Print mediya bоsma tехnоlоgiyalari

Ushbu kitob bosma texnologiyasi va uning bosma jarayonlariga taalluqli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Unda bosma jarayonlari, ularning tasniflanishi, qo'llaniladigan materiallar, bosma usullari, sifat ko'rsatkichlari va nazorati, shuningdek, bosma jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning oldini olish usullari kabi keng qamrovli mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Bosish jarayonining nazariy asoslari: Bosish jarayonining tavsifi, tasniflanishi, umumlashtirilgan texnologik tizmasi, qog'oz va bo'yoqning molekulyar tabiati, namlash, yopishish va shimish jarayonlari.
  • Bosma uskunalari bo'yoq apparatida bo'yoqni uzatish: Yuqori va ofset bosma uskunalarida bo'yoq apparatlari, bo'yoq uzatish guruhida bo'yoqning tabiati, chuqur va fleksografik bosma uskunalarida bo'yoq apparatlari tuzilishining texnologik xususiyatlari.
  • Bosma kontaktida yuzaga keladigan fizik mexanik hodisalar: Bosish jarayonida bosimning texnologik funksiyalari, bosish tezligining nashr sifatiga ta'siri, dekellar va ularning deformatsion xossalari.
  • Bo'yoqni qolipdan bosiluvchi materialga o'tishi: Bo'yoq ko'chishini baholash uslublari, uni aniqlovchi omillar, bosma kontakti vaqtida qolip va bosiluvchi material orasidagi bo'yoqning parchalanishi.
  • Namuna nusxada bo'yoqni mustahkamlash: Bo'yoqni mustahkamlash jarayoni tavsiyalari, yuqori, ofset, chuqur va fleksografik bosmalarda olingan nusxalarda bo'yoqni mustahkamlashning ba'zi xususiyatlari, bosma bo'yoqlarni tez fursatda mustahkamlashning zamonaviy usullari.
  • Bosish jarayonida elektrofil hodisalar: Bosish jarayonida elektrofil hodisalar, ularning elektro-shok tizimi, elektrostatik bosish texnologiyalari asoslari.
  • Bosma qoliplarning adadga chidamliligi: Bosma qoliplarning adadga chidamliligi, bosma qoliplarning xususiyatlariga bog'liq omillar, bosma qoliplarining adadga chidamliligini baholash mezonlari, yuqori, ofset va chuqur bosmada qoliplarning yemirilish sabablari.
  • Ko'p bo'yoqli bosmaning asosiy nazariyalari: Rangli tasvirlash, rastrlash, rastr nuqtalari shakllari, Gibrid rastrlash, Raqamli rastrlash.
  • Bosma mahsulotining sifati: Bosma tasvir sifatini baholashning umumlashtirilgan mezonlari, Rastrlash jarayonlari, Rastrlash usullari, Ranglarga ajratish, Rangli tasvirning grafik o'xshashligi.
  • Bosish jarayonida nazorat qilish: Nazorat qilish jarayonida qo'yiladigan nazorat masalalari, optik zichlikni o'lchash, rangli nazorat shkalalari, fotosuratga olish, rasmlar, tavsifnomalari va boshqalar.
  • Chuqur bosma usuli: Chuqur bosma usulining texnik iqtisodiy tavsifi va qo'llanish sohasi, bosma qoliplari, ularning tuzilishi va ish jarayoni, bosma qoliplarning adadga chidamliligi va yemirilish sabablari.
  • Bosma jarayonining rivojlanish istiqbollari: Bosma va elektron axborot vositalari, ularning rivojlanish tendensiyalari, bozorda ulush va kelajak. Elektron nashrlar va ularning afzalliklari.