohiyati, klassifikatsiyasi, asosiy funktsiyasi: Mehmonxonalarning turlari, klassifikatsiyasi, xizmat ko'rsatish bo'limlari, ularning vazifalari va binolar.
  • Turizmda ovqatlanish, restoran xizmati: Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi, dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi.
  • Turistlarga transport xizmati ko'rsatish: Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash, turistlarni transportda tashish qoidalari va xalqaro yo'nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari.
  • Turizmda marketing faoliyati: Turizmda marketing xususiyatlari, rivojlanish tarixi, mehmonxona xo'jaliklari marketingi va turistik xizmatlar bozorini tadqiq qilish.
  • Turizmda investitsiya va investitsion loyihalar: Turizm investitsiyasi loyihalarining xususiyatlari, xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari, turizm loyihalarining rivojlantirilishi.
  • Turistik firmalarni tashkil etish va litsenziyalash: Turistik agentliklar va turistik agentlarning huquqiy holati, turistik firmalarni tashkil qilish va turizmda litsenziya olish.
  • Turistik korxonalarni sug'urtalash va soliqqa tortish: Turizmda sug'urta tushunchasi, turistlar va turistik tashkilotlarni sug'urtalashning chet el tajribalari.
  • Turizmda shartnoma munosabatlari va turistik rasmiylik: Turistik korxonalarning turmaxsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari va turizmda agentlik bitimlarini tuzish usullari